Zangiota tumani hokimligi
3.72K subscribers
43.2K photos
3.18K videos
48 files
14.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#hokimlik_soati
#Zangiota_tumani

🔷Keyingi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha taqdim etilgan hisobot holati mas'ullar bilan to'g'ridan-to'g'ri tahlil qilindi va bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun muddatli topshiriq berildi.

🔰Tuman hokimligi hamda bo‘lim, tashkilot va korxonalari tomonidan ijro intizomiga rioya etish holati ham muhokama qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

"Mening yurtim" telekanalida Zangiota tumani "Tasanno" ko‘chasidagi asfaltlash ishlari chala bajarilgani haqidagi lavha xususida.

📌Ushbu yo'l ta'mirlanishi "Open byudjet" loyihasi asosida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan. Ammo MFY faollari aholi bilan tushuntirish ishlarini to'laqonli amalga oshirmaganlari bois yo'l ta'mirlanishi e'tibordan chetta qolib ketgan. Bu bo'yicha mahalla "beshligiga" tavsiya va tushuntirishlar berildi. Vaziyat nazoratga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#auksion

Yangi Toshkent yer maydonlari auksionga qo‘yilmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani "Bog'zor" MFYning aholi murojaatlari tuman hokimining qurilish ishlari bo'yicha o'rinbosari I. Jumaboyev va tegishli korxona-tashkilot mas'ullari ishtirokida o'rganildi.

Murojaatlarning aksariyati kadastr, elektr quvvatining pastligi, bolalar xavfsizligi uchun yo'lakcha tashkil etish bo'lib, 20 nafar fuqaro taklifining 14 tasi joyida mas'ullarga biriktirilib hal etildi. 6 tasiga esa vaqt talab etuvchi va huquqiy jihatdan o'rganilib javob berilishi lozim topildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
📊Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari

🔸2023- yilnig yanvar-iyun oylarida viloyatda 11 135 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1 505 tasi yoki ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 13,5 %i Zangiota tumaniga, 986 tasi yoki 8,8 %i Qibray tumaniga, 934 tasi yoki 8,3 %i Toshkent tumaniga, 598 tasi yoki 5,3 %i Chirchiq shahriga va 550 tasi yoki 4,9%i Angren shahriga to‘gri kelmoqda.

🔸2023- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 624 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi, shulardan 61 tasi ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 9,4 %i Zangiota tumaniga, 53 tasi yoki 8,4 %i Qibray tumaniga, 31 tasi yoki 4,9 %i Toshkent tumaniga, 27 tasi yoki 4,3 %i Chirchiq shahriga to‘gri kelmoqda.

📊Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#dolzarb_mavzu
#yoshlar_siyosati
#Zangiota_tumani

- «Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

📹Lavhada Zangiota tumani "Bog'zor" MFY yoshlar yetakchisi Shohsanam Meliqo'ziyevaning ham fikrlari o'rin olgan. Aynan shu lahzalarni sizga ilindik.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

🚫 Quyidagi turdagi tovarlarning ko'chma savdosi taqiqlanadi:

🔷 texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar;

🔷tez buziladigan tovarlar (sovitkich yoki muzlatkich bilan jihozlangan hollar bundan mustasno);

🔷yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

🔷bolalar oziq-ovqat mahsulotlari;

🔷hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qo'shimchalar;

🔷aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

🔷hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

🔷diniy mazmundagi materiallar;

🔷qonunchilik hujjatlari bilan ko'chma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#seminar

🔰Zangiota tumani Madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent viloyat Bosh boshqarmasi xodimlari N. Tursunov, R. Jo'rayev, X. Mahammadiyev va J.Ergashevlar ishtirokida tuman xotin-qizlar faollari va fuqarolariga kundalik hayotimizda moliyaviy maqsadlarni belgilash, moliyaviy bilimlardan oqilona foydalanish, to'lov tizimi, plastik kartalar va bank mobil ilovalaridan oqilona foyalanish, shuningdek, moliyaviy jamg'arish madaniyati va texnikalari xususida o'quv-seminar tashkil etildi.

🔷 Fuqarolar savollariga mutaxassislardan aniq va manzilli yechim topishdi. Bank tizimida aholi uchun bir qancha imtiyoz va qulayliklar yaratilgani aytib o'tildi. Seminar savol-javoblarga boy va foydali bo'ldi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi