Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.95K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#mavsumga_tayyorgarlik
#yashil_makon

🔰Bugun erta tongdan Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov mas'ullar hamrohligida 1-sektor hududi MFY faollari bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida uchrashdi.

🔰 Hududlardagi mavsumga tayyorgarlik ishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Muammo va kamchiliklarni bartaraf etilishida amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan korxona-tashkilot mas'ullariga topshiriq berdi.

🔰Shu o'rinda "Katta chinor"MFY hududini ko'zdan kechirdi. Obodonlashtirish, tozalik va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar tanqidiy baholandi. MFY faollariga bugungi ob-havo sharoitdan unumli faydalanib qolish lozimligi tushuntirdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#4_sektor
#kuz_qish
#mavsumga_tayyorgarlik

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va uni betalofat o'tkazish maqsadida Zangiota tumani 4-sektor rahbariyati ishtirokida sektor shtabida - sektor tasarrufidagi MFY raislari bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

🔰Mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlarining ahvoli, mahallalar hududida joylashgan korxona- tashkilot, muassasalar va aholi xonadonlarida bu borada amalga oshirilgan ishlar hamda ijro etilishi lozim bo'lgan yo'nalishlar, jumladan isitish moslamalarini shay holatga keltirish, kapital ta’mirlash, muddatini o'tgan turli jihozlarni yangilash va boshqa ushbu mavzuga oid bo'lgan bir qator qo'shimcha masalalar ham muhokama qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda

Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish borasida Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizmni qo‘llab-quvvаtlash jamg‘armasi mablag‘lari asosida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

📹 Zangiota tumanida joylashgan “Regionalgeologiya” DMda 21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o'tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir "Mahalla" telekanali dasturida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#yashil_makon

🌱Aloqa harbiy institutda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Olimlar bog‘i” yaratildi

Yurtimiz bo‘ylab joriy yilning 25-oktabridan 1-dekabr kuniga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” da barcha vazirliklar qatorida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy xizmatchilari faol qatnashishi loyihaning umummilliy harakatga aylanishida muhim ahamiyatga ega.

Shu kunlarda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Olimlar bog‘i” yaratildi. Unda institutning ustoz murabbiylari, professor va o‘qituvchi ofitserlari faol ishtirok etib, kelajak avlod uchun 200 dan ortiq chinor va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni, shuningdek, harbiy qism va muassasalarining ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Telegram |Fecebook