Zangiota tumani hokimligi
3.72K subscribers
44.4K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Zangiota tumani hokimligi
Photo
#taʼlim

🔰TA’LIMDA HAMKORLIK


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-23-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyati Gubernatori A.Vorobevning taklifiga binoan Toshkent viloyati delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatiga xizmat safarini amalga oshirib,  hududlararo ta’lim aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan hujjat loyihalari bo‘yicha memorondum imzolagan edi.

Ana shu hamkorlik doirasida viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan Toshkent viloyatidan 40 nafar o‘quvchi va 7 nafar o‘qituvchilar Moskva viloyatida  zamonaviy kasblarga o‘qitish, ta’lim jarayonlari amaliyot bilan birgalikda tashkil etish, ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish maqsadida navbatdagi safarni amalga oshirishmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida Zangiota tumanidagi 14-umumta’lim maktabining 5 nafar faol va iqtidorli o‘quvchilari ham mazkur safarda ishtirok etmoqda. Bu yoshlar o‘z tengdoshlari bilan birgalikda zamonaviy ta’lim va kasbiy malaka rivojiga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, amaliy tajriba orttirish imkoniga ega bo‘lishmoqda.

Safar davomida o‘quvchilar zamonaviy o‘quv dasturlari, kasbiy ta’lim tizimi va ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib, kelgusida o‘z hududlarida ushbu tajribalarni amaliyotga tatbiq qilish uchun muhim bilim va tajriba to‘plashadi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#SARHISOB_2024
#TAʼLIM_TIZIMI

🔴Yakuniga yetgan 2024-yilda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida e’tirof etishga arzigulik ishlar amalga oshirildi.

🟢Xususan, Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida ham innovatsion pedagogik uslublar joriy etilib, ta’lim sifati yaxshilandi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yangi dasturlar hayotga tadbiq etildi.


📹Batafsil "Maxsus reportaj" ko‘rsatuvida

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#taʼlim_kutubxona
#hokim_tuhfasi

📚BILIM VA MAʼNAVIYAT SARI...


🔰Zangiota tumanidagi maktablar kutubxonalari fondini badiiy adabiyotlar bilan boyitish, o‘quvchilarning badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tomonidan katta tashabbus amalga oshirildi.

🔰Yaʼni tumandagi 39 ta maktabga jami 60 million so‘mlik, 43 nomdagi 1798 dona badiiy adabiyotlar xarid qilinib, maktablarga taqdim etildi.

🔰Mazkur kitoblar o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga, ko‘proq kitob mutolaa qilishga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔰Ushbu ezgu tashabbus uchun maktab jamoasi va o‘quvchilar tuman hokimligiga minnatdorlik bildirishdi. Darhaqiqat, bu kabi kitob tuhfalari kelajak avlodning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasizdir.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍4
#taʼlim

🔰 Zangiota tumani 14-umumtaʼlim maktabida 2024-2025-o‘quv yilida a’lo o‘qishlari, namunali xulqi va o‘qishdagi erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan oʻquvchilar, ularning ustozlari va ota-onalari Zangiota tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.

🔰Taqdirlanganlar orasida sosiy fan olimpiadasining tuman bosqichlarida yuqori natijalarga erishib, viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar oʻquvchilarga faxriy yorliq va estalik sovgʻalari topshirildi va muvaffaqiyatlari yuksak baholandi.

🔰Bu kabi tashabbuslar yoshlarni yuqori marralar sari intilishga undaydi va yurtimizning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Taqdirlangan o‘quvchilar:

To‘laganova Odina Nosir qizi (9-maktab)

Mirzoxidova Sarvinoz Mirkomil qizi (21-maktab)

Isakova Umida Talg‘at qizi (12-maktab)

Tojiddinov Muhammad Baxtiyor o‘g‘li (14-maktab)

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍8
#taʼlim
#xalqaro_hamkorlik

Zangiota tumanidagi 14-maktabda xalqaro hamkorlik tajribasi


🟢O‘tgan hafta tumanidagi 14-maktabda yangicha joziba va madaniyat nafasi sezildi. Sababi, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari Koreya davlatining Chungam Milliy universitetidan kelgan 15 nafar talaba va ularning uch nafar ustozlari bilan bevosita ijodiy va ilmiy muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🟢Ushbu tashrif Prezidentimizning "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🟢Mazkur maktabda ikki yildan buyon qaror ijrosiga ko‘ra o‘quvchilarga xorijiy tillar va hunar o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, koreys tili va madaniyatini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilgan.


❗️ Ushbu hamkorlikda oʻquvchilarimiz ham imkoniyatdan foydalanib mehmonlarga milliy madaniyatimizni targʻib qilib ularni lol qoldirishdi.


https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
#jarayon
#taʼlim

Zangiota tumanida ta’lim sifati va bolajonlar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.


🌈 Tumanning “Sortepa” MFY hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.

🌈Ushbu tadbirda Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Sirojiddin Nosirov, Saodat Usmonova va nuroniy otaxon, onaxonlar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, bog‘chaning yangilangan sharoitlari bilan tanishdilar.

🌈Mazkur ta’mirlash ishlari 2024-yilda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, natijada 11-MTT zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi va quvvati kengaytirildi. Endilikda bu yerda 265 nafar bolajon sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

🌈 Darhaqiqat, bu kabi tashabbuslar tumanimizda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlod kamolotiga hissa qo‘shishdagi izchil sa’y-harakatlarning davomi hisoblanib, kelgusida bolalarimizning baxtli va nurafshon kelajagi yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

📷Tadbirdan fotosuratlar👆

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#taʼlim

Zangiota tumanning “Sortepa” MFY hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.

📹 Tafsilotlar videolavhada👆

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#taʼlim

🌈DMTT FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Zangiota tumanning “Sortepa” MFY hududida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi.



📹 Tafsilotlar"Nurafshon TV" lavhasida


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍6
#sogʻlom_ovqatlanish
#taʼlim

Zangiota tumani 14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sogʻlom ovqatlanish" dasturi doirasida muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

🥗Ushbu loyiha tender tanlovida gʻolib chiqqan "Good food catering" MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda Toshkent viloyatida faqatgina shu maktabda faoliyat yuritmoqda.

🥗 Mutaxassislar fikricha, maktablarda toʻgʻri ovqatlanish tizimi bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.

🥗Shu maʼnoda gʻolib firma tomonidan ishlab chiqilgan taomnomalar ham bolalar uchun zarur vitamin va minerallar bilan boyitilgan. Ovqatlar yogʻ miqdori me’yorida saqlangan holda, yetarlicha oqsil, uglevod va boshqa foydali moddalarni o‘z ichiga oladi.

🥗Loyihaga kam ta’minlangan oila farzandlari uchun bepul ovqatlanish dasturi ham kiritilgan. Bu tashabbus iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan oilalar farzandlariga sifatli ovqatlanish imkonini yaratib, ularning maktabdagi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🥗Ota-onalar bu tashabbusni ijobiy baholab, farzandlarining sogʻlom va mazali ovqatlanishidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashmoqda.

🥗Zangiota tumani 14-maktabida boshlangan bu tashabbus o‘quvchilarning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qilib, tuman ta’lim tizimi uchun foydali tajriba bo‘lishi kutilmoqda.


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#taʼlim

⚡️Zangiota tumanidagi 14- umumtaʼlim maktabida SOG‘LOM OVQATLANISH DASTURI joriy qilindi.


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍2