Zangiota tumani hokimligi
3.71K subscribers
41.9K photos
3.02K videos
48 files
14.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#aholi_murojaati

⚡️ Zangiota tumanida tuzilgan Tezkor shtab a'zolari aholi murojaatlarini imkon qadar vaqtida o'rganib, tinim bilmay ijobiy hal etish harakatida mas’uliyat bilan yondashishmoqda.
Elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf qilishda kunu tun jonbozlik koʻrsatishmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Zangiota_tumani

Bugungi kunda Zangiota tumani Tibbiyot birlashmasining tug'ruq kompleksida ahvol qanday?

📹Lavha aha shu xususda👆

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarda budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda (umumiy songa nisbatan 24 foiz).

Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo‘shamoqda.

Hukumatga bo‘ysunadigan mustaqil vazirlik va idoralar soni jami 26 ta etib belgilanmoqda (ular tarkibiga kirgan barcha qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar bilan birga jami 69 ta), shu jumladan:

vazirliklar – 21 ta;
qo‘mitalar – 12 ta, shundan 2 tasi mustaqil maqomga ega;
agentliklar – 25 ta, shundan 3 tasi mustaqil maqomga ega;
inspeksiyalar – 11 ta.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 ming 573 nafar etib belgilanmoqda.

Vazirlik va idoralarning nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritishi qatʼiy taqiqlanmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xotin_qizlar
#qaror_va_ijro

Zangiota tuman hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-300-sonli "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta`minlash boʻyicha Zangiota tumanidagi barcha mahalla xotin-qizlari faollariga Toshkent viloyati hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zuhra Mirgaziyeva, Zangiota tumani hokim o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saodat Usmonova tomonidan maxsus planshetlar topshirildi.

📌Shuningdek, o'tgan yil sarhisobi va 2023-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha fikr almashildi.


Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sana

🇺🇿26-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#sektor_faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek “Oqqo‘rg‘on tajribasi” bo‘yicha Zangiota tumani 3-sektor hududida joylashgan “Baliqchi” mahallasi tanlab olindi.

📌Ushbu tajriba asosida ishchi guruh tashkil qilinib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish hamda amalga oshirish lozim bo'lgan ishlar xususida fikr almashishdi.

🔷Ayni damda ishchi guruhlar o'z vazifalariga kirishdilar.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qoʻshimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Batafsil yuqoridagi infografikada👆

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
E ' L O N!

💦"Toshkent suv ta’minot” MCHJ  Zangiota  tuman boʻlimi ma’muriyati, shuni ma’lum qiladiki, 2023-yil 26-yanvar soat 15-20da   "Zarafshon" MFY hududida joylashgan  VU-3 suv ko'tarish inshootini yuqori kuchlanishli  elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmogʻida uzilish  sodir boʻldi.

Mazkur nosozlik tuman TETK mas’ul xodimlari tomonidan bartaraf etilgandan soʻng aholiga bir me’yorda toza ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib  Zangiota " Suvta’minoti"  MCHJ bo'limi ushbu noqulayliklar uchun uzr so'raydi.

☎️Murojaat uchun:
+998953404011

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sektor_faoliyati
#sayyor_qabul

Zangiota tumani 4-sektorga qarashli "Dehqonobod" va "Chinor" MFYlarda sayyor qabul o‘tkazildi. Sektor xodimlari 20 dan ziyod elektr, gaz, suv ta'minoti bo'yicha aholi murojaatlarini qabul qilishdi.
Shuningdek, "Chinor" MFY hududida bunyod etilgan masjidga yaqin manzilda avtomashinalar uchun maxsus joy ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish, chiqindilarni muddatida olib chiqish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha qilingan murojaatlarni nazoratga olib, tegishliligi bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdi.

🔰Shu bilan birga umumta'lim maktablarida isitish tizimidagi organishlar ham davom etdi.
4-sektor xodimlari hududda joylashgan 30, 38-sonli umumta'lim maktablarida bolib, isitish tizimidagi ayrim nosozliklar bo‘yicha holatni tegishli mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqib, muammoni hal etishda amaliy yordam berish choralarini ko'rdilar.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#aholi_murojaati

Zangiota tumani "Erkin" hududi, "Qahramon" MFY "Shofayz" koʻchasiga tezkor shtab a'zolarining elektr ta'minoti xodimlari tomonidan transformator oʻrnatilib, mantaj ishlari olib borilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi