Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
40.8K photos
2.93K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#aholi_murojaati

Zangiota tumani "Nayman" mahallasi aholisining murojaatiga asosan tezkor shtab a'zolari manzilda bo'lishdi.
📌Gaz bosimi bo'yicha aholiga tushuntirish ishlarini olib borib, mutaxassis yordamida mahalladagi GRP tekshirilib, sozlab berildi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
⚡️Elektrdan qarzi bor iste’molchilar 27-yanvardan boshlab tarmoqdan uziladi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning ma’lum qilishicha, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) 27-yanvardan boshlab qayta ishga tushiriladi.

👉Manba

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

❄️ Zangiota tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman ichki yo'llari, piyodalar o'tish yo'laklarini muz qoplamalaridan tozalashmoqda.

📷Foto: "Nazarbek" hududi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ogohlik

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar!

❗️Qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

❗️Binodan chiqayotganda, tomlarda qor massalari, sumalaklar va muzlarning to‘planishi, ularning tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘tishga e'tibor berish kerak.

❗️Bolalarni xavfli deb hisoblangan joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

👉Manba

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn

❗️Diqqat!

Hurmatli "Harakat", "Farobiy", "Qirguzar', "Ahilobod", "Nazarbek" MFY aholisi!

Elektr energiyasi bo'yicha murojaatlaringiz ijrosi yuzasidan tezkor shtab a'zolari muammoni bartafar etish choralarini ko'rishmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#aholi_murojaati

🔷 Zangiota tuman aholisiga shu kunlargacha hidudlardan chiqindilarni olib chiqib ketish bo'yicha xizmat ko'rsatib kelgan "Toza hudud" DUKsi "e-auksion" platforma savdosi orqali tadbirkor tasarrufiga o'tkazildi va endilikda "Zangiota obodon" MCHJ filiali sifatida xizmat ko'rsatadi.

🎤- "Bugungi kunda Zangiota tumani aholisiga xizmat ko'rsatish uchun "Zangiota obodon" MCHJ 4 dona chiqindi tashlashga yaroqli maxsus texnika ajratgan, 12 ta mavjud maxsus texnika kapital ta'mirdan chiqarilib yana aholiga xizmat qiladi", - deydi "Zangiota obodon" MCHJ filiali mas'ul xodimi Jahongir Zaripov.

Demak, Zangiota tumani aholisining chiqindilar to'planib noqulayliklar keltirib chiqarayotgani bo'yicha ko'plab e'tirozlari yaqin kunlarda navbati bilan bartaraf etiladi.

📷Fotojarayon: "Zangiota obodon" MCHJ texnikalari chiqindi yig‘ish shahobchasini yig'ilib qolgan maishiy chiqindilardan grafik asosida tozalashmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bizningmanzillar #Zangiotatumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Zangiota tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Zangiota tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Jo‘rayev Sherali Mirzaaxmat o‘g‘li

Filial rahbari - Nurmuxammedov Baxtiyor Baxromovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Qatortol qishlog‘i, Markaz shox ko‘chasi, 89-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: 70-975-20-93

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing
#shtab_faoliyatidan

Behzod QOBULOV, Toshkent viloyati hokimining Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi:

Shtabga kelib tushayotgan murojaatlar shu kunning oʻzida, yaʼni, yarim soatdan uch soatgacha boʻlgan vaqtlarda bartaraf etilmoqda.

Viloyatdagi 413 ta mahallada gaz bosimi odatdagi meʼyoridan pastligicha qolmoqda. Bu borada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan qatʼiy nazorat oʻrnatilib, zaruriy choralar koʻrilmoqda.

Jumladan, oʻtgan oxirgi bir sutka davomida hududlarga 19 tonna suyultirilgan gaz va jami 266 tonna koʻmir tarqatilganini taʼkidlash mumkin.

P.s. brifing 2023-yil 21-yanvar kuni yozib olingan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#maxsus_dayjest

2022-yil 2-mavsumda Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” doirasida fuqarolar 2 mingga yaqin loyiha boʻyicha ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.

Shundan eng koʻp ovoz toʻplagan 131 ta loyiha gʻolib boʻldi. Unda fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yoʻllarni qurish, maktablarni taʼmirlash, jihozlash hamda boshqa takliflar ilgari surildi.

Bugungi qisqa satrlarda mazkur sohada hududlarda olib borilgan ishlarning 2022-yilning 4-chorak yakuni bilan tanishamiz.

🌐Toshkent viloyati

🌐Angren shahri

🌐Bo'stonliq tumani

🌐Bekobod tumani

🌐Bekobod shahri

🌐Bo'ka tumani

🌐Nurafshon shahri

🌐Ohangaron tumani

🌐Ohangaron shahri

🌐Olmaliq shahri

🌐Oqqo'rg'on tumani

🌐Parkent tumani

🌐Piskent tumani

🌐Qibray tumani

🌐Quyi Chirchiq shahri

🌐Toshkent tumani

🌐Yangiyo'l tumani

🌐Yangiyo'l shahri

🌐Yuqori Chirchiq tumani

🌐O'rta Chirchiq tumani

🌐Chirchiq shahri

🌐
Chinoz tumani

🌐Zangiota tumani

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter