Zangiota tumani hokimligi
3.72K subscribers
44.4K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Sport

Jurnalist va media olami vakillari ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazildi

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#besh_tashabbus

"Besh tashabbus" musobaqalarining sektor bosqichi oʻtkazildi.


🔰Zangiota tumanidagi 1-sektor mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqalari tashkil qilindi.

🔰Sportning "Armrestling" turi bo‘yicha boʻlib oʻtgan sektor bosqichi musobaqalarida yoshlar oʻzaro kuch sinashdilar.

🔰G‘oliblar mazkur musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport #Marafon

VILOYATDA OMMAVIY SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI

Bugun erta tongdan Nurafshon shahrida  "Yoshlar kuni" hamda "Olympic Day" Хаlqаrо olimpiya  kuniga bag'ishlangan "Мen g'olib", "Vаtаn qalqoni" shiori ostida havaskorlar o‘rtasida "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan jami 5 mingdan ziyod koʻngilli ishtirokchilar qatnashdi.

Marafon yakunida "Faol sport targʻibotchisi", "Eng intizomli jamoa", "Eng ahil jamoa", "Marafon gʻunchasi", "Barchaga oʻrnak" kabi nominatsiyalar boʻyicha g'olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#xotin_qizlar

🇺🇿"Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanimiz!"


"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda

Mahalla uyushmasi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi va sport maktabi hamkorligida mahallalardagi  30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar boʻyicha "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda.

Kuni kecha Zangiota tumanida dastlabki sport sinovlari qabul qilindi. Unda mahalla faollari koʻtarinki kayfiyat bilan sinovlarda ishtirok etishdi.

📹 Batafsil videolavhada👆

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shukronalik
#sport

🇺🇿 Temuriylar keldi, Boburiylar keldi!


🇺🇿 - Tinchlik va osoyishtalik bizga barcha sportdagi muvaffaqiyatlarimizni nishonlash va kelajakdagi yutuqlarimizga yo‘l ochish imkonini beradi, - deydi Zangiota tumani Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi rahbari Shamsiddin Muratov.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏3
#sport
#yoshlar

🔰Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.

🔰"Yurtning kuchi birlikda, qadri esa tinchlikdadir" shiori ostida, yoshlar o‘rtasida sportning volyebol va shaxmat turlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

🔰Volyebol musobaqasida "Obod" mahallasi yoshlari I-o‘rinni egallashdi, II-o‘rinda "Daliguzar" mahallasi, III- o‘ringa esa "Navqiron" mahallasi yoshlari loyiq topildi.

🔰 Shaxmat musobaqasida esa "Iqbol" mahallasi yoshlari g‘olib bo‘lib, II-o‘rinni 'Navqiron", III- o‘rin "Nayman" mahallasi toshlariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ular orasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida davom ettirilmoqda.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook|

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👎1
#sport
#yoshlar

Kurash - xalqimizning asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollik timsoli sifatida e’zozlab kelinayotgan azaliy milliy qadriyatidir.

🔰Kuni kecha Zangiota tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning kurash turi bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi tadbirida soʻz olganlar ham ushbu sport turini alohida eʼtirof etishdi.

🔰67 ming nafar roʻyxatdan oʻtgan yoshlar mahalla, sektor va tuman bosqichlaridan oʻtib, toʻrtinchi, ya'ni viloyat bosqichiga 198 nafari yetib keldi.

🔰Ma'lumot o'rnida: musobaqalar jami 9 ta vazn toifasi (5 ta vazn toifasi yigitlar va 4 ta vazn toifasi qizlar)da  bo'lib o'tdi.
Murosasiz va qizgʻin lahzalarga boy oʻtgan musobaqalarda Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari hamda Angren, Chirchiq shahar sportchilari peshqadamlikni qoʻldan boy bermadi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sport
#xotin_qizlar

🔰Zangiota tumani
sport maktablari va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tuman mahallalaridagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlaridan tashkil etilgan “Xotin-qizlar” sport musobaqalarining tuman bosqichi "Ramadan" MFY hududida joylashgan 12-maktabda bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tadbirda jami 40 nafar ayol va qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha faol qatnashib, g‘oliblik uchun bellashdilar.
Sport turlari bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlarga viloyat Sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

🔰Shuningdek, musobaqa g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanmani ham qoʻlga kiritdilar.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏3
#sport

🔰Zangiota tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimligi, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi tuman bo‘limi, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman sport maktablari hamkorligida sportning shashka va parashashka turlari bo‘yicha tuman chempionati o‘tkazildi.


"Muhimi g‘alaba qozonish emas, balki qatnashish" shiori ostida o‘tkazilgan ushbu musobaqada mahalla yoshlari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga sport orqali ijtimoiy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda teng imkoniyatlar yaratish imkoniyati berildi.

🏆Musobaqa davomida ishtirokchilarning mahorati sinovdan o‘tib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xushxabar
#sport

🇺🇿Oʻzbekiston chempionatida Zangiota tumani oʻquvchilari faxrli 3-oʻrinni egalladi


🏹 2025-yil 19-22 fevral kunlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish sport turi boʻyicha barcha yosh toifalarida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, Zangiota tumani 14-maktabning "Milliy gvardiya" sinfi va 1-son
sport maktabi oʻquvchilari ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, kamondan otish bo‘yicha Oʻzbekiston chempionatida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu yutuq yosh sportchilarimizning mashaqqatli mehnati va ustozlarining fidoyiligi natijasi bo‘lib, ularning kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalarga erishishlariga ishonch bildiramiz!


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍2