Zangiota tumani hokimligi
3.72K subscribers
41.8K photos
3.02K videos
47 files
14.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi

VILOYATDA "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" OYLIGIGA START BERILDI

Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabridan 14-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi.

Mazkur oyda jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududlarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida bu illatning oldini olishga qaratilgan seminar, tadbir, davra suhbatlari hamda ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilishi belgilangan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 14, 2023
November 14, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
November 14, 2023
November 15, 2023
November 15, 2023