Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Maktablarda o'quv yili davomidagi ta'tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

🗓 I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#o'rganish

Kuni kecha Zangiota tumanidagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida tuman hokimi Erkin Rustamov va mutassadi tashkilot mas'ullari bog‘-tokzor maydonlarini ko‘zdan kechirishdi.

🌱Tumanda 2024-yil hosili uchun 2048 gektar bog‘-tokzorlarning qatorlari orasiga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekish rejalashtirilgan bo'lib, tuman hokimi ham aynan shu jarayonlarga tayyorgarlik ishlari qay darajada olib borilayotgani bilan yaqindan tanishdi.

🔰Dala maydonlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish va amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

🔰Dala madaniyatiga rioya qilmayotgan, shartnoma shartlarini bajara olmayotgan yer egalariga keskin choralar ko'rilishi bildirildi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Диққат

📢 Тошкент вилоятида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчилари диққатига!

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Ишчи гуруҳи жорий йилнинг 3 ноябрь куни, Тошкент вилоятида давлат фуқаролик хизматчиларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, улар учун шарт-шароит яратиш ҳамда давлат фуқаролик хизматига ишга кириш масалаларида сайёр қабул ўтказади.

Ҳудуддаги давлат фуқаролик хизматчилари, давлат фуқаролик хизматига ишга кириш истагидаги номзодлар мурожаатларини @murojaat_argos_bot, @vacancy_argos_bot манзилларига ёзиб юборишлари ҳамда (70) 762-58-71 телефон рақамига боғланишлари мумкин.

Сайёр қабул билан боғлиқ жараёнлар масаласида масъуллар сиз билан боғланишади.

◽️Хоҳишингизга қараб, шахсингиз сир сақланади.

Каналга уланиш — @argos_uz
#Yoʻl_harakati_xavfsizligi_tadbirlari

Toshkent viloyatidagi avtomobil qatnov yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash borasida qator maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по обсуждению проектов, реализуемых в гидроэнергетике, а также задач подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.

#Mirziyoyev #yigilish #gidroenergetika #tayyorgarlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ichimlik suv ta'minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–343-son, 24.10.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, “O'zsuvta'minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-aprelgacha alohida yo'nalishlar bo'yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi:

hududiy magistral suv ta'minoti tashkilotlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta'minoti tashkilotlari.

🔘2024-yil 1-yanvardan:

🔹ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to'lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi;

🔹yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo'nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to'liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o'rnatiladi.

Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda:

▫️ichimlik suv ta'minoti og'ir bo'lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta'minlanadi;
▫️124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo'jaligigacha yetkaziladi;
▫️130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta'minoti yo'lga qo'yiladi;
▫️792 090 nafar iste'molchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta'minlanadi.

2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo'l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Яқин Шарқдаги воқеалар юзасидан фикр билдирди

Президент Шавкат Мирзиёев высказался о событиях на Ближнем Востоке

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#munosabat

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanida “Qishloq qurilish” IK MCHJ tomonidan qurilgan uylarni qabul qilib olish ortga surilayotgani xususida tanqidiy fikr bildirilgan edi.

Murojaatchiga shuni ma'lum qilamizki, haqiqat ham ushbu holat bo'yicha “Qishloq qurilish” IK MCHJ tomonidan qurilgan uylarni qabul qilib olish hamda foydalanishga topshirilishi bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlangan, biroq joyiga chiqib o'rganilganda mahalla raisi va shu uylarda yashovchi fuqarolar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ushbu ko'p qavatli uylarda ayrim kamchiliklar borligi, ularni bartaraf etib berishda tuman hokimligidan amaliy yordam so'rashgan. Shundan so'ng tuman hokimligi mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etishi lozimligini quruvchi tashkilotga bildirgan. Ushbu kamchiliklar bartaraf etilgandan so'nggina qabul qilish va topshirish dalolatnomalari to'liq yakuniga etkazilib, tegishli hujjatlar qabul qilinadi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jamoat_transporti_nazorati

Toshkent viloyatida jamoat transportini isloh qilish, avtomobil qatnovidagi ko'ngilsizliklarning oldini olish hamda haydovchi va yo'lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.

Tafsilotlar "Nurafshon" telekanali lavhasida

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot
#mavsumga_tayyorgarlik

🔰Shu kunlarda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov mas'ullar hamrohligida hududlarda bo‘lib,  2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirmoqda.

🔰 Ayni shu jarayonlardagi olib borilayotgan, ayniqsa ijtimoiy ahamiyatga ega ob'ektlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida, kamchilik va duch kelinayotgan muammolar borasida soha rahbarlari bilan ham ochiq muloqot o'tkazdi.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sessiya

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdan tashqari VI/LXI-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibida masala yuzasidan tuman mahalliy budjetining 2023-yil III-chorak ijrosi hamda  tuman mahalliy budjetining qo'shimcha manbalaridan foydalanish to'g'risida  Iqtisodiyot va moliya bo'limi  boshlig‘ning  o‘rinbosari  G'. Jo'rayev hisoboti tinglandi.

So'ng Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 2023-yil 21-fevraldagi “Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudi,  Zangiota tumanlararo iqtisodiy va fuqorolik ishlari bo‘yicha sudlarining 2022-yildagi faoliyati bo‘yicha axborotini eshitish”     VI-49-18-10-138-K/23-sonli qarorini Qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida tuman Xalq deputatlar Kengashi 14-okrug deputati, Adolat SDP deputatlik guruhi raisi Nigora
Xalxodjayeva bildirgisi muhokamaga qo'yildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан 2-3 ноябрь кунлари Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Остона шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 2-3 ноября посетит с рабочим визитом город Астану для участия в очередном заседании Совета глав государств Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!
Ijtimoiy tarmoqlarda asossiz va yolg‘on xabar tarqatish, qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi!


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hokim_qabuli
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani "Katta chinor" MFY binosida aholi murojaatlari bo'yicha hokim qabul bo'lib o'tdi.

🔰Unda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, hokim o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, MFY faollari ishtirok etdi.

🔰Murojaatlarda asosan huquqiy maslahatga ehtiyoj sezildi. Uy-joy masalalari, oilaviy kelishmovchiliklar, ichki yo'ldan foydalanishdagi noqulayliklar xususida fikr bildirildi.

🔰Barcha murojaatlar tegishliligicha hokim o'rinbosarlari va mas'ul korxona-tashkilot rahbarlariga nazoratga olingan holda yo'naltirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi