Zangiota tumani hokimligi
3.76K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#obodlik
#jarayon
#yashil_makon

🌱Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qator ishlar amalga oshirildi.

🌱Jumladan, bo‘lim atrofidagi daraxtlar butaldi, oqlandi, daraxt ko‘chatlari va mavsumiy gullar ekildi hamda bo'lim atrofi xazonlardan tozalandi.

🌱Shuningdek, tumandagi barcha ta’lim muassasalarida ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar qizg'in davom etmoqda, obod maskanga aylantirilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Sport #Marafon

VILOYATDA OMMAVIY SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI

Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, bugungi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasidagi tadbirlar xususida taʼkidlab oʻtdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 6 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchi qatnashdi.

Yugurish marafoni g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Nurafshon shahri markazida qad rostlagan bayroq yonidagi maydonda oʻtkazildi.

Unda viloyat hokimi tomonidan "Erkaklar oʻrtasida", "Ayollar oʻrtasida", "G'alabaga bo'lgan ishonch uchun", "Eng yosh qiz bola", "Eng yosh o'g'il bola", "Tashabbuskor tashkilot", "Eng tashabbuskor tashkilot", "Motivator rahbar", "Motivator hokim", "Para sport turi", "Eng yoshi ulug' ayol" hamda "Eng yoshi ulug' erkak" nominatsiyalari boʻyicha 1-, 2- 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter