Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov va korxona- tashkilot rahbarlari ishtirokida aholi murojaatlari boʻyicha "Sortepa" MFYda navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

🔰Qabulga tashrif buyurgan aholi murojaatlari asosan kadastr hujjatlari, elektr taʼminoti, irrigatsiya masalalarida boʻldi. Aholi murojaati boʻyicha tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani Erkin hududi "Vatanparvar" MFYda 4-sektor rahbari D. Sulaymonov boshchiligida sayyor qabul oʻtkazdi.

Qabulda mahallasi raisi va mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

Oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga hamda yechimini kutayotgan muammolariga bevosita  rahbarlardan javob oldilar.

Qabul qilingan murojaatlarni, belgilangan muddat va reja asosida hal etish choralari koʻrilmoqda.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani "Bogʻzor" MFYda joylashgan "Sadoqat" bogʻida viloyat va tuman tashkilot rahbarlari hamda Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi.

🔰Ushbu tadbirda 30 dan ortiq fuqaro kommunal soha, taʼlim va tibbiyot yoʻnalishlaridagi muammolarini hal qilish maqsadida murojaat qildilar.

🔰Qabul davomida 5 ta masala joyida hal etildi, qolgan fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, ularning natijalari nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani "Gulbogʻ" mahallasida aholi murojaatlari boʻyicha tuman masʼullari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Unda korxona va tashkilot rahbarlari ham qatnashib aholi murojaatlari va takliflarini tinglashdi. Qonun doirasida hal etilishi mumkin bo'lgan muammolar borasida qo'shimcha tushuntirish berishdi.

🔰Qolgan masalalar muayyan vaqt talab etilishini inobatga olinib, nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani "Abdujalilbob" MFYda aholi murojaatlari boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi. Qabul tuman hokimi oʻrinbosari Saodat Usmonova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda tuman tashkilot rahbarlari boshchiligida oʻtkazildi.

🔰Unda fuqarolar murojaatlari tinglandi, asosiy murojaatlar mazmuni ichimlik suvi, taʼlim krediti olish, koʻchani asfaltlashtirishda "Open budjet" loyihasida oxiriga yetkazilmaganligi va bolalar maydonchasi qurishga yer ajratishdan iborat boʻldi.

🔰Barcha murojaatlar yechimi boʻyicha aholiga tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Toshkent viloyati Zangiota tumanida viloyat Sport boshqarmasi mas`ullari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o'tkaziladi.

Qabul 22-noyabr soat 10:00da aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari xususida oʻtkazilishi rejalashtirgan.

Manzil: Zangiota tumani, "Oybek" MFYda joylashgan "Yopiq suv havzasi" yopiq zalida.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev "Xoʻjamozor" MFY binosida aholi murojaatlari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazdilar.

🔰
Sayyor qabulda 10 nafar fuqaro oʻz muammolari bilan murojaat qilishdi. Murojaatlarning asosiy mazmuni uy-joylarni rasmiylashtirish (aksiya doirasida), yoʻllarni asfaltlashtirish hamda kredit masalalari boʻldi.

🔰Hokim va Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, muammoning mohiyati oʻrganildi.

🔰Murojaatlar doirasida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, tegishli tashkilotlar rahbarlariga yoʻnaltirildi.
Ijrosi nazoratga olindi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "Eski qalʼa" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholi murojaatlari boʻyicha navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Ushbu qabul Zangiota tumani hokimining oʻrinbosarlari Sherzod Berdiyev, Sirojiddin Nosirov va Saodat Usmonovalar tomonidan tashkil etildi.

🔰Unda 20 nafar mahalliy aholi ishtirok etdi hamda turli masalalarda oʻz murojaatlarini bildirishdi. Asosiy eʼtibor ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek, "Ayollar daftari" roʻyxatiga kiritish masalalariga qaratildi.

🔰Fuqarolar koʻtargan muammolar tinglanib, har bir masala boʻyicha yechim topish va tegishli chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Sherzod Berdiyev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev boshchiligida "Fayz" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari boʻyicha navbatdagi
sayyor qabul tashkil etildi.

🔰Mazkur qabulda korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari, hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Xususan, xususiylashtirish bilan bog‘liq huquqiy masalalar, moddiy yordam olish tartibi, "Yoshlar daftari" orqali taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari kabi masalalar muhokama qilindi.

🔰Aholi murojaatlarini joyida hal etish maqsadida mutasaddi tashkilot rahbarlari va mas’ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.


Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "O‘rtaovul" MFYda aholi murojaatlari boʻyicha  navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

🔰 Unda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov boshchiligida korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida 13 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ular yechim topish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

🔰 Murojaatlarning asosiy qismi fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga qaratilgan bo‘lib, moddiy yordam ajratish, noreal qarzdorlikni bartaraf etish, xonadon ta’minoti uchun kredit olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

🔰 Shuningdek, sport sohasida nodavlat notijorat tashkilot ochish istagini bildirgan fuqaroga huquqiy maslahat berildi. Sayyor qabul jarayonida har bir murojaatni amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullar tomonidan fuqarolarga zarur huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Fuqarolar murojaatlari hal etilmoqda

🔹Zangiota tumani Madaniyat saroyida Toshkent viloyati 3-sektor rahbarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

🔹Tadbirda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik A. Poʻlatov hamda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirok etdi.

🔹Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning yechimiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔹Jami 40 nafar fuqaro oʻz muammolari bilan murojaat qilgan boʻlsa, ularning 25 nafari joyida hal etildi. Qolgan 15 nafar fuqaroning masalalari esa nazorat tartibiga olinib, tegishli tashkilotlar masʼullariga yoʻnaltirildi.

🔹 Aytish mumkinki, sayyor qabullar aholi bilan bevosita muloqot oʻrnatish, ularning dolzarb muammolariga tezkor yechim topish hamda davlat idoralari va fuqarolar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "Turkiston" MFYda tumandagi mutasaddilar ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

🔰Unda tuman hokimining oʻrinbosarlari – Sirojiddin Nosirov, Saodat Usmonova hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev boshchiligida aholi murojaatlari tinglandi.

🔰
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari oʻrganildi. Xususan, piyodalar yoʻlakchasi qurish, imtiyozli kredit ajratish, mahallada maishiy xizmat koʻrsatish sohasini yoʻlga qoʻyish kabi dolzarb masalalar koʻtarildi.

🔰Har bir murojaat boʻyicha mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bildirilgan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.

🔰Bunday
sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini joyida oʻrganish va samarali hal qilishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi