Zangiota tumani hokimligi
3.43K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "Eski qalʼa" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholi murojaatlari boʻyicha navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Ushbu qabul Zangiota tumani hokimining oʻrinbosarlari Sherzod Berdiyev, Sirojiddin Nosirov va Saodat Usmonovalar tomonidan tashkil etildi.

🔰Unda 20 nafar mahalliy aholi ishtirok etdi hamda turli masalalarda oʻz murojaatlarini bildirishdi. Asosiy eʼtibor ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek, "Ayollar daftari" roʻyxatiga kiritish masalalariga qaratildi.

🔰Fuqarolar koʻtargan muammolar tinglanib, har bir masala boʻyicha yechim topish va tegishli chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ehtirom
#Zangiota_tumani


101 YILLIK UMR – IBRAT NAMUNASI

Keksalarning duosi yurtni asraydi, ularga e’tibor esa jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi ulugʻ insonlar e’zozlangan yurtda baraka va farovonlik bardavom boʻladi.

Shu maqsadda, 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Zangiota tumani hokimligi tomonidan front ortida mashaqqatli mehnat qilib, oʻz halol ishi va matonati bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan keksa avlod vakillari holidan xabar olish tadbirlari tashkil etildi.

Ilk uchrashuv "Ibrat" mahallasida istiqomat qiluvchi 101 yoshni qarshi olgan Xayrulina Minibika aya xonadonida boʻldi.


Batafsil oʻqish👈

___

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bildirish

"Zangiotatumangaz" gaz ta'minoti bo'limi 2025- yil 4 -yanvar kuni soat 17:00 da "Turkiston" hududi "Bogʻishamol" MFY koʻchalarini gaz bilan taʼminlovchi yer osti oʻrta bosimli d-102 mm gaz quvurida teshik hosil boʻlib gaz sizib chiqish (avariya) holati aniqlangani uchun "Bogʻishamol" mahalla koʻchalaridagi aholi xonadonlari va ulgurji isteʼmolchilarga soat 17:10 dan gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qiladi.

Avariya holati bartaraf etilgandan soʻng qo'shimcha maʼlumot beriladi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Oʻzbekistonda mavjud diniy taʼlim muassasalari haqida.


Noqonuniy diniy taʼlim qanday javobgarlikka sabab boʻladi?

📹Batafsil videolavhada.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suv
#Zangiota_tumani

Filiallarimizda qiziq, qisqa va aniq xabarlar! – Zangiota tumani filiali tomonidan ichimlik va oqova tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etilish jarayoni

– "Achchiq Soy" MFY Oqsoy ko‘chasida diametri 1000 mm li ichimlik suv quvuri tarmog‘i nosozligi bartaraf etildi.

👉 ☎️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ dispetcherlik xizmati (24/7)

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat
#rasmiy_munosabat

"Milliy tiklanish" gazetasi tomonidan e’lon qilingan, Nazarbek qo‘rg‘onining “Harakat” mahallasidagi jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan maqola yuzasidan rasmiy munosabat.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#yashil_energiya

Inson qadri uchun
: O‘zbekistonda “yashil” elektr stansiyalar hajmi oshirilmoqda.

Tahlil Buxoro viloyatida barpo etilayotgan (dastlabki quvvatlari ishga tushirilgan) yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqror_manzili

Hurmatli ota-onalar va qadrli yoshlar!


💫Yodda tuting, diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish yoki tarqatish, materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilgan holda quyidagicha miqdorda jarma solishga sabab boʻladi:

▪️fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha (6 mln. 800 ming soʻmdan 34 mln. soʻmgacha);

▪️mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 150 baravarigacha (17 mln. soʻmdan 51 mln. soʻmgacha).

⚠️ Shuningdek, ushbu qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2025 йил 6 январдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 6 января 2025 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X
#jarayon
#ayollar_daftari

Zangiota tumanida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov ishlari davom etmoqda.

🔰Xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahvolini chuqur o‘rganish, ularning muammolarini samarali hal qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori asosida “Ayollar daftari” ro‘yxatini shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

🔰Mazkur qarorga muvofiq, Zangiota tumanidagi barcha mahallalarda keng qamrovli xatlov ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon orqali ayollar duch kelayotgan dolzarb masalalar o‘rganilib, ularni hal etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰Xatlovning ushbu oltinchi bosqichi jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqlarini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Kambag‘al oilalar a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi

Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:

👉 jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;

👉 har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube