Zangiota tumani hokimligi
3.74K subscribers
41.4K photos
2.99K videos
47 files
14K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha toʻxtatildi

“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan
1-fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023-yil
1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

➡️ Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil
1-aprelgacha toʻxtatiladi.

📝 Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil
1-aprelgacha jarimalar qoʻllanilmaydi.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Video-yoʻriqnomani koʻring hamda yaqinlaringizga ulashing!

Manba

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#qaror_va_ijro
#onlayn

Zangiota tumani "Qirguzar" mahallasidagi "Sadoqat" va "Shosh" ko'chalarida PQ-408 (25. 10.2022 yil) qarori  asosida ichimlik suv quvurlaruni almashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sektor_faoliyati
#tibbiy_ko'rik

3-sektor hududiga qarashli "Baliqchi" MFYsida Oqqo'rg'on tajribasi bo'yicha ishchi guruh hududni uyma-uy yurib xatlovdan o'tkazishi natijasida har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish barobarida salomatliklaridagi muammolarini ham hisobiga olib "Baliqchi" mahallasidagi fuqarolar birma bir tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda.

📌Ushbu jarayon reja asosida davom ettirilishi ko'zda tutilgan.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ayollar_daftari

🔰 Zangiota tumani "Gulbog" MFY da "Ayollar daftari"ga kiritilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan suhbat o'tkazilib, individual dasturni to'ldirish ishlari davom etmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Zangiota tumani, Bogʻzor MFY hududida taʼmirlash ishlari tufayli gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

🔥“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Sizga shuni maʼlum qiladiki, Zangiota tumani, Bogʻzor MFYni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer usti oʻrta bosimli D-159 mm boʻlgan gaz quvurini xavfsiz yerga koʻchirish ishlari olib borilishi munosabati bilan Bogʻzor MFYning Doʻstlik va Qorasuv koʻchalaridagi jami 289 ta aholi va 1 ta ulgurji iste'molchilariga2023-yil 8-fevral kuni soat 09:00 dan soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

“Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

https://t.iss.one/HududgazToshkent