Zangiota tumani hokimligi
3.72K subscribers
44.4K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#tuhfa

Nazarbek qoʻrgʻonida yana bir bayram shodiyonasi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#tuhfa

🔔BIRINCHI QO'NG'IROQ

🔰Shundan so'ng, 20 maktabning qo'shimcha qurilgan yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🔰Ilgari ushbu maktab 320 o'rinli bo'lgan. Bugungi kunda yana 120 o'rinli yangi qo'shimcha bino va 1 ta zamonaviy usuldagi sport zali qurib foydalanishga topshirildi.

🔰Mazkur yangi bino ochilishida Zangiota tumani hokimi va mas'ullar ishtirok etishdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#tuhfa
#birinchi_qo'ng'iroq

🔰Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov 1- sinfga qadam qo'ygan jajji o'quvchilarga Prezident sovg'asini topshirdi.

📷Jarayondan fotolavhalar👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Zangiota_tumani
#ta'lim_maskani
#tuhfa

🔰 "Bilimlar kuni"da Zangiota tumanining 20- umumta'lim maktabida yangi 120 o'rinli qo'shimcha bino va zamonaviy usuldagi sport zalining qurib foydalanishga topshirilish jarayoni "Nurafshon TV" lavhasida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sana
#tuhfa

Barcha ustoz va murabbiylarimizni 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni bilan muborakbod etamiz!

Zangiota tumani hokimligi

"Muallim deganimda"
Zulfiya Mo‘minova she’ri

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Tuhfa

TOSHKENT VILOYATINING BIR NECHTA HUDUDLARIDA MAʼNAVIYAT MASKANLARI FAOLIYAT BOSHLADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida 2021-2023-yillarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etishning manzilli roʻyxati tasdiqlangan edi.

Shunga koʻra, Toshkent viloyatida maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa yosh avlod ongi va qalbida yuksak fazilatlarni rivojlantirish maqsadida, joylarda "Maʼnaviyat maskan"lari foydalanishga topshirildi.

Xususan, dekabr oyi davomida viloyatning Toshkent, Bekobod, Yangiyoʻl, Zangiota, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlari hamda Angren, Yangiyoʻl shaharlarida "Maʼnaviyat maskan"larining yangi binolari ochilib, ish faoliyatini boshladi.

Har bir binoning ochilish marosimida tuman va shahar hokimlari, maʼnaviyat sohasi mutasaddilari, tegishli masʼullar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur maskanlarda oʻzbek milliy urf-odat va anʼanalarini aks ettiruvchi hunarmandchilik naʻmunalari, turli ilmiy, ommabop, badiiy va adabiy asarlardan tarkib topgan kutubxonalar ham oʻrin olgan. Bu esa o'z navbatida, aholining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning maʼnaviy dunyosini yanada boyitish yoʻlida xizmat qilishi shubhasiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
#tuhfa

🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani "Nurobod" MFYda joylashgan Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismdagi harbiy xizmatchilarga Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimligi tamonidan zamonaviy 24 xonadonga ega xizmat uylari topshirildi.
Tadbirda Zangota tumani hokimi Erkin Rustamov va Chegara qoʻshinlari vakillari qatnashdi.

🔰Yangilanish ayyomida yangi xonadonlarda mahalla oqsoqollari mehmon boʻlib qoʻllarini duoga ochib yurtga tinchlik, osoyishtalik va farovonlik tilashdi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍2
#tuhfa
#tibbiyot

🩺"Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun" tamoyili asosida o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ko‘plab islohotlar hayotga aylantirildi. Xususan, oilaviy shifo maskanlarining holatlari hamda tibbiy xizmat darajasi yaxshilandi.

🔰Chekka hudud aholisini uzog‘ini yaqin qilish hamda dastlabki tibbiy xizmatlardan foydalanishlari uchun bosqichma-bosqich faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan “Mahalla tibbiyot punktlari” ni bunga misol deyish o‘rinli.

Bugun ana shunday jami 2100 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot maskanlarining navbatdagisi Zangoita tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16 - sonli oilaviy poliklinikasi qoshida "Bogʻzor" mahallasida o‘z faoliyatini boshladi.

💊Tibbiy punkt ochilishda Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi To‘raqul Arzikulov, soha vakillari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, tuman Nuroniylar bo‘limi boshlig‘i Oblaqul Jo‘rayev hamda mahalla ahli, nuroniylari ishtirok etishdi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website
👍1
#tuhfa
#tibbiyot_fotonigoh

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi/42105?single

📷Zangiota tumani "Bogʻzor" MFYdagi Mahalla tibbiyot punktiga
FOTONIGOH

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#tuhfa

🔰Toshkent viloyati Zangiota tumani "Nurobod" MFYda joylashgan Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismdagi harbiy xizmatchilarga Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan 24 xonadonga ega xizmat uylari topshirildi.

📹 Lavha shu xususda.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#tuhfa
#bunyodkorlik
#taʼlim

🇺🇿 Yangi Oʻzbekiston uchun, yangi hayot uchun!


🔰Zangiota tumanida "KARAKUL WISDOM SCHOOL" qorako’lcha ta’limdagi xususiy maktab internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Mustaqillikning 33 yillik bayrami bilan uyg'un tarzda o'tkazildi.

🔰 Tadbirda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov so'zga chiqib, yig'ilganlarni bayram hamda yangi maktabning ochilishi bilan tabrikladi. Marosimda tuman sektor rahbarlari, faollar, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

🔰Yangi qad rostlagan maktab internati yuqori darajadagi ta'lim sifati va zamonaviy uslublari bilan Zangiota tumani ta'lim tizimiga ulkan hissa qoʻshadi degan umiddamiz.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa

Zangiota tumanida Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida "Turkiston" hududi, "Navbahor" MFYda tadbirkor Nurmatova Nasiba tomonidan 25 o‘rinli “Rayyon Kids” nomli yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#tuhfa
#bunyodkorlik

🔰Ta'lim va tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib, biror-bir o'zgarishga yoki farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni tayyorlash esa maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.

🇺🇿Mustaqillik bayrami arafasida Zangiota tumanida "Bolalar dunyosi " nomli maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Maktabgacha yoshdagi bolalar kunning asosiy qismini tarbiya muassasalarida o'tkazadilar. Bu davrda bola o'ziga kerakli bilimlarni tarbiyachidan oladi. Tarbiyachilarimiz farzandlarimizga yaxshi bilim berish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotida sharoitlar yetarli bo'lishi zarur.


📹 Batafsil "Nurafshon TV" lavhasida.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa

Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti "Vatanparvar" MFY, 1-sektor hududida joylashgan.

🔰 Ushbu bogʻcha 1938 yilda qurilgan. Bino avval 150 o‘rinli bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa-da, 2023 yilga kelib, ta’mirtalab holatga kelgan edi.

🔰 Toshkent viloyat hokimligining tashabbusi bilan ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 2 420 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. Kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, binoning ichki va tashqi ko‘rinishi to‘liq yangilandi.

🔰Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida bolajonlarimizga yangi, zamonaviy sharoitlarda ta’lim- tarbiya olish imkoniyati yaratilib, tashkilot qayta foydalanishga topshirildi.

🔰Bu o‘z navbatida, bolajonlarimiz uchun qulay va xavfsiz o‘quv muhitini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tuhfa
#mahalla_binosi
#open_budjet

MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔰Zangiota tumanidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

🔰Chunki "Open budjet" loyihasi doirasida ushbu mahalla ahli hamjihatlikda maqsad sari birlashdilar va "Kuch - birdamlikda" ekanini isbotladilar.

Maʼlumot oʻrnida:

📌Ushbu mahallada 350 ta xonadon boʻlib, aholi soni 1900 nafarni tashkil etadi.

🔰Mahalla binosining ochilish marosimida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi va bu yerda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Quvonarlisi, aynan shu mahallaning ziyolilaridan biri professor Ilhom Abdullayev "Dehqonobod: mahallam - faxrim" nomli kitob taqdimotini ham oʻtkazdi va kelajak avlod uchun tarix bitdi.

Instagram

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#mahalla_hayoti
#tuhfa

📹Zangiota tumanidagi “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosining foydalanishga topshirilishi "Nurafshon TV" lavhasida.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mahalla_hayoti
#tuhfa

Zangiota tumani "Nayman" mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida yangi mahalla binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.


🔰Mahalla binosining ochilish marosimida Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Saodat Usmonova, nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.

🔰Ushbu zamonaviy inshoot 22 sotix yer maydonida bunyod etilib, mahallaning 915 ta xonadonida istiqomat qiluvchi 4200 nafar aholi uchun xizmat qiladi.

🔰Avvalroq mahalla idorasi o‘z binosiga ega bo‘lmay, vaqtinchalik manzillarda faoliyat yuritgan bo‘lsa, endilikda tadbirkor tomonidan qurib berilgan va tuman prokurori, 2-sektor rahbari Alisher Joʻrayev tomonidan to‘liq jihozlangan yangi bino mahalla faollari, fuqarolar yig‘ilishi hamda hudud aholisi uchun qulay maskanga aylandi.

🔰Tadbir davomida an’anaviy mehmondorchilik ruhida dasturxon yozilib, ishtirokchilar bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurishdi.

🔰Ular bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarga shukronalik bildirib, yangi binoning kelgusida mahalla aholisi uchun manfaatli bo‘lishini tilashdi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍6
#tuhfa

Zangiota tumanidagi yangi xususiy bog‘cha bolajonlarga bayramona tuhfa bo‘ldi

Zangiota tumani "Nazarbek" mahallasida 140 o‘rinli yangi xususiy bog‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Saodat Usmonova ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida ushbu bog‘chaning ochilishi mahalladagi yosh avlod tarbiyasi va ularning baxtli bolaligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi.

Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan bog‘chada qulay va yorug‘ mashg‘ulot xonalari, sport zali, suzish havzasi, hamda bolalar uchun mo‘ljallangan turli xil o‘yinchoqlar bilan jihozlangan go‘zal o‘yin xonalari mavjud.

Bog‘chaning ochilishi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida amalga oshgani bois, bu tadbir bolajonlar uchun haqiqiy bayramona sovg‘a bo‘ldi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍3
#tuhfa

🏫 Zangiota tumani “Xo‘jamozor” MFYda yangi xususiy bog‘cha faoliyat boshladi

☀️Zangiota tumanida bolalar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

☀️Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida, tumanning “Xo‘jamozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.

☀️Mazkur bog‘chaning ochilish marosimida Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Saodat Usmonova, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Ilhom Xolmirzayev, mahalla faollari, nuroniylar, ota-onalar hamda bolajonlar ishtirok etdilar.

☀️Tadbir davomida yangi bog‘chaning zamonaviy shart-sharoitlari, o‘quv-uslubiy jihozlari, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan muhit bilan tanishtirildi. Bog‘chada kichkintoylar uchun o‘yin maydonchalari, sog‘lom ovqatlanish va mashg‘ulotlar uchun maxsus xonalar tashkil etilgan.

☀️Mutasaddilar tomonidan ta’kidlanganidek, bu kabi xususiy ta’lim muassasalari tuman aholisiga qulaylik yaratish, bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish va ularning barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

☀️Yangi bog‘chaning ochilishi “1- iyun -Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” da amalga oshgani esa bu quvonchni ikki karra oshirdi.


Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍5