Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
40.8K photos
2.93K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#obodonlashtirish

📌Yon atrofni obodonlashtirish, ko‘rkam va fayzli qilish - bu faqatgina hududlarni tartibga keltirish, tozalash, yashil maydonlarni barpo etish emas.

🌿Bu ozodalikni, go‘zallikni, yashillikni saqlash va ko‘paytirish demakdir.

🌱Obodonlashtirish oyligining maqsadi ham shu.

📷 Tumandagi ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlaridan fotolavhalar 👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#qishloq_xo'jaligi

⛳️ Zangiota tumani "Erkin" hududida joylashgan "Erkin. Vahobov Ravshan" fermer xo'jaligidagi hosillar ayni damda o'zini ko'z-ko'z qilib turgan fursat.

🫑 Fermer xo'jaligi rahbari R. Vahobovning 13 gektar hosildor yer maydonida pomidor, bulg'or qalampiri, qovun-tarvuz pishib yetilib dala chetidagi "Dala do'koni"da sotuvi ham yo'lga qo'yilgan.

🍏Kelasi yil hosilga kiradigan 5 gektar yerdagi olma daraxtlari  orasidan ham unumli foydalanilmoqda. Bugungi kunda yosh ko‘chat oralariga qulupnay hosili uchun ko‘chatlar ekib parvarishlanmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Daryo — LIVE
Toshkent viloyatining uchta tumaniga yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda

Bugun Toshkent viloyatining Bekobod, Yangiyo‘l va Zangiota tumanlariga hokimlar tayinlanishi kutilmoqda. Soat 16:00 da Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lishi, unda tashkiliy masala ko‘rilishi kutilmoqda.

Shuningdek, bugun Yangiyo‘l va Zangiota tumanlarida ham Xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdagi sessiyalari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

@daryo_live
#Foto

XALQ DEPUTATLARI ZANGIOTA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

RUSTAMOV ERKIN ERKAMOVICH ZANGIOTA TUMANI HOKIMI LAVOZIMIGA TAYINLANDI

Rustamov Erkin Erkamovich —  Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Erkin Rustamov  1984-yili Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2005-yil Toshkent davlat texnika Universitetining bakalavr hamda 2007-yil mazkur oliygohning magistraturalarini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

“Shuhrat” medali sohibi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

XALQ DEPUTATLARI ZANGIOTA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI

Bugun Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va tanqidiy-tahliliy nutq soʻzladi.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, bu borada yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarga toʻxtaldi:

Tumanda 15 ming aholi chetda,
ish izlab, sarson boʻlib yuribdi. Toʻgʻri, ish oʻrinlari yaratilayapti. Lekin, Zangiotadek salohiyatli joyda vaziyat maqtanarli emasligi achinarli.

Tuman ichimlik qamrovi 84 foizga yetdi. Holbuki, yaqin davrgacha 60 foiz atrofida edi.

Eksportyor korxonalar soni 81 ta edi. Bugun bu raqam ikki hissa oshgan. Eksport hajmi 35 milliondan 63 millionga yetdi. eksport hajmi

56 mahallada sartaroshxona, 38 ta mahallada goʻzallik salonlari yoʻq. Aholi bilan ishlash, ularning birlamchi ehtiyojlarini qondirish borasida qilinadigan ishlar koʻp.

Taraqqiyot, Bogʻzor mahallalarida ichimlik suvi 72 foiz boʻldi, xolos. “Obod qishloq” dasturi boʻyicha “Ramadon” mahallasida 2021-yili 120 oʻrinli maktab qurilishi boshlangan edi. Biroq, qurilish hanuz tugallanmagan.

Tumanda 93 ta gʻallachilik fermer xoʻjaligi bor. 29-30 sentner hosil bera olmay, 10 ortiq fermer rejani bajarmadi. Bu nima degan gap? Umuman, tuman hokiminino qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari oʻz lavozimiga loyiqligini oʻrganish kerak. Zangiotada yer uvol boʻlayapti, yer sotishga mukkasidan ketgan hamma.

Maktab va maktabgacha taʼlim bugun davlat siyosati. Zangiotada bugun 5800 nafar bola uchun bogʻchada joy yoʻq, tumanda qamrov atigi 51,8 foizni tashkil etadi. Taʼlimga masʼul rahbarlar faoliyatiga deputatlar baho berishi lozim, deb oʻylayman.

Umuman, tumanning barcha tashkilotlari rahbarlarining lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini jiddiy oʻylab koʻrish lozim.

Tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash mutlaqo qoniqarsiz. Bugun muddati oʻtib ketgan 100 dan ortiq murojaatlar bor. Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha zanjir bor: arizani aylanib-aylanib mahalla raisiga yuborish odati paydo boʻlgan.

Sobiq hokim Abduvahob Tamikayev tajribali hokim edi. U kishi bilan turli yillarda yonma-yon ishladik. Biroq, tumanning iqtisodiyotini orqaga ketishida tuman faollarining roli katta deb oʻylayman. Birikmaslik, bir yoqadan bosh chiqarmaslik yomon odat. Raqamlar ortida inson hayoti turganini unutishga haqimiz yoʻq.

Yigʻilishda Zoyir Mirzayev, shuningdek, tumanda yigʻilib qolgan bir qator muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish borasidagi vazifalarga toʻxtaldi. Xususan, eksport rejasini toʻlaqonli bajarish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat hokimi hududdagi qurilish obyektlari, bunda xususan, investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarda ishlarning borishi ustidan qatʼiyan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish zarurligini taʼkidladi.

Zoyir Mirzayev sessiyada Zangiota tumani hokimi lavozimiga davlat rahbari tomonidan tavsiya qilingan nomzod Rustamov Erkin Erkamovich nomzodini koʻrsatdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta'lim shaklidan qat'iy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta'limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so'mgacha) to'lov-kontraktini to'lab berish belgilangan.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
⭕️Live

TOSHKENT VILOYATI MUTASADDILARINING MIGRANTLAR BILAN MULOQOTI BOSHLANDI

➡️Muloqot avvalida Toshkent viloyati hokimi migrantlarga murojaat qilib, hududda mavjud ish oʻrinlari, ular Vatanga qaytsa qanday imkoniyatlar yaratilishi haqida axborot berdi.

✔️Ayni paytda viloyatdagi shahar va tumanlarning hokimlari migrantlarga joriy ish oʻrinlari, mehnat bozoridagi talab va imkoniyatlar haqida axborot bermoqda, Vatanga qaytishga chorlamoqda.

Jarayonni onlayn efirda tomosha qilish:

🌐Facebook 🌐YouTube

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM