Zangiota tumani hokimligi
3.45K subscribers
40.8K photos
2.94K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#yoshlar_taʼlim_tibbiyot

🔰 Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarining intelektual salohiyatini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi.

🔰Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 4 yo‘nalish mavjud boʻlib, “Hamshiralik ishi”, “Feldsherlik ishi”, “Tibbiy profilaktika”, “Farmatseftika” yo‘nalishlarida jami 636 nafar o‘quvchilar tahsil oladi. 

🔰 Quvonarlisi esa, 2022-2023 o‘quv yilida 3-bosqichni bitirgan 13 nafar  o‘quvchilar suhbat asosida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabasi boʻlishganidir.

📹 Batafsil "Nurafshon TV" lavhasida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#murojaat_va_yechim

Zangiota tumani Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan aholining eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan holatlar oʻrganildi.

Oʻrganishlar jarayonida tumanning "Nayman", "Mevazor", "Baliqchi" mahallasida joylashgan mavjud issiqxonalarga tegishli tartibda majburiy koʻrsatmalar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Issikxonani isitish paytida avtomobil balonlarini yoqqan ikki nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Resbuplikasi MJtK ning 88 moddasi 3 qismi bilan maʼmuriy chora qoʻllanildi.

📌Oʻrganish jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy

Zoyir Mirzayev Bochjou shahri tarixi muzeyida boʻldi

Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi kecha, shuningdek, Bochjou shahrining qadimiy tarixidan soʻzlovchi qalʼada boʻlib, muzey faoliyati bilan tanishdilar.

Shahar markazidagi mazkur qalʼa 1800 yillik tarixga ega. Qalʼa ostida oʻziga xos noyob lahimlar, labirint yoʻlaklar mavjud.

Muzeyda Bochjouning ijtimoiy-siyosiy tarixidan jonli lavhalar ham oʻrin olgan. Oʻz navbatida, bugungi zamonaviy Bochjou shahri haqida hikoya qiluvchi eksponatlar namoyish etildi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni paytda Urumchi shahriga joʻnab ketmoqda. U yerda oʻzbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida katta koʻrgazma namoyish qilinadi, bir qator amaliy muloqot va uchrashuvlar oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videomurojaat

❗️Farzandlaringizni turli buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrang

🌐 Video Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xushxabar
#Zangiota_tumani
#IIB

🔰Olmaliq shahrida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” koʻrik tanlovning Toshkent viloyati bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

🔰Tadbirda viloyat IIBB boshligʻi general-mayor, Tohir Aripov hamda viloyat sektor rahbarlari, hamkorlikdagi tashkilot mutasaddilari va bir guruh mehmonlar ishtirok etdi.

🥇Tanlov natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Zangiota tumani mahalla huquq-tartibot maskani vakillari qoʻlga kiritdi.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Болалардаги асабийлик ва бош айланиши камқонлик аломатими?

🩸Камқонлик — дунё миқёсида мактабгача ва мактаб ёшидаги болалар орасида энг кўп учрайдиган хасталиклардан бири. Юртимизда бу касаллик кичик ёшдаги ўғил-қизлар орасида ҳам учрайди.

Хўш, бунинг сабаблари нимада?

😶🌫 — Кундалик истеъмол маҳсулотларида керакли витамин ва озуқаларнинг етишмаслиги, экологиянинг ёмонлашуви кўплаб хасталиклар қатори камқонликни ҳам келтириб чиқаради, — дейди тиббиёт фанлари доктори Азиза Маҳмудова.

🩸 — Янги туғилган чақалоқларда анемия ҳомиладорлик давридаги муаммолар — қон кетиш, ҳомиланинг тушиш хавфи, онадаги юқумли касалликлар туфайли юзага келади. Қолаверса, эрта туғилган болаларда ҳам бу хасталик кўп кузатилади.

🛏 Ушбу дард билан оғриган болалар юқумли касалликларга тез чалинади. Оқибатда уларда камҳаракатлик, чарчоқ, уйқучанлик, иштаҳасизлик ҳамда вазн етишмаслиги кузатилади. Тери оқариб, тирноқлар ва сочлар мўртлашади.

🧏 Тил яллиғланиб, оғиз атрофида юзаки яралар пайдо бўлади. Асаб тизими фаолияти бузилади, тез-тез бош айланиши, оғриши, қулоқларда шовқин кузатилади. 1 ёшгача бўлган ва оғир камқонликка чалинган гўдаклар ривожланишда анча ортда қолади.

🫀 Бундан ташқари, асабийлик, бўр ёки кесак ейиш ҳам камқонликнинг асосий белгиларидир. Оғир ҳолатларда эса ҳушдан кетиш, тахикардия, нафас қисиши кузатилиши мумкин.

👩⚕️ Касалликка ташхис қўйишда, аввало, педиатр-шифокор кўригидан ўтиш лозим. Қолаверса, анемияни аниқлаш учун гастроэнтеролог, нефролог, аллерголог, гематолог ва бошқа тор доирадаги мутахассислар текшируви ҳам талаб этилиши мумкин.

🍜 Шунингдек, камқонликни даволаш учун, аввало, ёш болалар, мактаб ёшидаги ўғил-қизлар таомномаси ва кунлик тартибини қайта кўриб чиқиш керак. Бемор бола кўпроқ тоза ҳавода сайр қилиши, ўртача жисмоний фаолият билан шуғулланиши, бир вақтда ухлаб, бир вақтда уйғониши тавсия этилади.

🍱 Анемияга чалинган болалар рационида темирга бой маҳсулотлар – қизил гўшт, ловия, нўхат, қорабуғдой унидан тайёрланган нон, қўзиқорин, қуритилган мевалар ва кўкатлар бўлиши керак.

🫑🥦 С ва B12 витаминларига бой маҳсулотлар (булғор қалампири, брокколи, цитрус мевалар, балиқ, яшил баргли сабзавотлар) ҳам касалликнинг олдини олишда жуда муҳим. Боиси бу витаминларсиз темир қонга сўрилмайди.

💊 Агар болада жиддий камқонлик кузатилса, шифокор томонидан зарур дори-дармонлар тайинланади.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
#Bilasizmi

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan "Keksalar maslahati" guruhlari rahbarlari har chorakda BHMning 2 baravari (680 ming so'm) miqdorida rag'batlantirilishi belgilangan.

📋 Shuningdek, nuroniylar jamoatchilik kengashlari qaroriga binoan "Bir nuroniy o'n yoshga mas'ul" tamoyili hamda "Nuroniy har bir oilaga mas'ul" loyihasi asosida faoliyat olib borgan va ijobiy natijalarga erishgan nuroniylarni "Nuroniy" jamg'armasi mablag'lari hisobidan rag'batlantirib boriladi.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🔴Live

Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi ish boshladi

Xitoy xalq Respublikasi Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni, Urumchi shahrida ayni paytda Oʻzbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari maxsus pavilyonlar bilan ishtirok etmoqda.

Zoyir Mirzayev boshchiligidagi Toshkent viloyati delegatsiyasi ham tadbirkorlar forumida qatnashmoqda.

Ayni paytda “Ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirish va umumiy farovonlikni amalga oshirish” shiori ostida konferensiya boshlandi.

Konferensiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev nutq soʻzlashi kutilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter