Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Amaliy_seminar

Hokim yordamchilariga yangicha ishlash tizimi joriy qilinmoqda!

📝Mahallada bugungi kunda aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish masalasi hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylangan.

💯Ayni kunlarda dolzarb muammoga aylangan, kambagʻallikni qisqartirish uchun bevosita “yagona reystr” dan yordam olayotganlar bilan ishlash hamda Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda hokim yordamchilari uchun seminarlar oʻtkazilmoqda.

Zangiota tumani hokimligi majlislar zalida aynan shu masala yuzasidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Subsidiyalarni tayinlash va monitoring qilish” boʻlim boshligʻi F. Toshpoʻlatov hamda Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida Mahallabay ishlash tizimini tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yigʻma boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Yunusov boshchiligida seminar boʻlib oʻtdi.
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

#foto_albom #nashr #yangi_loyiha

👂📣ДИҚҚАТ ЯНГИ ЛОЙИҲА ЯНГИ ФОРМАТДА!!!

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ БОШҚАРМАСИ ТОМОНИДАН ҲУДУДЛАРДА 2022-2023 ЙИЛЛАРДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИНИ БЕТАЛОФАТ ЎТКАЗИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ИЖРОСИ БЎЙИЧА ФОТО ЛАВҲАЛАР (Фото альбом)

⚡️Қуйидаги Фото альбомда СИЗ:

✔️ шаҳар ва тумандаги кўп қаватли уйларнинг фрамуга ойналари ўрнатилиши ва таъмирлаш жараёни;

✔️темир эшикларга пружиналар ўрнатиш жараёни;

✔️уй йўлакларида мавжуд электр энергия жиҳозлари ва иссиқлик ҳароратини узоқ сақлаб туриш бўйича фуқароларга тарғибот жараёни;

✔️кириш йўлакларига замонавий ёритгич автодатчиклари ўрнатилиш жараёни билан танишишингиз мумкин.

📌📖 Фото альбомни томоша қилинг

❗️Эслатма: Фотоальбомни мобил қурилмангизни горизонтал ушлаган ҳолда томоша қилинг.


🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
⚡️СИЗ ЎЗБЕКИСТОННИНГ ҚАЙСИ ТУМАНИДАНСИЗ?

“Йил танлови—2022” ўтказилмоқда!

2022 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2022 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ»ни аниқланг!

Қайси туман ҳокимлиги жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Туманингиз ҳокимини нечта одам танишини билмоқчи бўлсангиз ➡️"
ОВОЗ БЕРИНГ"⬅️ саҳифасига ўтинг ва кузатиб боринг"

Овоз бериш жараёни 30 ноябрь куни якунланади.

➡️ «ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2022»ни сиз аниқлаб беринг!⬅️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муфтий ҳазрат: Ёшлар таълим-тарбиясига эътибор динимиз талабидир!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#ТАЪЗИЯ

Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъун!

Зангиота тумани "Эшонгузар" жоме масжиди имом ноиби Олимжон домла Нурматовнинг вафоти муносабати билан уларнинг оила аъзоларига чуқур таъзия изҳор этамиз.

https://t.iss.one/Eshonguzarmasjidii
#mehnat_kodeksi

Yangi mehnat Kodeksi qabul qilindi


📚Yangi mehnat Kodeksida:

📗Ko'p yillik ish staji uchun qo'shimcha ta'til berish tartibi joriy etilmoqda;

📔Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish paytidagi kafolatlar kiritilmoqda;

📘Xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvni o'tkazish instituti kiritilmoqda;

📒Xodimning shaxsga doir ma'lumotlari mehnat kodeksi bilan mustahkamlanmoqda.

Batafsil yuqoridagi infografikada👆

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hokim_yordamchilari
#sektor_faoliyati

Hokim yordamchisi tashabbusi!

Mahallada aholining xohish va istaklaridan kelib chiqib, ularga AT Xalq banki Zangiota tuman filiali bilan hamkorlikda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kreditlar berilmoqda.

♻️Zangiota tumani 1-sektor hududiga qarashli “Xo‘jamozor” MFY hokim yordamchisi ayni kunlarda 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida zotli qo‘ylar hamda zamonaviy kompyuter to`plami olib berdi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Fuqaro murojaatlari ijobiy hal etilmoqda!
❇️Toshkent viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi Murojaatlar bilan ishlash va Interaktiv xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A. Xolbekov Zangiota tumani bo‘lim va tashkilot xodimlari bilan birgalikda Zangiota tumani “Navqiron” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

♻️Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Murojaat va muammolar tinglandi va ko‘pgina masalalarga joyida tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (Ахборот хизмати)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli Zangiota tuman tabiiy gaz isteʼmolchilari!

📌Xonadoningizdagi mavjud gaz jihozlaridan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan xolda foydalanishingizni soʻraymiz.

📌Ayniqsa tabiiy gaz bosimi tanqisligi kuzatilayotgan hududlardagi xonadon egalaridan xonalarni isitish maqsadida gaz xoʻjaligida ruxsat etilmagan qoʻlbola-yasama isitish pechlaridan, chetdan keltirilgan sertifikat-ruxsat berilmagan isitish gaz jihozlaridan, nosoz tozalanmagan moʻrkonlardan foydalanmaslikni, yoqiq holatda gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslikni soʻrab qolamiz.

📞Gaz taʼminotida yuzaga kelgan nosozlik va kamchiliklar yuzasidan "Zangiotatumangaz" gaz taʼminoti boʻlimiga 104 yoki 70-975-26-01ga murojaat qilishingiz mumkin.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
📚Koʻngildagi gaplar

🪷Yaxshi insonlarning yaxshi tomoni shundaki, ular doim kamingizni toʻldiradigan nimadir berishadi...

Orzusi soʻnganga umid, koʻngli yarimlarga taskin, singanlarga tayanch, ojizlarga kuch boʻladigan soʻzni,  yordamni, imkonni berishadi...

Yaratgan doim yaxshiliklarga va yaxshilarga yoʻldosh qilsin!

Kuningiz barokatli o'tsin!
Prezident ko‘chmas mulkka oid yangi qonunni imzoladi

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Batafsil
👉 https://yuz.uz/a/oz/66399

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTobe |Telegram (на русском)
#mahalla
#“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni”

“3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Zangiota tumani mahalla fuqarolar yig`ini raislari uyda ta`lim olayotgan nogironligi bo`lgan o`quvchi yoshlar xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olib muammo va kamchiliklarini o`rganishmoqda.
Ularga e`tibor ko`rsatib, ruhan dalda bergan holda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida suhbatlashishmoqda.
Ular ham jamiyatning to`laqonli a`zosi ekanliklari borasida orzu-istaklari va kelajak rejalari bilan fikr almashishmoqda.

🌼Mehr-muruvvatning chegarasi yo`q, har bir ko`ngli o`ksik insonga shirin so`z ham dalda berishi mumkin.

📌E`tiborli bo`ling! Atrofingizda mehrga, muruvvatga intiq insonlar bor!

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi