Zangiota tumani hokimligi
3.45K subscribers
40.9K photos
2.94K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#sana
#Zangiota_tumani

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni nishonlandi

Kuni kecha Zangiota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayram tadbiri keng nishonlandi. Unda tumanimizdagi dehqon va fermerlar, irrigatsiya xodimlari, agronomlar va soha fidoyilari qatnashdi.

Tuman hokimi Erkin Rustamov va sektor rahbarlari soha vakillariga bayram tabriklarini bildirib, oʻz kasbining fidoyilari, mehnatkash qishloq xoʻjaligi xodimlarini tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladilar.

Davraga tashrif buyurgan taniqli sanʼatkorlar yigʻilganlarga xushkayfiyat bagʻishlab eng sara qoʻshiqlarini taqdim etdilar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентда жадидчилик ҳаракатига бағишланган йирик халқаро конференция ўтказилмоқда

➡️ Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди, Қатағон қурбонлари хотираси давлат музейи, Фанлар академияси Тарих институти ва Туркий давлатлар ташкилоти ҳамкорлигида жорий йилнинг 11 – 12-декабрь кунлари Тошкент шаҳрида «Жадидлар: миллий ўзлик, истиқлол ва давлатчилик ғоялари» мавзусида халқаро илмий конференция ўтказилмоқда.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

⚡️ Hurmatli fuqarolar, is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!

‼️ O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ijro_intizomi
#oʻrganish

🔰 Bugun Zangiota tumani Majlislar zalida tumanda qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida tuzilgan sektorlar kesimidagi shtab faoliyati monitoringi va tungi oʻrganishlar xulosasi boʻyicha tanqidiy-tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi.

🔰Unda tuman hokimi Erkin Rustamov va sektor rahbarlari, masʼullar bilan tunda ijtimoiy obyektlardagi tekshiruvida aniqlashgan kamchiliklarini jiddiy tanqid ostiga oldilar.

🔰Mavsum oldi va kelayotgan sovuq kunlarning sinovli pallasida befarqlik, topshiriqlar ijrosining bajarilmasligi oxir-oqibatda katta muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi yana bir bor ta'kidlanib, oʻz ishiga va mavsumiy qoʻshimcha topshiriqlarga oyna ortidan qaragan rahbarlarga qat'iy choralar koʻrilishi mumkinligi tushuntirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
O‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi, 11-13-dekabr kunlari havo harorati kechalari −20 darajagacha pasayadi.

Xonadonlarni isitishda o‘zingiz va oila a’zolaringizni is gazi hamda yong‘in xavfidan himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qiling:

nosoz, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yo‘riqnomasidan foydalaning;

isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini ko‘zdan kechiring;

gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida tez yonadigan buyumlarni saqlamang.

Telegram
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA "YOSHLAR UCHUN MING KITOB" LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligiga jahonda mashhur boʻlgan 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va mamlakatimizda ommalashtirilishiga qaratilgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi ijrosini bajarish belgilangan boʻlib, bu boʻyicha amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham boshlandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, viloyatda 2024-yildan boshlab har yili hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondlarini toʻldirish, yangilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlardagi zarur mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Bunda xorijiy tajriba oʻrganilgan holda, naʼmuna sifatida viloyatdagi bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr