Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.4K photos
2.98K videos
47 files
14K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#xorijiy_tajriba
#hokim_yordamchilari

Ayni damda Zangiota tumani hokimligi Majlislar zalida mahallalardagi hokim yordamchilari uchun «Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasi» mavzusiga bag‘ishlangan onlayn seminar bo'lib o'tmoqda.

🔰O‘quv seminari davomida Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish va rivojlanish borasidagi tarixi,  yutuqlari va tajribasi, maqsadli kambag‘allikni qisqartirish va unga qarshi kurashish strategiyalari, Xitoyning rivojlanayotgan sanoat tarmoqlari orqali kambag‘allikka qarshi kurashish amaliyotlari, shuningdek, bandlik orqali kambag‘allikka qarshi kurashish amaliyotlari va siyosati yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

🔰Seminar dasturi davomida qishloq hududlarida bandlikni ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, bog‘dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Infografika

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#jarayon
#xotin_qizlar

Zangiota tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Reabilitatsiya moslashuv maslahat markazi psixologi bilan hamkorlikda zo‘ravonlik va taziyqqa uchragan, muammoli,  notinch va ajrim yoqasida bo‘lgan oilalardagi ayollar bilan suhbatlashdi.

🔰 Suhbat davomida har bir tashrif buyurgan  xotin-qizlarning o‘y-tashvishi,  muammolari o‘rganilib, zarur choralar belgilandi, kerakli maslahatlar berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#aholi_murojaati
#ijro_va_natija

Zangiota tumani hokimi E. Rustamovning "Bog'zor" MFY da o'tkazgan sayyor qabulidagi aholi murojaatlari o'z yechimini topmoqda.

Xususan, "Eski qal'a", "Bog'zor", "O'rta ovul" MFY lar hududidan oqib o'tuvchi irrigatsiya tizimiga qarashli ariq yillar davomida yig'ilib qolgan loy uyumlari va chiqindilar hisobiga aholi xonadonlarining devor qismlariga ham zarar yetkazayotgani bo'yicha murojaat bo'lgan edi. Bir kun muddat ichida ushbu holat maxsus texnikalar jalb etilgan holda bartaraf etildi, natijada ariq suvuning ravon oqib o'tishi ta'minlandi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🌐 Ijtimoiy tarmoqda Zangiota tumani "Bog'zor" MFY "Harbiylar" ko'chasidagi gaz quvurida nosozlik kelib chiqqanni bo'yicha qilingan murojaat mas'ullar yordamida joyida bartaraf etildi.

❗️Bunday holatlarga befarq bo'lmagan mahalla ahliga esa minnatdorchilik bildirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli o‘rganiladi va muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni o‘rganish va amaliy ko‘mak berish kuni.

🔘Chinoz tumani. Rossiyada ogʻir ahvolga tushib yurtga qaytgan Feruza Orziyeva tuman hokimligi yordami bilan tadbirkorga aylandi.

🔘Nurafshon shahri. Daftardagi 34 nafar ayollarning farzandlariga sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalar berildi.

🔘Piskent tumani. Imkoniyati cheklangan yigit-qizlarning 166 ta muammosi yechim topdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman hokimligi tomonidan 40 nafar kam taʼminlangan oilalarning farzandlari sogʻlomlashtirishga yuborildi.

🔘Zangiota tumani. Zoʻravonlik va tazyiqqa uchragan, muammoli, notinch va ajrim yoqasida boʻlgan oilalardagi ayollar bilan suhbat oʻtkazildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Hokimlik binosida tashkil etilgan yigʻilishda chet davlatda yurgan fuqarolarni vatanga qaytarish masalasi koʻrib chiqildi.

🔘Boʻka tumani. "Ezgulik" MFY hududidagi 14 nafar daftarda turuvchi oilaning xonadoni taʼmirlab berildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
⚡️Расман: Якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди

2023-2024-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари эълон қилинди.

Натижани аниқлаш учун ботлар:

👉 @edtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @edtm_mandat2bot
👉 @edtm_mandat3bot
👉 @edtm_mandat4bot

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

❗️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi.

📃 Yerni o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O'zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#milly_forum

Дақиқа | Тошкент вилояти, Зангиота тумани

II Ustozlar milliy forumi

#uzbekiston24

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#shukuh
#xavfsizlik

🔰Tumanimizda Mustaqillik bayraminining 32 yillik tadbirini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazish yuzasidan Zangiota tumanining Madaniyat bog'ida tuman hokimi E. Rustamov mas'ullar, hamkor tashkilotlar ishtirokida tayyorgarlikni ko'zdan kechirdi.

Bayram tadbirini xavfsiz o‘tishi uchun ko'rilgan barcha chora-tadbirlar, tayyorgarlik jarayoni, tashkiliy masalalar va aholi xavfsizligi borasida o'z takliflarini berdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi