Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
♻️Zangiota tumani hokimligida "Atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish va ifloslantiruvchi gazlarning belgilangan meʼyordan ortib ketishi sabablari"ga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Batafsil👈

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари Бош вазир лавозимига кўрсатилган Абдулла Арипов номзодини кўриб чиқдилар.

Номзод Вазирлар Маҳкамасининг яқин муддатга ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастурини тақдим этди.

Депутатлар ва фракциялар раҳбарлари сўзга чиқиб, номзод ва дастур юзасидан ўз фикрларини билдирдилар.

Номзод ва Ҳукуматнинг дастури кўриб чиқилгач, Бош вазир лавозимига номзодни маъқуллаш масаласи овоз беришга қўйилди.

Яширин овоз бериш йўли билан депутатлар Абдулла Ариповни Ўзбекистон Республикаси Бош вазири лавозимига маъқулладилар.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.

Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.

Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.

Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Facebook|Instagram|X
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 4200 dan ortiq Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!


🔹Dehqon xo'jaligi yuritish uchun yer uchastkalari 673 ta (Ko'rish)

🔹Dehqon xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi kooperativini tashkil etish uchun 797 ta (Ko'rish)

🔹Yoshlarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari 2745 ta (Ko'rish)

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#yashil_makon

🌱Daraxt va buta ko‘chatlarini ekishga yo‘naltirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi Zangiota tumani hududlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

🌱Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov va sektor rahbarlari ham ushbu ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha doirasidagi hashar ishlarida ishtirok etishdi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!” — Shavkat Mirziyoyev

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛔️#norasmiy_bandlik

Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:

👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;

👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;

👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;

👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz;

👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;

👉O‘zgaruvchan oylik maoshi;

👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat;

👉Karyeraning o‘smasligi.


Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Toshkent viloyati Zangiota tumanida viloyat Sport boshqarmasi mas`ullari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o'tkaziladi.

Qabul 22-noyabr soat 10:00da aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari xususida oʻtkazilishi rejalashtirgan.

Manzil: Zangiota tumani, "Oybek" MFYda joylashgan "Yopiq suv havzasi" yopiq zalida.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bildirish #Уведомление

VILOYATDA "XAYR-EHSON OʻN KUNLIGI" DEKADASI START OLGAN

Joriy yilning 19-noyabridan 29-noyabriga qadar viloyatda "Xayr-ehson dekadasi" hamda "Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi" etib belgilandi.

Bu haqda, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolangan.

Mazkur dekadani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyatini qoʻllab-quvvatlash, favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga toʻlaqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirish hamda buning uchun homiylar tomonidan ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish ishlarini tashkil qilishdan iboratdir.

Barchani mazkur xayriya aksiyasida faol bo`lishga chaqirib qolamiz!
__________

В Ташкентской области дан старт декаде "10 дней благотворительности"

Период с 19 ноября по 20 ноября текущего года определен как "Декада милосердия и благотворительности" и как "Десятидневка поддержки гуманитарной деятельности Ташкентского областного отделения Общества Красного Полумесяца Узбекистана".

Соответствующее распоряжение подписано хокимом Ташкентской области Зойиром Мирзаевым.

Основная цель проведения данной декады состоит в поддержке Общества Красного Полумесяца Узбекистана, оказания полноценной гуманитарной помощи пострадавшему от стихийных бедствий населению, а также организация безвозмездной и добровольной поддержки со стороны благотворителей.

Призываем всех принять активное участие в этой благотворительности акции!

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_yetakchilari
#eʼtibor

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qaroriga asosan ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Zangiota tumanidagi yoshlar yetakchilarining ota-onalariga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tashakkurnomalari Zangiota tuman hokimi oʻrinbosari Sirojiddin Nosirov tomonidan topshirildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

🔰Zangiota tumani "M.M.Xorazmiy" mahallasida tuman Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tuman gaz taʼminoti xodimlari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun xavfsizlik va tayyorgarlik holatlari tekshirildi.

🔰 Mahalla aholisini is gazidan himoya qilish maqsadida barcha isitish moslamalari, ayniqsa, gazdan foydalanish tizimlari tekshiruvdan oʻtkazildi. Xodimlar tomonidan zarur texnik yordam koʻrsatildi.

🔰 Shuningdek, aholining xatarlarga nisbatan ehtiyotkorlik va tayyorgarlik darajasi oshirildi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi