Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jismoniy zo'ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og'irligi turli darajada bo'lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko'rsatmaslik, zo'ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta'sir o'tkazish yoki bunday ta'sir o'tkazishning o'zga choralarini qo'llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog'lig'i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo'ravonlik shakli hisoblanadi.

❗️Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
FUQAROLAR DIQQATIGA❗️

🗣 2024 yil 1 yanvardan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va boshqa nafaqalarni tayinlash va to‘lash Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
  
Bunda, ushbu masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari uchun 11-40 qisqa raqami faoliyatini davom ettirmoqda.

Fuqarolarimizga yuqorida qayd etilgan nafaqalar haqida ma’lumot olish uchun 11-40 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

  Fuqarolarning pensiyaga oid murojaatlari uchun alohida 12-71 qisqa raqami ishga tushirildi.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Zangiota tumani Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_farmoyishi

Qishloq xoʻjaligi sohasida uzoq yillar ishlagan faxriylarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida, ularga "Koʻhinur" sanatoriyasida dam olishlarini tashkillashtirish belgilandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur sogʻlomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 49,8 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#jarayon
#tashabbusli_budjet

🔰 Zangiota tumani hokim oʻrinbosari Sh. Berdiyev hamda tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi rahbari Sh. Umarxoʻjayevalar 1-sektor hududi mahallalar raisi va hokim yordamchilari bilan uchrashib joriy yilning 1 fevralidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024 yil 1-mavsumi boshlanishi, onlayn ishtirok etish bevosita Iqtisod va moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshirilishi, unda nimalarga ahamiyat qaratilishi lozimligi tushuntirildi.

Hurmatli mahalla aholisi!
Tashabbus ko‘rsating va “Tashabbusli budjet” jarayonida faol ishtirok eting!


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ogoh_boʻling
#ekologiya

🔰Zangiota tuman Ekologiya boʻlimi tomonidan "Tarnov" mahallasi hududida joylashgan baliq sotish rastalari oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida baliq chiqindilarini belgilanmagan joyga oqizilganligi sababli 4 nafar rasta egalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtK ning 91p1-moddasining tegishli bandlariga asosan maʼmuriy chora qoʻllanildi. Kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasta egalariga tushintirish ishlari olib borildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi