Zangiota tumani hokimligi
3.73K subscribers
44.2K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Sport #Marafon

VILOYATDA OMMAVIY SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI

Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi tadbirlar xususida taʼkidlab oʻtdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 6 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchi qatnashdi.

Yugurish marafoni g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Nurafshon shahri markazida qad rostlagan bayroq yonidagi maydonda oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi tomonidan "Erkaklar oʻrtasida", "Ayollar oʻrtasida", "G'alabaga bo'lgan ishonch uchun", "Eng yosh qiz bola", "Eng yosh o'g'il bola", "Tashabbuskor tashkilot", "Eng tashabbuskor tashkilot", "Motivator rahbar", "Motivator hokim", "Para sport turi", "Eng yoshi ulug' ayol" hamda "Eng yoshi ulug' erkak" nominatsiyalari boʻyicha 1-, 2- 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bilasizmi

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni quyidagi ijtimoiy mezonlar bo'yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta'minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:


ariza beruvchining "Labor — migration" dasturida ro'yxatdan o'tganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;

ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o'rtog'ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bildirish

20-22-NOYABR KUNLARI TOSHKENT VILOYATINING AYRIM YO‘LLARIDA HARAKAT VAQTINCHA CHEKLANADI

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi munosabati bilan, “Bektemir – Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 kilometridan (Chirchiq platina) 54 kilometrigacha (Gazalkent shahriga kirish) hamda 22-noyabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahrining Amir Temur ko‘chasi hududida avtotransport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Zangiota tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi

〽️2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Zangiota tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi 386,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:

🔶Eksport – 42,9 mln. AQSh dollari

🔶Import – 344,0 mln. AQSh dollari


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#yashil_makon
#fermer_xo'jaliklari

🌱"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Zangiota tumanida fermer xo’jaliklarining mavjud dala chetlariga 125.000 tup  terak, tut va boshqa turdagi ko’chatlar ekishi rejalashitirgan bo’lib, bugungi kunga qadar xo’jaliklar tomonidan 80 ming tupga yaqin ko’chatlar ekilib, ekologiya bo’limi tomonidan platformaga kiritildi.

🌱Dala chetlariga ekilayotgan ko’chatlarning asosiy qismi Farg’ona viloyatidan shartnoma asosida olib kelinib "Nazarbek" hududida tashkil qilingan ko’chat yetkazib berish markazi orqali fermer xo’jaliklariga tarqatilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#ogoh_bo'ling

 YURT OBODLIGI YO'LIDA

❗️Zangiota tumani "Achchisoy" MFY hududidan oqib o'tuvchi zovur bo'yiga turli xildagi maishiy chiqindilarni tashlab ketganlarning shaxsi tuman Ekologiya xodimlari  tomonidan aniqlanib tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️Fuqarolarning o'zlariga chiqindilarni yig'ib oldirib, ogohlantirish berildi. Belgilangan tartibda jarimaga ham tortildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi