Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
41K photos
2.95K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
"E-auksion" platformasida 109 ta sotuvda mavjud bo'lgan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
🔰Zangiota tumani "Katta chinor" mahallasi aholisining ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan murojaatlari xususida

🔰Murojaat "Chiqindilarni olib chiqib ketish uchun pul to`layapmiz, lekin vaqtida olib chiqib ketishmayapti. Pulini bo`shab ketgan xodimlar olgan deb yana to`latayapti." mazmunida bo`lib, bu borada mas`ullar o`rganish ishlari olib borib, fuqarolarga huquq tartibot idoralariga yozma murojaat qilishlarini tushuntirishdi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МИБ: Автомашина ёки кўчмас мулкингизда тақиқ бор ёки йўқлигини текшириш тизими ишга тушди

Фуқароларимиз автотранспорт воситаси ёки кўчмас мулкларга оид қидирув ёки тақиққа оид  маълумотларни Бюронинг www.mib.uz  расмий сайтидаги “Интерактив хизматлар” саҳифасидаги  “Автотранспортни текшириш” ҳамда “Кўчмас мулкни текшириш” рукнлари орқали билиш мумкин.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
#munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqda Zangiota tumani "Quyoshli" mahallasi, "Yangi hayot" koʻchasida yashovchi fuqaroning "ichimlik suvi isteʼmolga yaroqsiz" mazmunidagi joylangan murojaatini tegishli masʼullar nazoratga oldi.

Mazkur muammo yechimi borasida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani "Oʻrta" MFYda aholi murojaatlari boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi. Qabul tuman hokimi oʻrinbosari Sirojiddin Nosirov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda tuman tashkilot rahbarlari boshchiligida oʻtkazildi.

🔰Unda fuqarolar murojaatlari tinglandi, asosiy murojaatlar mazmuni moddiy yordam, uy taʼmiri, kredit olish, koʻchani asfaltlashtirishdan iborat boʻldi.

🔰Barcha murojaatlar yechimi boʻyicha aholiga tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💸 Бугун Интернетда криптовалюта, блокчейн ва электрон пул каби атамаларни тез-тез учратяпмиз.

💬 Шу билан бирга, криптовалюта савдоси билан ноқонуний шуғулланган шахсларнинг жавобгарликка тортилиши тўғрисида ҳам хабарлар учрамоқда.

Ўзи умуман криптавалюта нима? Унинг савдоси бўйича Ўзбекистон қонунчилигида нималар дейилган?

➡️ Юқоридаги видеороликда бу борада батафсил маълумот тақдим этилган.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#sessiya

Zangiota tumani hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengash raisi Erkin Rustamov boshchiligida kengashining navbatdagi VI/LXXIX sessiyasi boʻlib oʻtdi.

🔰Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Zangiota tuman Adliya boʻlimi boshligʻi A.Eshonqulovning adliya boʻlimining 2024-yil II-chorakdagi faoliyati boyicha axboroti tinglandi.

🔰Shundan soʻng Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Akromovning xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashida deputatlik o‘rinlari sonini belgilashning yangi mezonlari haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari soni tuman aholisi sonidan kelib chiqqan holda, navbatdagi chaqiriqdan boshlab – 25 ta etib belgilandi.

🔰Kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bandlik

Zangiota tumani “Qirguzar” mahallasi Nazarbek shoh ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi M.Oqilovaga hokim yordamchisi ko‘magida tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida tikuv mashinalari olib berildi.

M.Oqilova “Ayollar daftari” 1-toifasida turgan bo‘lib, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2023-yilda 10 million kredit olib, ish boshlagan edi.

Bugun tadbirkor sifatida faoliyatini kengaytirib, 100 million kredati ajratildi va o‘zi kabi 2 nafar ayolni ish bilan ham ta’minladi.

Aytish mumkin, Qirguzarda joriy yil 6 oyi davomida 5 nafar fuqaroga ana shunday 100 millionlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Қатор мутасадди ҳамда тегишли идоралар томонидан метан газ нархини барқарорлаштириш ҳамда нархларнинг асоссиз ошириб юборилишини олдини олиш бўйича жиддий назорат олиб борилади

АОКАда Энергетика вазири ўринбосари Азизхўжа Қобилов иштирокида ўтказилган брифингда газ нархининг эркинлаштирилиши билан боғлиқ масалалар юзасидан маълумот берилди:

📈 Ишлаб чиқарувчилар ва импортерлар томонидан биржа савдоларига суюлтирилган газ қўйиш ҳажмлари камайиб, маҳсулотнинг ўртача сотилиш нархи июль ойи бошидагига нисбатан 25 фоиз (6 млн сўмдан → 7,5 млн сўмгача) ошган.

🛢Август ойининг 7 санасидан эътиборан “Uzbekistan GTL” МЧЖ томонидан кунига яна қўшимча 100 тоннадан суюлтирилган газ биржа савдоларига қўйиб борилади.

⛔️Бугунги кунда суюлтирилган газнинг тадбиркорлик субъектлари томонидан импорт қилинишига ҳеч қандай тақиқ ва чекловлар мавжуд эмас.

📌 Жорий йилнинг ўтган даврида табиий газдан ноқонуний фойдаланиш ҳолатларини аниқлаш бўйича олиб борилган назорат тадбирлари давомида 1 601 та ҳолатда 369 млрд сўмлик 217 млн куб метр табиий газни талон-торож қилган истеъмолчилар аниқланди.

🔍 Табиий газдан ноқонуний фойдаланиш оқибатида етказилган зарар миқдорининг 155 млрд сўмлик қисмини ташкил этувчи 42 фоизи 1 568 та ҳар хил тоифадаги истеъмолчилар ҳиссасига тўғри келса-да, унинг 214 млрд сўмлик 58 фоизи 33 та автомобилларга газ тўлдириш компрессор шохобчаси томонидан талон-торож қилинган.

📱 2025 йил 1 январга қадар барча шохобчада газ тўлдириш устунларига қўшимча қурилмалар ўрнатилиб, реализация қилинаётган газ ҳажми онлайн кузатиб борилади.

‼️ Эндиликда сотилаётган ёқилғиларнинг нархларини сунъий равишда ошириш ҳолатлари аниқланган тақдирда, мазкур тадбиркорлик субъектлари қонунчиликда белгиланган тартибда жавобгарликка тортилади ҳамда уларга ёқилғи етказиб берилиши тўхтатилади.

📞 Ҳурматли истеъмолчилар, агар сиз метан газ нархининг асоссиз равишда оширилиши ҳолатларига дуч келсангиз, Рақобат қўмитасининг 71-207-47-00, 71-207-48-00 ёки 1159 қисқа рақамига, шунингдек, Бош прокуратуранинг 1007 қисқа рақами ҳамда “Ўзэнергоинспекция”нинг 71-200-02-86 телефон рақамларига қўнғироқ қилишингизни сўраймиз.

📌 Батафсил

https://t.iss.one/hudud_inform