Zangiota tumani hokimligi
3.77K subscribers
43.8K photos
3.24K videos
48 files
14.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#sayyor_qabul
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani IIB, 3-sektor rahbari va Zangiota tumani Xalq qabulxonasi mudiri Yulduz Mirzayeva boshchiligida hamda sektor ishchi guruh aʼzolari ishtirokida hududdagi “Obod toʻqimachi” mahallasi binosida navbatdagi kengaytirilgan sayyor qabul oʻtkazildi.
📌Ushbu qabulda 22 ta murojaat qabul qilinib, 5 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan 17 ta murojaat tegishli tashkilot xodimlariga yo'naltirilib tez kunda bartaraf etilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

Maishiy chiqindilar tashish xizmati: sohada nimalar boʻlyapti oʻzi?

Prezident huzurida 2022-yilning 2-fevralida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maishiy chiqindilarni toʻplash va qayta ishlash sohasiga davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarni jalb etish, bu borada tadbirkorlarni tanlash boʻyicha tenderlarni 2022-yilning 1-sentyabriga qadar yakunlash vazifasi topshirilgan edi.

Shunga koʻra, tender tanlovi gʻolibiga “Toza hudud” DUKning barcha mol-mulki va maxsus texnikalari oʻzaro bitim asosida oʻtkazib berilgan. Shuningdek, korxonaning debitor va kreditor qarzdorligi ham gʻolib tadbirkorga biriktiriladi. Tadbirkorlarga oʻtkazilgan mol-mulk va texnikalarning hisoblangan bahosi 10 yil muddat davomida davlatga boʻlib toʻlab berish majburiyati yuklanadi. Umuman, viloyat boʻyicha korxonaga qarashli 7 ta maishiy chiqindi poligonlari (umumiy yer maydoni 115 gektar) mavjud boʻlib, mazkur poligonlar ham xususiy sektorga topshirildi.

Ammo keyingi ikki-uch oyda bu borada jiddiy muammolar va aholining haqli noroziligi vujudga keldi. Sababi, maishiy chiqindilarni olib ketish, qayta ishlash faoliyati qoniqarsiz ahvolda. Ayniqsa, koʻp qavatli uylarda bu borada vaziyat ancha xunuk. Viloyat hokimligida soha mutasaddilari, tadbirkorlar ishtirokida oʻtgan yigʻilishda vaziyat tanqidiy koʻrib chiqildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatda aholi yashash joylari, chiqindixonalarga toʻplangan maishiy chiqindilarni zudlik bilan tozalash, bunda mavjud kuch va vositalarni safarbar etish, favqulodda tartibda ishlash boʻyicha topshiriq berdi. Vaziyatni shu darajaga keltirgan tadbirkorlik subyektlari va davlat xizmatchilarining faoliyati yoki faoliyatsizligiga huquqiy baho berish yuzasidan huquq-tartibot organlari oʻrganishni boshlagani qayd etildi.  

Xoʻsh, tadbirkorlar oʻz majburiyatlariga amal qilyaptimi? Lavhamiz shu haqida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

9-fevral – Mir Alisher Navoiy tugʻilgan kun

#shogirdlik_ehtiromi

Boyqaro irgʻishlab istak otida,
Dunyoga boqqanda misli bola sher.
Hirot darvozasin bir qanotida
Sheʼriy lashkarini tizgan Alisher.


Abdulla Oripov,
O'zbekiston Qahramoni va xalq shoiri


Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонасига бориб, турк қардошларимизга яна бир бор ҳамдардлик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турецкой Республики в Узбекистане и вновь выразил соболезнования турецким братьям.

#Mirziyoyev #hamdardlik #Turkiya #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bilasizmi

📝 Respublika hududidagi koʻp kvartirali uy-joylarni yillar kesimida zilzilabardoshlik boʻyicha xatlovdan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

⚠️ Xatlov natijasiga koʻra ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan seysmik zaif va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylar oʻrnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish boʻyicha takliflar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritiladi.

🗓 Shuningdek, 2023-yil 1-avgustgacha seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, choʻkishi kabi omillarni aniqlashga moʻljallangan radiolokatsion kosmik monitoring tizimi yaratiladi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#press_tur

Zangiota tumanining turizm salohiyati

🔷Bugun Zangiota tumanida mahalliy turizm bo'yicha Press-tur tashkil qilindi.

🔷OAV vakillari tumanning belgilangan maskanlarida bo'lib, katta taassurotlar bilan qaytishdi.

🕰Press tur bo'yicha qo''shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#press_tur

🔰Zangiota tumanida OAV xodimlari uchun tashkil etilgan Press-turning ilk manzili Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi Sirojiddin Rahmatullayevning yogʻoch oʻymakorlik USTOZ-SHOGIRD maktab galereyasi boʻldi.

🔷Maktabga kirish darvozasidanoq ildizi olis tarixga borib taqaladigan  hunarmandchilik namunalari kishiga ajib sokinlik, iliq taassurot uygʻotadi.

🔷Maktab ichkarisida esa koʻz koʻrib, aql ilgʻamaydigan, ammo har biri o'zgacha maʼnoga ega jimjimador naqshlar tushirilgan yogʻoch oʻymakorlik, miniatyura sanʼati namunalari bu hunar turi haqida yanada chuqurroq bilishga undaydi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi