Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Zangiota tumanida issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, issiqlik manbaiga qarashli 400 metrlik quvurlar zamonaviy talablarga javob bermaydigan, ya’ni xizmat muddati o‘tganligi sababli to‘liq yangilanmoqda.

Mazkur ishlar aholiga issiqlik energiyasini uzluksiz va sifatli yetkazib berish, energiya samaradorligini oshirish va tizimdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida zamonaviy va uzoq muddat xizmat qiladigan quvurlar o‘rnatilmoqda, bu esa tizimning ishonchliligini ta’minlaydi.

Hozirgi vaqtda ishlar tezkorlik bilan davom etmoqda va qisqa muddat ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Rasmiy #Official #Oфициально

Bu yil “Ayollar daftari”da qanday o‘zgarishlar
kutilmoqda?
________

What changes are
expected in the “Women’s notebook” this year?
________

Какие изменения
ожидаются в этом году в «Женской тетради»?

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#munosabat

"Millar" dasturida "Bogʻishamol" MFYdan "Chiqindiga toʻla mahalla" lavhasi efirga uzatilgani xususida.

Zangiota tumani Ekologiya inspeksiyasi xodimlari "Millar" dasturida muhokama qilingan "Bog‘ishamol" MFY hududi bo‘yicha tezkorlik bilan joyiga chiqib, muammoni hal qilishga kirishdilar.

Ushbu jarayonda maxsus texnika jalb etilib, chiqindilarni tozalash va hududni tartibga keltirish ishlari samarali tashkil qilindi. Shu bilan birga, mahalla raisi M. Sagdiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusida bunday noqulay holatlar qayta takrorlanmasligi, mahalla aholisi e’tiroziga sabab bo‘luvchi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, hududni toza saqlash bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#FVB

🔹Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Oybek”, “Vatanparvar” va “Sortepa” mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va yolg‘iz yashovchi fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganildi.

🔹Tadbir davomida mavjud muammolar joyida bartaraf etildi. Shuningdek, ularga is gazi, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔹Uylardagi yong‘in xavfsizligi holati atroflicha tahlil qilinib, zarur amaliy yordam koʻrsatildi.


Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi