Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#salomatlik

🔷Aholini maqsadli patroanaj bilan qamrab olish, ularda tibbiy madaniyatni shakllantirish hamda oila va ta'lim muassasalarida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish bo'yicha qabul qilingan qo'shma qaror ijrosi yuzasidan Zangiota tumani hokim o'rinbosari S. Usmonova tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔷Mahallalarda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, aholini tibbiy madaniyatini oshirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish va kasalliklarni oldini olishga qaratilgan birlamchi profilaktika ishlarini tizimli olib borilishi yuzasidan fikr almashdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Билдириш

Диққат, онлайн аудио мулоқотга марҳамат!

📣Бугун соат 17:00 да Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи Жўраев Бахтиёр Муқимович
билан онлайн аудио суҳбат ўтказилади.

Мулоқотга сиз ҳам қўшилинг, ўз ҳудудингиздаги экологик муаммолар, атроф-муҳит муҳофазасига оид масалалар юзасидан савол ва таклифларингиз билан ўртоқлашинг, муаммоларни масъул раҳбарга шахсан ўзингиз етказинг.

▶️ Суҳбат манзили

💬Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 🌐YouTube
#sport
#nuroniylar

🔷Zangiota tumani Nuroniylar kengashi tomonidan mahalla nuroniylari o‘rtasida shaxmat-shashka bo‘yicha chempionat o‘tkazildi.

🔷Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan musobaqada;

Shaxmat bo‘yicha natijalar:

🥇"Navro‘z" mahallasi nuroniysi Qo‘chqorov Ahror- 1 o‘rin,

🥈"Quyoshli" mahallasi nuroniysi Xoliqov To‘lqin 2-o‘rin,

🥉"Eshonguzar" mahalla nuroniysi Hoshimov Mahmud - 3 o‘rin.

Shashka bo‘yicha natijalar:

🥇"Yangi hayot" mahallasi nuroniysi Po‘latov Mansur 1-o‘rin,

🥈"Bodomzor" mahallasi nuroniysi Xamidullayev Shukrillo 2-o‘rin,

🥉"Quyoshli" mahalla nuroniysi Xolxo‘jayev Qahramon 3- o‘rinni egalladilar.

Gʻoliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#investisiya_loyihasi

Zangiota tumani hokimi A. Tamikayev tumanda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari bilan tanishdi

🔷Ilk manzil Zangiota tumani “Kattachinor” MFY hududida joylashgan “MIR-GLASS” MCHJ tomonidan oyna mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bo'ldi.

🔰 Loyiha umumiy qiymati: 14,0 mln. dollar bo‘lib, shundan 5 mln. dollar Xitoy Xalq Respublikasi tadbirkorlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalari jalb etiladi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 3.2x6 metr o‘lchamdagi 1,1 mln. m2 oyna mahsulotlari ishlab chiqariladi va 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

🔰Ushbu loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlanib, bugungi kunda uskunalarni o‘rnatish va obodonlantirish ishlari olib borilmoqda.

🔷Tuman hokimi tomonidan o‘rganish davomida loyihada mavjud kommunikasiya bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma berildi va hal etildi. Loyiha joriy yilning sentyabr oyida to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.

Telegram |YouTube I Fecebook
#jarayon
#investisiya_loyihasi

🔰 Zangiota tumani hokimi A. Tamikayev “Qahramon” MFY hududidagi “MOS PEKAR” MCHJ tomonidan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Loyiha umumiy qiymati: 5,0 mln. dollarni tashkil etib, shundan 3 mln. dollar Rossiya investorlarining mablag‘lari hisobidan Turkiyaning “Pegmakina”,“Omax”, “Egmag” firmalari ishlab chiqarayotan yuqori texnologiyali asbob-uskunalar o‘rnatilmoqda.

🔷 Ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida bir oyda o‘rtacha 1000 tonna 30 xil turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi va 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

❗️Yangi turmush qurgan yoshlarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

🔰 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so'mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

▶️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

▫️bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

▫️20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;

▫️boshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda.

☑️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo'lishi lozim, jumladan:

🔹kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;

🔹 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo'lishi lozim);

🔹daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadgaega bo'lishi.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi