Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.97K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_boʻling

Toshkent viloyati Zangiota tumani "Nazarbek" hududida fuqaro S.U. tomonidan chiqindilarni belgilangan tartibda ajratilgan joylarga emas, balki noqonuniy tarzda belgilanmagan hududga tashlagani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91-prim1-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro S.U.ga qonunchilik talablarini buzganligi uchun tegishli jarima jazosi belgilandi.

Mazkur chora atrof-muhitni muhofaza qilish va tartibni saqlash maqsadida ko‘rilgan bo‘lib, fuqarolarni chiqindilarni belgilangan joyga tashlashga rioya qilishga chaqiradi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 30 dan ortiq Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#xalqaromunosabatlar #международныеотношения

⚡️BAA kompaniyasi bilan chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Ayni paytda Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tayotgan "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammiti doirasida O'zbekiston va BAA o'rtasida chet el investitsiyalari hisobiga chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo'yicha shartnomaga imzo chekildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/32757

⚡️Подписано соглашение с компанией из ОАЭ о производстве электроэнергии из отходов

В рамках проходящего в Объединенных Арабских Эмиратах международного саммита «Неделя устойчивого развития Абу-Даби» подписано соглашение между Узбекистаном и ОАЭ о реализации проектов по производству электроэнергии путем термической переработки отходов за счет иностранных инвестиций.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/32757

⚡️According to signed agreement, UAE company will produce electricity from the waste

As part of the international summit "Abu Dhabi Sustainability Week" held in the United Arab Emirates, an agreement was signed between Uzbekistan and the UAE on the implementation of projects for electricity production through thermal waste processing using foreign investments.
https://gov.uz/en/eco/news/view/32757

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp
Hurmatli Zangiota tumani aholisi!

⚡️Zangiota tumani Elektr ta’minoti korxonasi (TET) bugun, 2025-yil 16-yanvar, payshanba kuni, soat 10:00 dan 14:00 gacha vaqt oralig‘ida Zangiota tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan "Eski Qal’a", "Gulbog‘", "Asl", "Sortepa", "Xoʻjamozor", va "Chorbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/6 kV "O‘rtaovul" podstansiyasiga qarashli 6 kV liniyada eski tayanchlarni demontaj qilish ishlari olib borilishini maʼlum qiladi.

⚡️Ushbu jarayon xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik elektr energiyasining uzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

⚡️Shu sababli Zangiota TET yuzaga keladigan noqulayliklar uchun yuqorida qayd etilgan mahallalar aholisidan uzr so‘raydi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Zangiota tumani FVB xodimlari va "Zangiotatumangaz" gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida "Ahilobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan aholi xonadonlari o‘rganib chiqildi.

Tadbir davomida fuqarolarga is gazi, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan eslatmalar tarqatildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

🔹Zangiota tumanida hududlarni tartibga keltirish va tozalikka rioya qilish maqsadida hazonlarni tozalash hamda yo‘llarda saqlash ishlari olib borilmoqda.

🔹Mahallalar, ko‘cha va xiyobonlarda yig‘ilib qolgan kuzgi barglar yig‘ishtirilib belgilangan joyga olib borilmoqda, yo‘llarda yuzaga kelgan taʼmirtalab joylarda esa saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹 Ushbu chora-tadbirlar hududlarning estetik ko‘rinishini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди. Унда инвестиция масалалари кўриб чиқилмоқда.

Очиқлик ва кучли инвестиция сиёсати натижасида иқтисодиётимиз барқарор ўсиб келаётгани таъкидланди.

Хусусан, 2024 йилда ялпи ички маҳсулот 6,5 фоизга ошиб, 115 миллиард долларга етди, хорижий инвестиция 1,6 баробар ўсиб, 34,9 миллиард долларни ташкил қилди, қиймати 10 миллиард долларлик 242 та йирик ва ўрта лойиҳалар ишга тушди, экспорт илк бор 27 миллиард долларга чиқди.

Ўтган йили 50 та туманга 100 миллион доллардан кўп сармоя кириб келди (2023 йилда бундай туманлар 11 та эди).

Давлатобод, Янги Наманган, Мирзо Улуғбек, Чилонзор, Шайхонтоҳур туманлари, Наманган ва Самарқанд шаҳарларида инвестициялар 300 миллион доллардан ошган.

Тоғ-кон, нефтгаз, кимё, қишлоқ хўжалигида режа 2 карра ортиғи билан бажарилди.

Facebook|Instagram|X
Айрим туман ҳокимлари инвестиция ва экспорт масаласини ўз ҳолига ташлаб қўйгани қайд этилди.

Ўтган йили Беруний, Қораўзак, Қўнғирот, Пешку, Янгиобод, Қамаши, Хонқа, Шовот туманларида инвестиция 15 миллион долларга ҳам етмади. Ромитан, Деҳқонобод, Миришкор, Чироқчи, Нарпай, Нуробод ва Гулистон туманлари, Оҳангарон шаҳрида экспорт камайган.

Ушбу 16 та туман ва шаҳар ҳокимларига ҳайфсан эълон қилинди.

Ҳудудида ивестицияларни жалб қилиш, қишлоқ хўжалигини ривожлантириш ва бошқа йўналишлардаги фаолиятда жиддий камчиликларга йўл қўйгани учун Сирдарё вилояти ҳокими Акмалжон Маҳмудалиев лавозимидан озод этилди.

Эндиликда инвестиция бўйича янги назорат тизими бўлиши белгиланди.

Бунда Бош вазир бу йилги 42 миллиард доллар хорижий инвестиция бўйича ойма-ой режани тасдиқлайди, вилоят, шаҳар ва туман ҳокимлари, тармоқ раҳбарлари ҳафтада икки кун инвестиция билан шуғулланади.

Мутасаддилар тинмай ҳудудларга бориши, тадбиркорлар билан учрашиши, масаласини жойида ҳал қилиши шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X