Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#nazorat_va_ijro
#sektor_faoliyati

Zangiota tumani Davlat soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibining har bir xodimiga bugun ijro etilishi lozim boʻlgan reja asosida ishlar taqsimlab berilgan  boʻlsa, 4-sektorga biriktirilgan xodimlarning kunlik nazorati ostida "Obod mahalla" dasturiga kiritilgan "Oʻrikzor" MFYda ishlar yanada qizgʻin pallada.

❇️Koʻp vaqtdan buyon antisanitariya holatiga kelib qolgan  zovurlar tozalanib, koʻrkam koʻrinish hosil qilayotgan boʻlsa, piyodalar oʻtish yoʻlkalari boʻylab ishlar qizgʻin davom ettirilmoqda.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Amaliy_seminar

Hokim yordamchilariga yangicha ishlash tizimi joriy qilinmoqda!

📝Mahallada bugungi kunda aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambagʻallikni qisqartirish masalasi hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylangan.

💯Ayni kunlarda dolzarb muammoga aylangan, kambagʻallikni qisqartirish uchun bevosita “yagona reystr” dan yordam olayotganlar bilan ishlash hamda Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorov tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda hokim yordamchilari uchun seminarlar oʻtkazilmoqda.

Zangiota tumani hokimligi majlislar zalida aynan shu masala yuzasidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Subsidiyalarni tayinlash va monitoring qilish” boʻlim boshligʻi F. Toshpoʻlatov hamda Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida Mahallabay ishlash tizimini tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yigʻma boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sh.Yunusov boshchiligida seminar boʻlib oʻtdi.
Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

#foto_albom #nashr #yangi_loyiha

👂📣ДИҚҚАТ ЯНГИ ЛОЙИҲА ЯНГИ ФОРМАТДА!!!

ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ БОШҚАРМАСИ ТОМОНИДАН ҲУДУДЛАРДА 2022-2023 ЙИЛЛАРДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИНИ БЕТАЛОФАТ ЎТКАЗИШ БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИШЛАР ИЖРОСИ БЎЙИЧА ФОТО ЛАВҲАЛАР (Фото альбом)

⚡️Қуйидаги Фото альбомда СИЗ:

✔️ шаҳар ва тумандаги кўп қаватли уйларнинг фрамуга ойналари ўрнатилиши ва таъмирлаш жараёни;

✔️темир эшикларга пружиналар ўрнатиш жараёни;

✔️уй йўлакларида мавжуд электр энергия жиҳозлари ва иссиқлик ҳароратини узоқ сақлаб туриш бўйича фуқароларга тарғибот жараёни;

✔️кириш йўлакларига замонавий ёритгич автодатчиклари ўрнатилиш жараёни билан танишишингиз мумкин.

📌📖 Фото альбомни томоша қилинг

❗️Эслатма: Фотоальбомни мобил қурилмангизни горизонтал ушлаган ҳолда томоша қилинг.


🌐 www.toshvil-jko.uz

|web-sayt |facebook |telegram |Youtube |
⚡️СИЗ ЎЗБЕКИСТОННИНГ ҚАЙСИ ТУМАНИДАНСИЗ?

“Йил танлови—2022” ўтказилмоқда!

2022 йилда фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган «2022 ЙИЛНИНГ ЭНГ НАМУНАЛИ ТУМАН ҲОКИМЛИГИ»ни аниқланг!

Қайси туман ҳокимлиги жорий йилда қандай ишлаганини сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Туманингиз ҳокимини нечта одам танишини билмоқчи бўлсангиз ➡️"
ОВОЗ БЕРИНГ"⬅️ саҳифасига ўтинг ва кузатиб боринг"

Овоз бериш жараёни 30 ноябрь куни якунланади.

➡️ «ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2022»ни сиз аниқлаб беринг!⬅️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Муфтий ҳазрат: Ёшлар таълим-тарбиясига эътибор динимиз талабидир!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

https://t.iss.one/AOKBToshvil
#ТАЪЗИЯ

Иннаа лиллааҳи ва иннаа илайҳи рожиъун!

Зангиота тумани "Эшонгузар" жоме масжиди имом ноиби Олимжон домла Нурматовнинг вафоти муносабати билан уларнинг оила аъзоларига чуқур таъзия изҳор этамиз.

https://t.iss.one/Eshonguzarmasjidii
#mehnat_kodeksi

Yangi mehnat Kodeksi qabul qilindi


📚Yangi mehnat Kodeksida:

📗Ko'p yillik ish staji uchun qo'shimcha ta'til berish tartibi joriy etilmoqda;

📔Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo'shatish paytidagi kafolatlar kiritilmoqda;

📘Xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvni o'tkazish instituti kiritilmoqda;

📒Xodimning shaxsga doir ma'lumotlari mehnat kodeksi bilan mustahkamlanmoqda.

Batafsil yuqoridagi infografikada👆

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hokim_yordamchilari
#sektor_faoliyati

Hokim yordamchisi tashabbusi!

Mahallada aholining xohish va istaklaridan kelib chiqib, ularga AT Xalq banki Zangiota tuman filiali bilan hamkorlikda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kreditlar berilmoqda.

♻️Zangiota tumani 1-sektor hududiga qarashli “Xo‘jamozor” MFY hokim yordamchisi ayni kunlarda 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida zotli qo‘ylar hamda zamonaviy kompyuter to`plami olib berdi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Fuqaro murojaatlari ijobiy hal etilmoqda!
❇️Toshkent viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi Murojaatlar bilan ishlash va Interaktiv xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i A. Xolbekov Zangiota tumani bo‘lim va tashkilot xodimlari bilan birgalikda Zangiota tumani “Navqiron” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

♻️Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Murojaat va muammolar tinglandi va ko‘pgina masalalarga joyida tushuntirishlar berildi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi