Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#jarayon

🔷 Zangiota tumani "Tariq-teshar" mahallasida "Open byudjet" loyihasi bo'ycha ichki ko'chalar asfalt qilinib aholiga qulaylik yaratilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

Zangiota tumani "Quyoshli" MFY "Maftunkor" ko'chasida namunaviy loyiha asosida qurilgan uylar bo'yicha qilingan murojaatni o'rganish natijasida quyidagilar ma'lum bo'ldi.

"Quyoshli" MFY raisi Q. Xolxodjayev bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o'rganilganda haqiqatan ham devorida sezilarli darajada yoriqlar borligiga guvoh bo'ldik. Shu yerda yashovchi aholi bilan suhbatlashganimizda esa yoriqlar shu bir qatordagi qurilgan xonadonlarning ayrimlarida uchrab turganini tasdiqlashdi.

Aniqrog'i xonadon egalarining kelib yashamaganliklari tufayli ham qarovsiz holda qolgan uyning ichki nosozliklari tufayli shunday holat kelib chiqqan bo'lishi mumkinligi aytilmoqda. Xonadonlarni kirib o'rganish imkoni bo'lmadi. Uy egalari ham oldi-sotdi orqali ikki-uch marotaba o'zgarib bo'lgan. Vaziyat nazoratga olinib, tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
#turizm

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti viloyatning turizm hududlarida sayyohlar salohiyatini oshirish vazifasini amalga oshiradi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

💸Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#jarayon
#bunyodkorlik
#tibbiy_punkt

Inson uchun bebaho boylik - bu sog'lik va salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan.

🔰Bugun Zangiota tumani "Qatortol" hududi aholisi uchun yangi "Tibbiyot punkti" foydalanishga topshirildi. Mazkur tibbiyot punkti "Daliguzar", "Iqbol" va "Obod" mahalla aholisi uchun xizmat ko'rsatadi.

🔷Salkam 7000 aholi uchun xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan ushbu dargohda barcha sharoitlar yaratilgan.
Eng ahamiyatlisi homiy tomonidan 1 mlrd. 600 mln. so'm beg'araz yordam hisobiga amalga oshirilgan bunyodkorlik ishidan aholi va tibbiyot xodimlarining quvonchi cheksiz.

📌Shu ma'noda nuroniy otaxon va onaxonlarimizning duolari bilan foydalanishga topshirilgan tibbiyot punkti ko'p yillar el salomatligini tiklashga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi