Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#open_budjet

🔰 Ayni damda Zangiota tumani "M.M. Xorazmiy" MFY hududida asfaltlashtirish ishlari davom etmoqda.

🔰"Open budjet" loyihasi doirasida 1600 metr uzunlikdagi ichki yo‘llardan "Mardlik" va "M.M. Xorazmiy" ko‘chalarida asfalt ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu asfaltlashtirish ishlari natijasida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, transport harakati yanada qulay bo‘ladi va aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
💲 Пахта хомашёси етиштирувчилар молиявий қўллаб-қувватланади

📝 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Пахта хомашёси етиштирувчиларни молиявий қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Қарори қабул қилинди.

🔘Унга кўра, 2024 йил ҳосили йиғим-терим даврида жаҳон бозоридаги пахта толасининг шаклланган фьючерс котировкалари бўйича пахта хомашёсининг бошланғич фючерс нархлари бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўм атрофида шаклланаётганлиги кўрсатиб ўтилган.

🔘Ўзбекистон Республика Товар-хом ашё биржасида 2024 йил ҳосилидан биринчи нав иккинчи синф бир тонна пахта хомашёсининг бошланғич фьючерс нархи, жаҳон бозоридаги пахта толаси котировкаларидан келиб чиқиб, 7 млн 800 минг сўм миқдорида эълон қилинган.

🔘Ҳукумат жаҳон бозорида пахта толасининг нархи кескин пасайиши натижасида юзага келган вазиятда пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида:

пахта етиштирувчилар томонидан биржа савдолари орқали реализация қилинган (электрон ҳисоб-фактура асосида) бир тонна пахта хомашёси учун Қишлоқ хўжалигини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан 1 млн сўм миқдорида субсидия ажратилади.

2024 йил учун пахта етиштирувчилар ва қайта ишловчилар ўртасида биржа савдоларида тузилган шартномалар бўйича қўшимча келишув тузилади. Бунда пахта хомашёсининг сотиш нархи 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаслиги керак.

2024 йил ҳосилидан фьючерс шартномаларидан ташқари пахта хомашёсини биржа савдоларига чиқаришда унинг бошланғич нархини бир тоннаси учун 6 млн 800 минг сўмдан кам бўлмаган миқдорида эълон қилиш талаб этилади.

2024 йилда барча ҳудудларда пахта териш машиналари томонидан терилган ҳар бир тонна пахта хомашёсини йиғиб-териб олиш хизмати баҳосининг 20 фоизи, бироқ 250 минг сўмдан ошмаган қисми қоплаб берилади.

🔘Шунингдек, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Жамғарма ҳамда Марказий банкнинг 2024 йил ҳосили пахта йиғим-теримини қисқа муддатларда ташкил этиш мақсадида Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 25 июлдаги 452-сон қарорига асосан, соғломлаштирилаётган пахта-тўқимачилик кластерлари билан 2024 йил ҳосили бўйича шартнома (фьючерс, спот ва вақтинча сақлашда) тузган фермер хўжаликларига, шунингдек, ўз ер майдонларида пахта хомашёси етиштирган пахта-тўқимачилик кластерлари ва фермер хўжаликларига йиғим-терим харажатларини молиялаштириш учун Жамғарма ресурслари ҳисобидан имтиёзли кредитлар ажратиш тўғрисидаги таклифлари маъқулланди.

🔘Бунда имтиёзли кредитлар электрон тарози орқали қабул қилинган пахта хомашёси учун - 10 ой муддатга, йиллик 10 фоиз ставкада (2 фоиз банк маржаси) пахта қийматининг 20 фоизи миқдорида 3 ойлик имтиёзли давр ва сўнгги 7 ойда тенг улушларда қайтариш шарти билан ажратилади.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️
Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi

“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil oktyabr oyidanXotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o'rganish moduli) ishga tushiriladi.

🔍 Muammolarni o'rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta'minlanadi.

🗓 2024-yil 1-oktyabrgacha:

🔹Muammolarni o'rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi;

🔹Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o'rganib chiqish va hal etishni ta'minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi.

📆 2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 86 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 267 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 4790 ta (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari 13 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 257 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 689 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1993 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 3 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 28 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 114 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 446 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari 113 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3405 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 24 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 221 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani "Gulbogʻ" mahallasida aholi murojaatlari boʻyicha tuman masʼullari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Unda korxona va tashkilot rahbarlari ham qatnashib aholi murojaatlari va takliflarini tinglashdi. Qonun doirasida hal etilishi mumkin bo'lgan muammolar borasida qo'shimcha tushuntirish berishdi.

🔰Qolgan masalalar muayyan vaqt talab etilishini inobatga olinib, nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#qishloq_xoʻjaligi
#seminar

🔰 Zangiota tumani "Nazarbek" hududidagi "Nazarbek Agro Futtures" MCHJ va "Erkin" hududidagi "Paxtachi Fayzli bog‘i" MCHJ dala maydonida toʻqsonbosti ekinlarini ekish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

🔰 Unda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, tuman hokimi oʻrinbosari Atham Hikmatov va fermer, qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari qatnashdi. Yigʻilganlar toʻqsonbosti usulida ekiladigan sabzavot ekinlari yetishtirishda belgilangan chora-tadbirlar xususida fikr almashishdi.

🔰 Maʼlumot oʻrnida:
Tumanda 2025 yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida jami 3211 gektar maydon, shundan, 1576 gektar ochiq va 1635 gektar bog‘-tok qator orasi yer maydoniga avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida ekin ekish rejalashtirilgan.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi