Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
41K photos
2.95K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#manzilli_tanishuv

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tumanning yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo'ldi. Tadbirkorlar bilan uchrashib ishlab chiqarish hajmi va eksport salohiyatini oshirishdagi rejalari bilan tanishdi.

⛳️Ilk manzil tumandagi "Ziynat mebel MAX" ("Honor furniture" brendi bilan faoliyat yurutadigan)mebel ishlab chiqarish korxonasi bo'ldi. Bu yerdagi ishlab chiqarish, investitsiya muhiti haqida suhbatlashdi, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

⛳️Keyingi manzil "BIRYUZA GROUP TEXTILE" MChJ trikotaj ishlab chiqarish korxonasida davom etdi. Tuman hokimi korxonaning rivojlantirish istiqbollari bilan qiziqib, mavjud muammolar va rejalar xususida suhbatlashdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#tanishuv

Xabaringiz bor, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tegishli tashkilot mas'ullari va ish beruvchilar ishtirokida horijdagi mehnat migrantlari bilan bo'lgan uchrashuvida yurtimizga qaytish istagi bor tumandoshlarimizga bo'sh ish o'rinlari mavjud korxona-tashkilotlarini tavsiya qilishgan edi.

Shulardan biri "TRT- Technologies of real time" avto ehtiyot qismlar ishlab chiqarish korxonasi bo'lib, bugun tuman hokimi bu yerdagi ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
50 ta bo'sh ish o'rni bor ushbu korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan avto ehtiyot qismlarining tayyorlash jarayoni, xavfsizligi, mehnat haqqining doimiyligi bilan qiziqdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, biz albatta ko‘zlangan buyuk marralarga erishamiz" — Shavkat Mirziyoyev
#Huquqiy_axborot_minbari

❗️Xotin-qizlar muammolarini hal etish mavzusida audiopodkast o'tkaziladi

🎧 Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan“ aksiyasi doirasida “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish" mavzusida audiopodkast tashkil etiladi.

Ovozli chat BUGUN 25-avgust kuni soat 17:00 da Huquqiy axborot telegram kanalida boshlanadi.

🎙Suhbat spikerlari: Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi mutaxassislari.

📥 Savollaringizni @ayollardaftari_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan-to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

❗️Issiqxonalar tashkil qilish uchun subsidiya berilishi belgilangan

Batafsil infografikada👆

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hokim_qabuli
#jarayon

🔰 Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tuman hokimligi Majlislar zalida aholi murojaatlari bo'yicha qabul o'tkazdi.

🔰Unda 50 nafarga yaqin fuqaro murojaatlari tinglandi. Muammolar asosan subsidiya, kredit, moddiy yordam, taʼmirlash, tibbiy yordam, kadastr kabi masalalarida bo'ldi.

🔰Har bir muammo kelib chiqish sabablari bilan tahliliy yondoshgan holda mas'ullarga biriktirilib, ijrosi muddatli nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi