Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
#jarayon
#hamkorlik

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov va tuman hokim o'rinbosari Turgʻun Boliqulovlar xitoylik "Sinszýan-Alashankou Xinruide Trading Co., Ltd" investorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

💠Ushbu uchrashuvda tuman hududida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va omborxona markazining tashkiliy loyiha taklifi muhokama qilindi.

💠 Investorlarga loyihani yanada takomillashtirish uchun qo'shimcha fikr-mulohazalar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 23-24 октябрь кунлари БРИКС бирлашмаси давлатларининг саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Қозон шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина 23-24 октября посетит с рабочим визитом город Казань для участия в мероприятиях саммита государств объединения БРИКС.

#Mirziyoyev #tashrif #sammit #BRIKS

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟦

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kuni.


⏺️Bo'ka tumani. Tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida ish, o‘qish va boshqa maqsadlarda chet davlatlarda migratsiyada yurgan Bo‘ka tumani fuqarolari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

⏺️Yangiyo'l shahri. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimi shahar 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, shahar hududidagi maktab direktorlarining o‘rinbosarlari, o‘quvchi yoshlar ishtirokida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

⏺️Nurafshon shahri. Shahar hokimi I.Klichxanov va sektor rahbarlari boshchiligida xorijiy davlatlarda ta’lim olayotgan, mehnat qilib kelayotgan shahar fuqarolari bilan onlayn muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va murojaatlari tinglandi.

⏺️Chinoz tumani. Chinoz tumani hokimi Sh.Salixov chet davlatlarda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan navbatdagi onlayn muloqotini o‘tkazdi.

⏺️Chirchiq shahri. Shahar hokimi M.Abdurahimov migrantlar bilan shaxsan suhbatlashdi, qolaversa, 50ga yaqin fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdilar.

⏺️Zangiota tumani. Tuman hokimligi tomonidan xorijdagi tumandoshlarimiz bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.

⏺️O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi I.Kasimov boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi muloqotda 20 nafarga yaqin fuqaroning muammolari o‘rganildi.

⏺️Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirokida migrantlar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.


📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#yoshlar

Kurash - xalqimizning asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollik timsoli sifatida e’zozlab kelinayotgan azaliy milliy qadriyatidir.

🔰Kuni kecha Zangiota tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi tadbirida soʻz olganlar ham ushbu sport turini alohida eʼtirof etishdi.

🔰67 ming nafar roʻyxatdan oʻtgan yoshlar mahalla, sektor va tuman bosqichlaridan oʻtib, toʻrtinchi, ya'ni viloyat bosqichiga 198 nafari yetib keldi.

🔰Ma'lumot o'rnida: musobaqalar jami 9 ta vazn toifasi (5 ta vazn toifasi yigitlar va 4 ta vazn toifasi qizlar)da  bo'lib o'tdi.
Murosasiz va qizgʻin lahzalarga boy oʻtgan musobaqalarda Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari hamda Angren, Chirchiq shahar sportchilari peshqadamlikni qoʻldan boy bermadi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#muhim
❗️"Aksiya" chiqdi(mi) ?!

Shu kunlarda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan va xalqimiz orasida ""Aksiya" deya nom olgan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonun aholi orasida ko‘plab muohakamalarga sabab bo‘lib, kadastr idoralariga murojaatlar hamda joylarda mazkur Qonunni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida noqonuniy qurilmalarni qurish holatlari soni ortmoqda.

Shu o‘rinda, Qonunning asosiy va birinchi galdagi talablaridan biri bu o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkasi va undagi uy-joylar qurilishi 2018-yilning 1-mayiga qadar amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Shuningdek, Qonun kuchga kirgach, fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastr idoralariga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi, yaʼni bunda barcha holatlar mahallalar kesimida o‘rganilishi yo‘lga qo‘yiladi va reja-grafiklar ijtimoiy tarmoqlar va mahallalarda eʼlon qilib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, Qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotgan uddaburonlarga aldanib qolmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun kuchga kirishini kutishlari so‘rab qolamiz !

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !


🔖Qonun 08.11.2024 yildan kuchga kiradi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun boshqarmaning quyidagi raqamlari bilan bog‘lanishingiz mumkin:
📞70-2020207
📞95-1991773

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati


#murojaat #yernazorati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#jarayon

🔰Zangiota tumani FVB xodimlari, tuman gaz ta'minoti va yong‘inga qarshi kurashish tashkiloti hamkorligida "Kuz-qish mavsumi"ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

🔰 Ushbu tadbirlar orqali fuqarolariga dudbo‘ronlar holatini ko‘rikdan o'tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish zarurligi haqida batafsil tushuntirish berilmoqda.

🔰Tadbirlar davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida aholi xonadonlariga kirib, zarur maslahatlar va ko‘rsatmalar berilmoqda. Bu kabi profilaktik ishlar, ayniqsa, kuz-qish mavsumida gaz va isitish tizimlaridan foydalanish ortishi bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi