Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#tadbir
#ta'lim_tarbiya
#e'tibor

⚡️Xabar berilganidek, belgilangan vaqtda Zangiota tumani Madaniyat saroyida "Bolalarga bering dunyoni" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

⚡️ Unda Zangiota tumani hokim o'rinbosari S. Nosirov tuman hokimligi nomidan barcha bolajonlarni tabrikladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli bog'cha tarbiyalanuvchilari va maktab o'quvchilari uchun tuman hokimining maxsus sovg'a va faxriy yorliqlarini topshirdi.

⚡️Bolalarning erishgan yutuqlarida oiladagi tarbiya va muhitning ahamiyati kattaligini inobatga olib Zangiota tumani hokimi Abduvahob Tamikayevning o'quv yili davomida natijalarga erishgan o'quvchilarining ota-onalariga ham minnatdorlik xati topshirildi.

⚡️Aka-opalarining erishgan yutuqlariga havasda bo'lgan jajji bog'cha tarbiyalanuvchilari ularni o'zlarining quvnoq o'yin-kulgulari bilan xushnud etishdi.

⚡️Albatta yakka tartibda uyda ta'lim olayotgan bolalar ham nazardan chetda qolishmadi. Ularga ham maxsus sovg'a va faxriy yorliq topshirildi.

Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Zangiota_tumani
#tuhfa_bolalar_uchun

🌈1 iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Zangiota tumani "Nazarbek" hududi "M.M.Xorazmiy" MFYda "Bolajon" nomli madaniyat va istirohat bog'i Toshkent viloyati hokimi, Zangiota tumani hokimi va sektor rahbarlari hamda mahalla nuroniylari ishtirokida foydalanishga topshirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Президентимизнинг тегишли қарори билан юртимиз ҳудудларида 46 та туманлараро перинатал марказ ташкил этилиши белгиланган.

Бугун улар қаторига Қибрай, Зангиота ва Тошкент туманлари аҳолиси учун хизмат кўрсатадиган янги туманлараро перинатал марказ ҳам қўшилди.

📹 Мазкур замонавий муассасанинг имкониятлари билан ССВ Матбуот хизмати томонидан тайёрланган ушбу видеолавҳа орқали танишасиз.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram
#e'tibor
#bola_beg'ubor

Bolalarga g‘amxo‘rlik dunyoning barcha mamlakatlarida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

☀️Shu ma'noda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Zangiota tumanining deyarli barcha mahallalarida “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

☀️Shubhasiz, yosh avlodning barkamol va yetuk shaxs sifatida shakllanishida ta’lim va tarbiyaning, oila hamda katta avlod vakillarning, mahallaning o‘rni beqiyos.

☀️Bolalik inson hayotining ajralmas davri, ta’bir joiz bo‘lsa, katta marraning boshlang‘ich nuqtasidir. Zero, “bola boshidan” degan hikmatli naql xalqimiz tomonidan bejizga aytilmagan.

📷Tuman mahallalarida o'tkazilgan bayramdan fotolavhalar👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Эксперт_фикри

САЙЛОВ БЮЛЛЕТЕНИ ҲАҚИДА НИМАЛАРНИ БИЛИШ КЕРАК?

📌Таниқли давлат ва сиёсат арбоби, АҚШнинг 16-президенти Авраам Линколн “Сайлов бюллетени ўқдан кучли” деб ҳақли равишда таъкидлаган эди. Бу эса демократияга асосланган сайлов жараёнларининг жамият ва давлат муаммоларини зўравонлик билан ҳал этиш усулларидан устунлигини таъкидлайди.

🔰Мутахассислар сайлов амалиётида энг муҳим расмий ҳужжатлардан бири сифатида сайлов бюллетенининг алоҳида аҳамиятини таъкидлайдилар. Сайлов бюллетенида ҳар бир фуқаронинг танлови ўз ифодасини топади.

🔗 Батафсил

✍️ Югай Людмила Юрьевна,
эксперт, юридик фанлар доктори

@olimlar_minbari
#hokim_qabuli
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani hokimi A. Tamikayevning navbatdagi aholi murojaatlari bo'yicha qabuli 1-sektorga qarashli "Zangiota" hududi "Eski qal'a" MFYda bo'lib o'tdi.

🔷Tuman hokimi o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida 23 nafar fuqaro murojaatlari tinglandi.  Shulardan 7 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirilib, nazoratga olindi.

🔰 Aholi murojaatlarining aksariyati elektr tarmoqlaridagi uzulishlar, yo'lni asfaltlashtirishda quruvchilarning oxiriga yetkazmay qoldirayotgan ishlari xususida bo'ldi.

❗️Mahallalarda Jamoatchilik kengashining roziligisiz birorta loyiha qabul qilinmasligi borasida tushuncha berildi va kengash a'zolariga ziyraklik bilan nazorat olib borishlari lozimligi ta'kidlandi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi