Zangiota tumani hokimligi
3.43K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#kun_qahramonlari
#Toshkent_suv_taʼminoti
#Zangiota_ tuman_boʻlimi

💦Joriy yilning 11-dekabr kuni soat 7.00 da Zangiota tuman "Fayz" MFY hamda "Turkiston" MFY aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi "Fayz" MFYda joylashgan Zangiota tumani tasarrufidagi "Toshgoʻsht 2  suv koʻtarish inshooti"dagi Suv haydab beruvchi 75 kVtli nasos agregatida nosozlik vujudga kelib qolgan edi.
Shu sababli "Fayz" MFY hamda "Turkiston" MFY aholisi toza ichimlik suvidan uzildi.  Mazkur nosozlik boʻlim xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Nasos agregati kapital taʼmirlandi.

Fotolarda nasos oʻrnatilish jarayoni👆

Tez fursatda mazkur nosozlik toʻliq bartaraf etildi. Hozirda aholi bir me’yorda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
♻️Imtiyozli shartlarda quyosh panellarini oʻrnatib tekin va uzluksiz elektr energiyasiga ega boʻling. Ortganini davlatga soting. Yana qator imtiyozlar:

Bir yilda elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qancha haq toʻlaysiz? Mablagʻingizni tejash haqida oʻylab koʻrganmisiz?

Albatta buning imkoni bor!

Tasavvur qiling, Siz ikki qavatli uyda yashaysiz va bir oyda oʻrtacha 800 kVt-soat elektr energiyasi iste’mol qilasiz.

Agar xonadoningizga 5 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini oʻrnatsangiz, bu sizga oʻrtacha 50 mln soʻmga tushadi va u 9-yilda oʻzini qoplaydi. Keyingi 11-yil elektr energiyasiga pul toʻlamaysiz.

Yana bir imkoniyat: xonadoningizda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotib daromat qilishingiz ham mumkin.

Imtiyozlar: Siz quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini 3 yil muddatga foizsiz, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olishingiz mumkin.

Shuningdek, toʻliq xarid qilganingizda quyosh panellariga 15 mln soʻmgacha va quyosh suv isitish qurilmalariga 2 mln soʻmgacha kompensatsiya olishingiz mumkin.

Ushbu qurilmalarni oʻrnatgan jismoniy shaxslar 3-yil, tadbirkorlik sub’yektlari esa 10 yil davomida yer va mulk soligʻidan ozod boʻladilar.

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#jarayon
#onlayn

📌 Zangiota tumani "Boʻzsuv" hududi "Nurobod" mahallasida aholi talabiga koʻra koʻmir mahsuloti tuman hokimiyati tomonidan yetkazib berildi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.

🔘Qibray tumani. Keskin sovib ketgan ob-havo tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelayotgan muammolar Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor guruhi tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Chirogʻi oʻchgan xonadonlarni yorugʻlik bilan taʼminlash maqsadida tuman nurchilari yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun astoyidil ishlashmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Chirchiq shahri elektr tarmoqlari korxonasi 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda.

🔘Zangiota tumani. “Fayz”, “Turkiston” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi nasos agregatida yuzaga kelgan avariya tezkorlik bilan bartaraf etildi.

🔘Ohangaron shahri. “Qoʻrgʻon” mahallasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Ohangaron va Yangiyer koʻchalari elektrsiz qoldi, vaziyat tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

🔘Boʻka tumani.Boʻka tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimiga qarashli mahalliy tarmoqlarda gaz bosimning pasayishi tufayli idora mutahassislari gazning mahallalararo toʻgʻri taqsimlanishini muntazam nazorat qilmoqdalar.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman gaz va elektr taʼminoti idoralari joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish asnosida aholidan qoʻlbola elektr va isitish moslamalaridan foydalanmaslikni soʻrashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#murojaat_va_ijro

Aholi murojaatlari Ishchi guruh a’zolari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilmoqda.

Zangiota tumani "Ibrat" MFYda gaz, elektr, suv ta’minoti va boshqa turli yoʻnalishlarda uchrayotgan muammo, kamchiliklar joyiga chiqib oʻrganish olib borilmoqda.
Tegishli choralar qoʻllash boʻyicha esa tashkil etilgan Ishchi guruh aʼzolari oʻz mutaxassislarini jalb etgan holda har bir aholi murojaati boʻyicha muammolarni bartaraf qilishmoqda.

❇️Jumladan, gaz ta’minoti boʻyicha murojaat qilgan fuqarolar mutaxassislar hamrohligida MFY faollari bilan birgalikda oʻrganib oʻz yechimini joyida hal etilmoqdalar.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
E ' L O N !!!

‼️ "Toshkent suv ta'minot” MCHJ Zangiota tuman bo‘limi ma'muriyati, Sizga shuni ma'lum qiladiki, Quyi Chirchiq tumani "SURUM" MFY hududida joylashgan Zangiota tumani tasarrufidagi VU-1 suv ko`tarish inshootini yuqori kuchlanishli elektr toki bilan ta'minlovchi, Quyi Chirchiq TET balansidagi 110 kVli elektr energiyasi tarmog‘idagi uzilish sababli 2022 yil 12 dekabr kuni soat 15-15 da ichimlik suvi ta'minoti vaqtinchalik to`xtatildi.

‼️ Ushbu nosozliklar Quyichirchiq tumani TET ni mas'ul хodimlari tomonidan bartaraf etilganidan so‘ng ichimlik suv ta'minoti tiklanib bir me'yorda uzatilishini ma'lum qilamiz.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent suvta'minoti MCHJ Zangiota tumanidagi "Achchisoy", "Nurobod", "O`rikzor", "Zarafshon", "Madaniyat", "Dehqonobod", "Bog`ishamol", "To`qimachi", "Saxovat", "Abdujalilbob", "Ibrat", "Chinor", "Istiqlol", "Kengkichik" MFY aholisidan ushbu noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

☎️Murojaat uchun:

+998953404011


✍️"TOSHKENT SUV TA'MINOTI" MCHJ Zangiota tuman filial ijro nazorati
#rasman
#tayinlov

⚡️Karimov Ulug'bek Irkinovich-Toshkent viloyati Zangiota tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U.Karimov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy,
2011 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi-bojxona ishi. Faoliyatini Zangiota tumani hokimligida G‘aznachilik bo‘linmasi “Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi” guruhi inspektori vazifasidan boshlagan.

2012 yildan 2022 ga qadar Zangiota tumani G‘aznachilik bo‘linmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Ayni lavozimga tayinlangunga qadar, Zangiota tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari-“Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narx monitoringi” sektori boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✍️Zangiota tumani Axborot xizmati

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🔻“Oʻzbekneftgaz” shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 soʻmdan 5700 soʻmga tushadi

🟢Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz soligʻidan ozod qilish boʻyicha” QARORI qabul qilindi.

Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:

2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash.

Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan oʻrtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.

💠Shuningdek, aksiz soligʻining vaqtincha qoʻllanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.

❗️ 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi oʻtkaziladigan tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-tarojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.

🔰Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida iste’molchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida ta’minlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.

👉Manba

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Senat qoʻmita raisi: Bugun Senatda ham "svet" oʻchyapti

— Men toʻgʻrisini aytaman, oʻzim 2-qavatda turaman, xonamning harorati 15-20 gradusdan oshmayapti. Paltomni kiyib oʻtiraman. Buni men yashirmayman. Bugun butun xalqimiz qiynalyapti — deydi senator.

👉Manba

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalarining 24/7 dispetcherlik faoliyatlari Ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda (Foto)
__________________________________

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси: кўп квартирали уйларга хизмат кўрсатаётган бошқарув сервис компанияларининг 24/7 диспетчерлик фаолиятлари Ишчи гуруҳ томонидан ўрганилмоқда (Фото)

🌐 www.toshvil-jko.uz (takomillashtirilmoqda)

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Zangiota tuman tabiiy gaz iste’molchilari!!!

❗️Xonadoningizdagi mavjud gaz jihozlaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda foydalanishingizni soʻraymiz.

❗️Ayniqsa tabiiy gaz bosimi tanqisligi kuzatilayotgan hududlardagi xonadon egalaridan xonalarni isitish maqsadida gaz xoʻjaligida ruxsat etilmagan qoʻlbola-yasama isitish pechlaridan,chetdan keltirilgan sertifikat-ruxsat berilmagan isitish gaz jihozlaridan,nosoz tozalanmagan moʻrikonlardan foydalanmaslikni,yoqiq holatda gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslikni soʻrab qolamiz.

📌Gaz ta’minotida yuzaga kelgan nosozlik va kamchiliklar yuzasidan "Zangiotatumangaz" gaz ta’minoti boʻlimiga 104 yoki 70-975-26-01ga murojaat qilishingiz mumkun.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

❄️ Qishning qorli-qirovli kunlari hamda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida aholining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyoji birinchi darajali masalaga aylandi.

Xoʻsh, bu borada Toshkent viloyatida vaziyat qanday

Aholini koʻmir bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan mazkur videolavhada tanishishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#nazorat_manzili
#ishchi_guruh

🔰Zangiota tumani hududlariga biriktirilgan ishchi guruh a`zolari joyiga chiqib korxona va tashkilot rahbarlariga bugungi vaziyatni to`g`ri baholab, belgilangan talab bo`yicha ish yuritishlarini taklif qilishyapti.

Jaryon fotolavhalarda
👆
“Infinity food” rolton ishlab chiqarish korxonasi, “O'rta” MFY hududida joylashgan chinni idish ishlab chiqarish sexi va “Master perfekt gips” korxonasi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi