Zangiota tumani hokimligi
3.76K subscribers
41.3K photos
2.97K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#hokim_qabuli
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani hokimi A. Tamikayevning navbatdagi aholi murojaatlari bo'yicha qabuli 1-sektorga qarashli "Zangiota" hududi "Eski qal'a" MFYda bo'lib o'tdi.

🔷Tuman hokimi o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida 23 nafar fuqaro murojaatlari tinglandi.  Shulardan 7 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, nazoratga olindi.

🔰 Aholi murojaatlarining aksariyati elektr tarmoqlaridagi uzulishlar, yo'lni asfaltlashtirishda quruvchilarning oxiriga yetkazmay qoldirayotgan ishlari xususida bo'ldi.

❗️Mahallalarda Jamoatchilik kengashining roziligisiz birorta loyiha qabul qilinmasligi borasida tushuncha berildi va kengash a'zolariga ziyraklik bilan nazorat olib borishlari lozimligi ta'kidlandi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Замонамиз_қаҳрамонлари

Синфдошлар ўзлари ўқиган мактабни обод қилдилар

🏢Зангиота тумани 8-мактаб битирувчиларидан бўлган Ҳамидуллоҳ Агзамов, Хурсанд Каримбоев, Олимжон Комилжонов, Алишер Зокиров ва Рустам Жумаевлар мазкур мактаб ободлиги йўлида катта ишларни амалга оширишди. Энди бу мактабнинг замонавий спорт майдонлари, истироҳат боғи бор.

⚡️Эслатиб ўтамиз, яқиндагина тумандаги 14-умумтаълим мактабининг собиқ битирувчиси ҳам ўзи ўқиган мактабни тўлиқ таъмирлаб берганди. Қувонарлиси, Тошкент вилоятида ўзи ўқиган мактабни обод қилиш анъанаси оммалашмоқда.

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
#qabul
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani 2-sektor rahbari X.Kenjayev "Eshonguzar" hududida joylashgan mahalla fuqarolarini qabul qilib, ularning muammolarini o'rgandi.

🔷Qabulda qatnashgan 17 nafar fuqaro murojaatlarining 2 tasi joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar mas’ullarga yo'naltirilgan holda nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Qo'shma bayonot

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), UNICEF va Jahon bankining Ijtimoiy himoya agentligining tashkil etilishini olqishlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) va Jahon banki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishlaydi. Jahon miqyosida va Oʻzbekistonda ijtimoiy himoya islohotini qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi tashkilotlar sifatida ishonchimiz komilki, bu Oʻzbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi kun tartibini ilgari surishda hamda butun hayotlari davomida alohida shaxslar va oilalarning kambagʻallik, zaiflik va ijtimoiy chetlanishini kamaytirishga va oldini olishga qaratilgan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini, shuningdek Oʻzbekistonning milliy rivojlanish maqsadlari va Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishdagi muhim qadamdir.

XMT, UNICEF va Jahon banki mamlakatda barchaning manfaati yoʻlida ijtimoiy himoyani rivojlantirish uchun Oʻzbekiston hukumatini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

Bayonotni to'liq matni bilan tanishish uchun havola: https://bit.ly/3oHOLBK
#Bilasizmi

❗️Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

☑️ Tuhmat,
ya'ni bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming so'mdan 19 mln 800 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa, 66 mln so'mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔰Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️66 mln so'mdan 132 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.

Agarda tuhmat:

og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;
og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan holda;
xavfli residivist tomonidan;
g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:

▫️99 mln so'mdan 165 mln so'mgacha miqdorda jarima;
▫️
360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Manba
Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#qabul
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani 3-sektor rahbari IIB boshligʻi Shuhrat Miliyevning navbatdagi aholi murojaatlari bo'yicha qabuli "Turkiston" hududi "Alimbuva" MFYda bo'lib o'tdi.

🔷Tuman IIB boshligʻining o'rinbosarlari, korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida 23 nafar fuqaro murojaatlari tinglandi.  Shulardan 6 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib nazoratga olindi. 5 tasi joyida hal etildi. Huquqiy maslahat va ko'rsatmalar berildi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Zangiota_tumani
#shaxmat

🔰Zangiota tumanidagi 14-maktabning shaxmat xonasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning shaxmat sport turi bo'yicha mahalla bosqichi bo'lib o'tdi.

🔷"O'ratepa"mahallasi yoshlari jam bo'lib, qizg'in musobaqalar ishtirokchisiga aylanishdi.

Yoshlarimiz erishgan natijalar:

🔸3. Sunnatillayev Begzod
🔸2. Abdumannobov Abduvohid
🔸1. Ernazarov Abdulboriy

g'oliblikni hamda sektor bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#qoyoshli_xonadon

🔷 Zangiota tumani "Qirguzar" mahallasi Paxlavon Mahmud 3 tor koʻchasida istiqomat qiluvchi Rasulova Mohira, Rasulov Usmonjonlar oʻz xonadonlariga “Quyosh panellari” ni oʻrnatdilar.

#bilasizmi?

🔰 Prezidentimizning "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya tejovchi texnologiyalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, 2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt.gacha) qoyosh panellarini o'rnatishni rag'batlantirish bo'yicha "Quyoshli xonadon" dasturi amalga oshirilishi belgilangan va shu dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt- soatiga 1000 so'mdan subsidiya ajratiladi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi