Zangiota tumani hokimligi
3.38K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Ohangaron tumani. Besh muhim tashabbusni ommalashtirish maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi mablagʻlari hisobidan “Nurobod” mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan mahallada yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi qurilishi boshlandi.

🔘Zangiota tumani. 4-sektorga qarashli “Madaniyat” mahallasi hokim yordamchisi Abdulatif Nishonovning mahalla ahli oʻrtasida olib borgan targʻibot-tashviqot ishlari samarasi bilan hudud “Open byudjet”da uch marotaba gʻolib chiqib, katta loyihalar uchun mablagʻ oldi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Bugun tumandagi 64 mahallada 39 ming 827 ta xonadon, 58 ming 496 ta oila, 203 ming 676 nafar aholi boʻlib, har bir mahallada aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyat yuritib kelmoqda.

🔘Boʻstonliq tumani. Bugun tuman hokimi J.Axmedovning mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Tumanning Yovvosh, Sohibkor, Ochamayli va Doʻstlik mahallasidagi fuqarolarga kredit asosida issiqxona, tikuv mashinalari, asbob-uskunalar olib berilib, ularning bandligi taʼminlandi.

🔘Toshkent tumani. “Chigʻatoy” mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan mahallada istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔘Bo'ka tumani. Tumandagi 44 ta mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash bo'yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘Qibray tumani. “Doʻrmon” madaniyat saroyida tumandagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman mahallalaridagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Seshanba - Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘
Yuqori Chirchiq tumani. Maʼnaviyat maskani” majlislar zalida tuman hokimi U. Atemov rahbarligida tumanda jinoyatchilik, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq shahri mahallalarida yoshlar bilan sayyor qabullar davom etmoqda.

🔘Zangiota tumani. Qirguzar” mahallasi hokim yordamchisi A. Kudaybergenova tashabbusi bilan homiylar jalb qilinib, mahallaning bitta koʻchasi asfaltlandi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimining navbatdagi qabulida har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, aksari hal etildi, ayrimlariga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.

🔘Bekobod tumani.Istiqlol” mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki talabaning shartnoma toʻlovlariga moddiy yordam koʻrsatildi.

🔘Chirchiq shahri. Chirchiq shahrida yangi tashkil etilgan mehmonxona hamda trikotaj kiyim doʻkonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Bo'ka tumani. Har bir sektor hududida yoshlar yetakchilari faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Bekobod tumani. Bekobod tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari “Gulzor” mahallasidagi tadbirkor bilan uchrashdi.

🔘Zangiota tumani. Tumandagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga qoʻshimcha qurib berilgan 690 oʻrinli yangi oʻquv binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimligida Xalq qabulxonasi mudiri va tegishli korxona-tashkilotlar masʼullari ishtirokida fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

🔘Ohangaron shahri. «Noʻgʻoyqoʻrgʻon“ mahallasida hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan kredit hisobidan murojaatchiga 2 sotixlik issiqxona qurib berildi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi ”Mehnat“ mahallasida qurib bitkazilgan 3 ta koʻp qavatli uylardagi muammolarni oʻrganish maqsadida aholi bilan uchrashdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. "Qizilsoy" mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba — viloyat hokimligida hamda hududlarda korxona va tashkilotlarda ijro intizomining ahvolini oʻrganish va muhokama qilish kuni.Shuningdek mazkur sanada “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlab, muammolar oʻrganiladi va amaliy yordam koʻrsatiladi.

🔘Angren shahri. Shaharning “Koʻkterak” “Yangi bogʻi surh” mahalla fuqarolar yigʻinlarida xotin-qizlar bandligini taʼminlash markazlari ishga tushirilib, “Ayollar daftari” roʻyxatida boʻlganlar ixtiyoriga topshirildi.

🔘Parkent tumani. Tuman hokimi Nomdanak qishlogʻida boʻlib hududdagi “Bozorboshi”, “Obod” hamda “Chinorli” mahallalaridagi hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddilar 11 ta koʻp qavatli turarjoyga xizmat koʻrsatib kelayotgan 2-sonli qozonxonada boʻlib bu yerdagi mavjud vaziyat va muammolar oʻrganildi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimiga koʻmir soʻrab murojaat qilgan bir guruh fuqarolarga tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan mazkur yoqilgʻi bepul yetkazib berildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi 25 nafar ishsiz xotin-qizga mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilarining tavsiyanomasiga binoan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari tarqatildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi boshchiligida hokim oʻrinbosarlari va mutasaddi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun navbatdagi qabul oʻtkazildi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi tashabbusi bilan gʻalla parvarishi yuzasidan joriy vazifalarga bagʻishlab amaliy seminar oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi boshchiligida oʻtgan navbatdagi “Hokimlik soati”da ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida qish mavsumini betalofat oʻtkazish, tadbirkorlik, chorvachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi tegishli mutasaddilar bilan kommunal tizim idoralaridagi real holatni sinchiklab oʻrganmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Yurtimiz boʻylab moʻjizalarga boy, yangi orzular sari yetaklovchi Yangi yil shukuhi kezmoqda. Mazkur bayram barchaga birdek — olam-olam quvonch va unutilmas lahzalarni tortiq etadi.

Toshkent viloyatining barcha hududlarida ayni kunlarda mehrga mushtoq murgʻak koʻngillarga quvonch hadya etilib, bayram sovgʻalari ulashilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Bolajonlar uchun sevimli ertak qahramonlari ishtirokida har kuni Yangi yil tomoshalari namoyish etilyapti.

🔘Ohangaron shahri. 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan kecha oʻquvchilarga unutilmas taassurotlar tuhfa etdi.

🔘Ohangaron tumani. Tuman hokimi obodonlashtirish boshqarmasining 260 nafar ishchi xodimlarini tabriklab, bayram sovgʻalarini ulashdi.

🔘Toshkent tumani. 96 nafar kam taʼminlangan oila farzandlari uchun Yangi yil bayrami tantanalari tashkil qilindi.

🔘Piskent tumani. Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni yozildi.

🔘Boʻstonliq tumani. 125-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internatida tarbiyalanuvchilar uchun bayram shodiyonasi tashkil etildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Yoshlar daftari”da boʻlgan yoshlarga naqd pul va sovgʻalar topshirildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Yangi yil” shukuhi kezmoqda.

🔘Chinoz tumani. 17 nafar bolajonga Prezident sovgʻalari topshirildi.

🔘Qibray tumani. Asosiy archa oʻrnatilgan maydonning bayramga tayyorgarlik holati oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Audio
#Dayjest

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Piskent tumani. Tuman hokimligi tomonidan 29 ta mahalladagi chevarlik hunari boʻlgan 139 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi. Ularning 130 nafari “Ayollar daftari”, 9 nafari esa “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan xotin-qizlardir.

🔘Ohangaron tumani. Tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sevara Dehqonova mahalla masʼullari bilan birgalikda hududlarda uyma-uy yurib, “Ayollar daftari” roʻyxatida turuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlar olib bormoqda.

🔘Ohangaron shahri. 1-sektor hududidagi “Adolat” mahallasida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishchi guruh tomonidan xatlov olib borilmoqda.

🔘Zangiota tumani. “Biz birgamiz!” aksiyasi doirasida “Ayollar daftari” soʻrovnomasi oʻtkazilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdi.

🔘Angren shahri. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik markazi tomonidan “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”dagi fuqarolar hamda kasb-hunarga ega boʻlish istagida boʻlganlar uchun oʻquv-mashgʻulotlar tashkil etildi va tegishli sertifikatlar topshirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan 213 nafar oila holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, 1,3 tonna kartoshka hamda 1 tonna baliq mahsulotlari tarqatildi.

🔘Qibray tumani. Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 12 nafariga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar topshirildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH