Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
⭕️Live

Zoyir Mirzayev Xitoyning eng yirik sanoat hududi bo‘lgan Chunsin provinsiyasi meri bilan muzokara olib bordi

Chunsin munisipaliteti ma’muriy binosida Zoyir Mirzayev Chunsin meri Xu Xenxua bilan uchrashdi.

Ma’lumot o‘rnida, Chunsin shahri markaziy Xitoyda joylashgan. Shahar aholisi 33 milliondan ortiq.

Muloqotda o‘zaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Zoyir Mirzayev sanoat, ta’lim, yashil iqtisod, elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyati katta ekaniga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, Toshkent viloyati hokimi Chunsin universiteti bilan hamkorlikda Nurafshonda IT sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Takliflar Chunsin meri Xu Xenxua tomonidan to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlandi. Tomonlar masalaning tashkiliy jihatlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shuningdek, madaniyat, turizm kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlik imkoniyatlari katta ekaniga urg‘u qaratildi.

Muloqot yakunida Zoyir Mirzayev Chunsin shahri meri Xu Xenxuani Toshkent viloyatiga taklif qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Верификация (тасдиқ) белгисини олиш муҳим(ми)?

Кўк рангли тасдиқ белгиси – верификация ижтимоий тармоқлардаги саҳифангизнинг ишончли эканлигини ҳамда асослантирилган маълумотлар тақдим этилишини тасдиқлайди.

Шунга кўра, обуначи ва фойдаланувчилар ҳар қандай ижтимоий тармоқдаги саҳифада ушбу белги мавжудлигига эътибор қаратишади.

Энг қизиғи, верификациядан ўтиш учун эндиликда сиз қайсидир ташкилот ёки мутасаддиларга хоҳ ёзма, хоҳ бошқа шаклда мурожаат қилишингизга ҳожат йўқ. Фақатгина айрим шартларни бажаришингиз ва бир нечта босқичлардан ўтсангиз кифоя!

📹 Ушбу шарт ва босқичлар батафсил видеороликда баён қилинган.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
#Ҳукумат_қарори

❗️Оилавий меҳмон уйлари, хостеллар фаолиятини ташкил этиш тартиби белгиланди


Ҳукумат қарори (622-сон, 27.11.2023 й.) билан Оилавий меҳмон уйлари, хостеллар, ўтовли ва чодирли оромгоҳлар фаолиятини ташкил этиш тўғрисидаги низом тасдиқланди

☑️ Низомга кўра, меҳмон уйлари, хостеллар, ўтовли ва чодирли оромгоҳлар фаолияти уларни Туризм қўмитаси томонидан юритиладиган Реестрга киритиш ва Реестрдан кўчирма бериш орқали ташкил этилади.

Меҳмон уйлари фаолиятини ташкил этишда тегишли шароитлар яратилган бўлиши шарт (қуйидаги рўйхатда келтирилган).

Manba

Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
👉https://lex.uz/pdfs/6676633

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#FVB

⚡️Zangiota tumani FVB xodimlari tomonidan Zangiota tumani "Oybek" MFY da joylashgan Zangiota tumani "Hududgazta'minoti" korxonasida tungi tekshiruv o'tkazildi va avariya qutqaruv mashinasi asbob anjomlari soz holatda ekanligi va zahiralari koʻzdan kechirildi.

⚡️Shuningdek, Zangiota ETK korxonasida ham tungi tekshiruvdan soʻng kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli ko'rsatmalar berildi.

⚡️"Quyoshli" MFYda joylashgan 12 MTT va "Qahramon" MFY da joylashgan 40-maktabdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha tungi tekshiruv davomida kamchiliklar aniqlanib bartaraf qilindi. Yoʻngʻin xavfsizligiga rioya etilishi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#inson_qadri
#xotin_qizlar

📹“3-dekabr –Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi imkoniyati cheklangan ayol-qizlar o‘rtasida sport turlarini targʻib qilish va rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan tadbir tafsilotlari "Mahalla" telekanali dasturida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi