Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#muhim
❗️"Aksiya" chiqdi(mi) ?!

Shu kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan va xalqimiz orasida ""Aksiya" deya nom olgan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonun aholi orasida ko‘plab muohakamalarga sabab bo‘lib, kadastr idoralariga murojaatlar hamda joylarda mazkur Qonunni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida noqonuniy qurilmalarni qurish holatlari soni ortmoqda.

Shu o‘rinda, Qonunning asosiy va birinchi galdagi talablaridan biri bu o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkasi va undagi uy-joylar qurilishi 2018-yilning 1-mayiga qadar amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Shuningdek, Qonun kuchga kirgach, fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastr idoralariga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi, yaʼni bunda barcha holatlar mahallalar kesimida o‘rganilishi yo‘lga qo‘yiladi va reja-grafiklar ijtimoiy tarmoqlar va mahallalarda eʼlon qilib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, Qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgan uddaburonlarga aldanib qolmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun kuchga kirishini kutishlari so‘rab qolamiz !

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !


🔖Qonun 08.11.2024 yildan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun boshqarmaning quyidagi raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin:
📞70-2020207
📞95-1991773

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


#murojaat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#jarayon

🔰Zangiota tumani FVB xodimlari, tuman gaz ta'minoti va yong‘inga qarshi kurashish tashkiloti hamkorligida "Kuz-qish mavsumi"ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

🔰 Ushbu tadbirlar orqali fuqarolariga dudbo‘ronlar holatini ko‘rikdan o'tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish zarurligi haqida batafsil tushuntirish berilmoqda.

🔰Tadbirlar davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida aholi xonadonlariga kirib, zarur maslahatlar va ko‘rsatmalar berilmoqda. Bu kabi profilaktik ishlar, ayniqsa, kuz-qish mavsumida gaz va isitish tizimlaridan foydalanish ortishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4,6 trln so’m aktivga ega bo'lgan kompaniyaning bir qismiga egalik qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi.

🌐 ipo.e-auksion.uz savdo platformasi orqali Xalqchil IPOda ishtirok eting va siz ham aksiyadorga aylaning!

Call markaz: ☎️+998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БРИКС мамлакатлари саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Қозон шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вылетел с рабочим визитом в город Казань для участия в мероприятиях саммита стран БРИКС.

#Mirziyoyev #tashrif #saamit #BRIKS

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Эксперт_минбари

Дебатлар партиялар ва аҳоли ўртасидаги ўзаро алоқаларини янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда

📁 Маълумки, жорий йил 19 октябрь куни сайловчиларнинг овозлари учун курашаётган сиёсий партиялар ўртасида навбатдаги теледебат бўлиб ўтди.

🔰 Партияларнинг ўзаро савол-жавобларидаги баҳс ва мунозаралар ҳақида “Тараққиёт стратегияси” маркази бўлим бошлиғи Анваржон Миркомилов қуйидаги фикр-мулоҳазаларни билдирди.

🔗 БАТАФСИЛ

@olimlar_minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AntiFake_uz_огоҳлантиради

💻Сўнгги кунларда Телеграм мессенжерида онлайн фирибгарликнинг янги усуллари кенг тарқалмоқда. Жиноятчилар фойдаланувчиларни алдаш учун "Салом, бу сенмисан суратда?" каби сохта хабарлар ва вирусли файллар юбормоқда.

⚡️Бириктирилган иловани юклаб олган заҳоти қурилмангиз хавф остида қолади ва шахсий маълумотлар ўғирланиши мумкин.

‼️Фирибгарларга алдовига тушиб қолмаслик учун ҳушёрликни оширинг ва нотаниш аккаунтлардан келган файлларни юклаб олманг!

FacebookInstagramTwitterTelegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X