Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#mahalla_tashabbus

Zangiota tuman kengashi deputati, 'M.M. Xorazmiy" mahalla raisi S. Giyasova tashabbusi va mahalla faollarining targ'ibot va tashabbuslari natijasida mahalla hududidagi 4 ta ichki ko'chalarning jami 1900 metrli eski ichimlik suvi quvurlari 2- sektor rahbari va aholi homiyligida yangilandi.

📌"E'zoz" 3-tor ko'chasining 410 metr masofasiga aholi va homiylar hisobidan hashar yoʻli bilan yangi asfalt qoplamasi yotqizildi.

🔴Bolalarning quvonchi, qariyalarning duosini olgan barcha tashkilotchilar va hasharchilarning charchoqlari chiqib ketdi.

♻️Savob ishlar davomiyligi uchun yangi rejalar tuzib olindi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani 2-sektor rahbari, prokuror X.Kenjayev tomonidan “Navqiron” MFY binosida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

♻️Qabulga kelgan 20 nafar fuqaro ichki yo'llar, elektr taʼminoti, simyogʻochlar, ichimlik suvi, kadastr va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha sektor rahbariga murojaat qildi.

📌Tinglangan barcha murojaatlar nazoratga olinib, 11 tasi joyida qanoatlantirildi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Сирдарё вилоятига келиб, Сирдарё ва Сайхунобод туманларидаги фермер хўжаликлари даласини кўздан кечирди, фермерлар ва ёшлар билан суҳбатлашди.

- Халқимиз «меҳр кўзда» деганидек, сизлар билан кўришиб, ҳорманглар деб келдим, - деди Шавкат Мирзиёев. - Адолатли ҳакам бўлса, айтиш мумкинки, Сирдарёда ҳам ўзгариш бўлаяпти. Лекин замон шундай шиддат билан ўтаяптики, одамларнинг ниятлари илгарилаб кетяпти. Шунга яраша шароит яратиш, халқимиз талабини қондириш учун янги-янги режалар қилишимиз керак. Бугун азиз Сирдарё аҳлига раҳмат айтиш билан бирга, эришилаётган натижалар бардавом бўлиши учун, туманларнинг, одамларнинг бири икки бўлиши учун зарур йўналишларни белгилагани келдик.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Халқчил Конституцияни яратиш учун шошилмаслик керак

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#uchrashuv

🔰Zangiota tumani AKM binosida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi, O`zbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo`limi raisi Rahmatilla Sheralyev bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.
📖“Mehr manzillari” nomli publitistik maqolalari jamlangan kitob muallifi bilan yaqindan tanishish ilinjida mahalla nuroniylari, tuman ta`lim muassasalari ma`naviyatchilari hamda targ`ibotchilari ishtirok etishdi.
📌Ular orasida ijodkor o`quvchilarning borligi va qiziqarli savollari uchrashuvni yanada jonlantirdi.
⚡️Tadbir tashkilotchilari tuman Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`limi, tuman Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi, tuman AKM hamda TXTB vakillari hamkorlikda o`tkazgan ijodiy uchrashuvda tadbir mehmoni Rahmatilla Sheraliyevning tabarruk yoshlari bilan qutlab samimiy tilaklar bildirishdi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi