Zangiota tumani hokimligi
3.77K subscribers
44K photos
3.27K videos
49 files
15K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Zangiota_tumani
#Mahalla_obod_yurt_obod
#Hashar

🔰 Zangiota tumanida «Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida hashar ishlari davom etmoqda.

Unda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirilmoqda.

Xususan, Zangiota tumani  “Qirguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida ham hashari munosabati bilan xonadonlarda, ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari olib borildi, ariqlar tozalandi, daraxtlarga ishlov berildi. Mahalla idorasi hovlisiga gullar ekildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mahalla_hayotidan

🔰 Zangiota tumani "Navbahor" mahallasining "Doʻmbirobod" ko‘chasida ob-havo sharoitiga qaramay, mahalliy aholining faol ishtiroki bilan hashar ishlarini amalga oshirishga kirishildi.

🔰Ayni damda ushbu koʻchada MFY raisi Tohir Fayziyevning tashabbusi bilan 150 metrlik suv quvurlari almashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, koʻchaga kiraverish hudud obodonlashtirilib, asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

🔰Ushbu ishlarda mahalliy aholining hamjihatligi va jonkuyarligi alohida e’tiborga molik. Hatto yoshlar bilan birga, bu ishga nuroniylar ham o‘z hissalarini qo‘shib, qo‘llab-quvvatlamoqlar. Hashar ishlarida amaliy yordamlari uchun "Musaffo Obi hayot" xodimlariga ham alohida minnatdorchilik bildirmoqdalar.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#mahalla_hayoti
#tuhfa

📹Zangiota tumanidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining foydalanishga topshirilishi "Nurafshon TV" lavhasida.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mahalla_hayoti

AHOLI BANDLIGI - MAHALLA RIVOJI

🔰Zangiota tumani "Oʻratepa" mahallasida aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida bir qator muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Mahalladagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish hashar yoʻli bilan davom ettirilmoqda, bu esa aholi uchun qulay transport va piyodalar yoʻlaklarini yaratishga yordam beradi.

🔰Bundan tashqari, xonadonlar va tomorqalardan samarali foydalanishni oʻrganish va ularni rivojlantirish boʻyicha maxsus tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Aholining ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini oshirish maqsadida, chorvachilikni rivojlantirish va shu orqali daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berilmoqda.

🔰Ushbu ishlarga aholi keng jalb qilinib, mahallaning iqtisodiy holatini va yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#mahalla_yettiligi

🔰"BORINI AYTAMIZ"

Mahalla yettiligi qanday ishlar bilan band?

❗️Barchasiga Zangiota tumani "Qirguzar" MFY misolida guvohi boʻlamiz.

📹Batafsil "Nurafshon TV" da.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#mahalla_hayotidan

🔰Zangiota tumani 2-sektorga qarashli "Obod" MFYning "Nurhayot" 2-tor ko‘chasidagi 175 metr uzunlikdagi asfaltlanmagan qismi
mahalla hisob raqamiga soliqdan tushgan mablag‘lar hisobidan asfaltlanmoqda.

🔰Ushbu ishlar
mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va sifatli yo‘l sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bir qismi hisoblanadi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#mahalla_hayotidan

Zangiota tumani "Nazarbek" hududi "Farobiy" MFY faollari tashabbusi va aholi homiyligida "Hamjixat" ko‘chasida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Mahalla faollari va homiylar sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilgan bu tashabbus, jamoatchilikning birdamligini namoyon etuvchi yana bir namuna bo‘ldi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#mahalla_hayotidan

Zangiota tumani "Madaniyat" MFYda aholi farovonligini oshirish va hududni rivojlantirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

♻️"Yettilik" tashabbusi doirasida kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni oshirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

♻️ Xususan, aholi o‘rtasida tomorqadan samarali foydalanish targ‘ib qilinmoqda, natijada tomorqa yerlarida yetishtirilgan mahsulotlar oila daromadini oshirish bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

♻️Shuningdek, aholining tadbirkorlik faolligini oshirish uchun moliyaviy yordam va imtiyozli kreditlar ajratilib, kichik issiqxonalar, chorvachilik va parrandachilik loyihalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

♻️Ushbu sa’y-harakatlar mahalla hayotini ijobiy o‘zgartirib, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

📹 Batafsil "MY5" TV ning "Xalq ichida" koʻrsatuvida👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#mahalla_hayotidan

♻️Bugungi kunda mahallalar aholining ko`plab ijtimoiy masalalarni hal qilish, ularning farovon hayotga erishishiga yordam berish tizimining eng muhim bo'g'inidan biriga aylandi.

♻️Ushbu yo'nalishda ayniqsa kambag'allikka qarshi kurashish va ishsizlikka barham berish masalalari muhim hisoblanadi.


📹Bu borada Zangiota tumani "Qurilish" mahallasida ham bugun aholi bandligi boʻyicha qilinayotgan ishlar tahsinga loyiq.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#saylov
#mahalla_hayotidan

🔰Bugun ,,Oybek" mahalla fuqarolar yig‘iniga yangi rais saylandi. Yig‘ilishda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

🔰Yangi saylangan rais mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi bilan ochiq muloqot olib borish hamda hududda obodlik va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ustuvor vazifalarni oʻz oldiga maqsad qilib belgilab oldi.

🔰Mahalla ahli yangi raisga ishonch bildirib, ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, uni qo‘llab-quvvatlashlarini aytishdi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi