Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
40.8K photos
2.93K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
🏗Toshkent viloyatida 3 oyda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari

2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 563,5 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 53,5 % ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 108,9 % ni tashkil qildi
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Zangiota tumani 174,6 mlrd. so‘m, Olmaliq shahri 134,0 mlrd. so‘m, Nurafshon shahri 120,9 mlrd. so‘m, Yuqori Chirchiq tumani 116,0 mlrd. so‘m, O‘rta Chirchiq tumani 92,8 mlrd. so‘m, Chirchiq shahri 91,3 mlrd. so‘m hamda Yangiyo‘l 88,4
mlrd.so‘m shaharlarida qayd etildi.

2018-2023 yillarda kichik tadbirkorlik
subyektlarining qurilishdagi ulushi
dinamikasi, % da

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_turizm
#Zangiota_tumani
#do'stlik_karvoni

🕌Qozog'istonlik etnik o'zbek san'atkorlaridan iborat "Do'stlik karvoni" a'zolari safarni Zangiota majmuasini ziyorat qilishdan boshlashdi.

📹"Nurafshon TV" ning "Xabarlar" dasturida shu haqda👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/77860

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtiriladi

Hukumat qarori (183–son, 03.05.2023-y.) bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom qabul qilindi.

🔰 Nizomga koʻra, jamoatchilik fikri asosida loyihalar toʻplami mahallalar (qishloqlar) boʻyicha shakllantiriladi va gʻolib sifatida mahallalar (qishloqlar) aniqlanadi.

🗓 Dasturlar doirasida jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayoni – har yili noyabr–dekabr oylarida (2023-yil uchun, istisno tariqasida, 2023-yil may oyida) oʻtkaziladi.

Jarayonlar 3 ta bosqichda tashkil etiladi:

1️⃣-bosqichda – portalda loyihalar toʻplami shakllantiriladi;
2️⃣-bosqichda – shakllantirilgan loyihalar toʻplami saralab olinadi;
3️⃣-bosqichda – saralash bosqichidan oʻtgan loyihalar toʻplamlariga ovoz beriladi.

☑️ Gʻolib mahallalar (qishloqlar) ovoz berish jarayoni boshlanishidan avval keng jamoatchilikka eʼlon qilingan holda quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi:

🔹loyihalar toʻplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib;
🔹aholisi soni kam boʻlgan mahallalarga (qishloqlarga) tuzatish koeffitsiyentini qoʻllagan holda loyihalar toʻplamiga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib.

📝 Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra har bir tuman (shahar) uchun jamgʻarmada shakllantirilgan mablagʻlar doirasida eng yuqori koʻrsatkichni egallagan loyihalar toʻplami gʻolib deb topiladi.

Bunda loyihalar toʻplami gʻolib deb topilishi uchun kamida 100 ta ovoz toʻplashi lozim.

🗒 Ovoz berish yakunlangandan soʻng 3 kunda gʻolib deb topilgan loyihalar toʻplamini amalga oshirish boʻyicha manzilli roʻyxat shakllantiriladi hamda jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tuman (shahar) Maxsus komissiyasining tegishli qarori qabul qilinadi.

🏢 Tuman (shahar) hokimligi tomonidan 3 kunda loyihalar uchun manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.

▶️ Har yil yakunlari boʻyicha jamoatchilik fikri asosida loyihalarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etgan fuqarolar ragʻbatlantirib boriladi.

Manba


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari Sh.Miliyev “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida sektor hudididagi mahallalarda uyushmagan yoshlar va probatsiya nazoratida turuvchi yoshlar bilan yuzma-yuz suhbat oʻtkazib, yoshlardagi mavjud muammolari o'rganildi.

🔷Ularga yordam berilishi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Suhbat jarayonida 2 nafar yoshga joyida amaliy yordam koʻrsatildi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#qishloq_xo'jaligi

Zangiota tumanidagi hududlarda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Hikmatov, qishloq xoʻjaligi boʻlim tashkilot rahbarlari hamda biriktirilgan masʼullar  boshchiligida targ'ibot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

🔷Unda fermer xoʻjaligi hamda yangi loyiha tashabbuskorlari ishtirok etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil  1-apreldagi 107-son va 12-apreldagi 121-son qarorlari ijrosi yuzasidan suv tejovchi texnologiyalar oʻrnatish va dala chetlaridagi yer maydonlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari oshqovoq, qovun, tarvuz, sabzavot ekinlari ekilishi boʻyicha fikr almashildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani "Olmazor" MFYda tuman hokimining o'rinbosarlari A. Hikmatov va S. Nosirov aholi murojaatlarini o'rganish bo'yicha qabul o'tkazdi.

🔷Asosan hududda dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun yer olish masalasi, kadastr ishi, nuroniy va keksalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha murojaatlar tinglanib tegishliligi bo'yicha mas'ullarga biriktirilib natijasi nazoratiga olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi🇺🇿🇰🇷

🔷Bugun Toshkent shahridagi “City Palace”  mehmonxonasining anjumanlar zalida Janubiy Koreya Respublikasining Jeollanam-do viloyati va Toshkent viloyati Zangiota tumani o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan quyosh energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

🔷Ushbu kelishuvga asosan Zangiota tumanida joylashgan “TOTAL FARM” MCHJ korxonasi  koreya kompaniyalari bilan birgalikda quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#eʼtibor

Parkentlik jangchi haqida kitob chop etildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#статистика

⚡️Ҳозирда Тошкент вилоятида 26 нафар Иккинчи жаҳон уруши ва фронт орти қатнашчилари истиқомат қилади

▪️Қарақалпоғистон Республикаси — 3 нафар;
▪️Андижон вилояти — 6 нафар;
▪️Бухоро вилояти — 7 нафар;
▪️Жиззах вилояти — 6 нафар;
▪️Қашқадарё вилояти — 10 нафар;
▪️Навоий вилояти — 9 нафар;
▪️Наманган вилояти — 3 нафар;
▪️Самарқанд вилояти — 10 нафар;
▪️Сирдарё вилояти — 3 нафар;
▪️Сурхондарё вилояти — 8 нафар;
▪️Тошкент вилояти — 26 нафар;
▪️Фарғона вилояти — 19 нафар;
▪️Хоразм вилояти — 5 нафар;
▪️Тошкент шаҳри — 55 нафар.

@haqiqatonline_24

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya: davlat oʻz zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat

1️⃣ Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

2️⃣ Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

3️⃣ Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

4️⃣ Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

5️⃣ Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

6️⃣ Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

7️⃣ Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

8️⃣ Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi.

9️⃣ Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🔟 Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi