ZANGIOTA YOSHLARI
2.25K subscribers
8.44K photos
1.07K videos
29 files
2.61K links
Yoshlar Ishlari Zangiota tuman bo'limidan yangliklar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#DXX_kubogi_2024

⚽️Qariyb uch oy davomida Zangiota tumanda futbol shukuhi kezmoqda.

📍Zangiota tumanida joylashgan Mudofaa vazirligi Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida final o'yini bo'lib o’tdi.

💥 Final yakunida g‘olib jamoalarga tuman hokimi, Davlat xavsizlik xizmati va sektor rahbarlari tomonida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra katta futbol musobaqasida
🥇 Fayz mahallasi
🥈 Mevzor mahallasi
🥉 Madaniyat mahallasi

Mini futbol bo'yicha erkaklar o'rtasida
🥇 Katta Chinor mahallasi
🥈 Gulzor mahallasi
🥉 Qaxramon mahallasi

Mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasida
🥇 4 sektor jamoasi
🥈 1 sektor jamosi
🥉 3 sektor jamoalari qo'lga kiritishdi.

🏆 Birinchi o’rinni qo’lga kiritgan jamoalar Toshkent viloyati bosqichida Zangiota tumani nomini munosib himoya qilishadi. Jamoalarimizga omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/Zangiota_yoshlar
#yoshlar_oyligi
#yoshlar_bandligi

📌Zangiota tumanida "Yoshlar daftari- imkoniyatlar daftari" shiori ostida yoshlar bandligi ta'minlanmoqda.

Yoshlar oyligi munosabati bilan 8 nafar yer olgan yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilish orqali “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan asbob-uskuna va mehnat qurollari (motokultivator texnikasi) subsidiya asosida ajratildi.

https://t.iss.one/Zangiota_yoshlar
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (Ахборот хизмати)
#kitobxonlik_kuni
#yoshlar_oyligi

Kitob eng yaqin do’stimiz

📚Zangiota tumanidagi 34-umumta’lim maktabida  tashkil etilgan “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan  “Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz” shiori ostida “Kitob eng yaqin do’stimiz” nomli  ovozli o’qish tadbiri tashkil etildi.

📚Jajji kitobxonlar oʻzlari sevib oʻqigan kitoblari, undagi ijobiy va salbiy qahramonlar haqida gapirib berib, koʻrgazma uchun olib borilgan kitoblar bilan tanishdilar.  Bolajonlar nutqlari ravonligini sinab ko’rish maqsadida “Mukofotga kim munosib” nomli kitobni ifodali oʻqib berdilar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (Ахборот хизмати)
#Yoshlar_oyligi

💫AZIZ YOSHLAR!

🤩 Yoshlar - iyun oyi aynan siz uchun bagʻishlangan ajoyib tanlovlar bilan toʻla ekanini bilarmidingiz?!

⚡️Joriy yilning 20 iyun kuni Zangiota tumanida joylashgan Madaniyat bog'ida siz aziz yoshlar uchun, “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkaziladi ushbu sayilda sizlarni bir qancha show dasturlar estiradamiz yulduzlari ishtrokida gala konsert loyihalari kutmoqda.

Barchangizni ushbu tadbirda kutib qolamiz

🏃🏻 Keling, koʻring va ishtirok eting. Eng muhimi “Yoshlar oyligi”da faol boʻling!

📌Manzil : Zangiota tumani Eshonguzar hududida joylashgan Madaniyat bog'i.

⛳️Lokatsiyani bilish uchun 👉 ushbu yozuv ustiga bosing

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#yoshlar_oyligi
#rahbar_va_yoshlar

Zangiota tumanida bo‘lib o‘tgan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar yetakchilari va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan rahbarlar jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilamiz. Sizlarni Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlaymiz!" deya barcha yoshlarni tabrikladi.

Uchrashuv davomida yoshlar oyligi doirasida Basketbol hokim kubogi, Kurash prokuror kubogi, Voleybol Ichki ishlar bo'limi rahbari kubogi va Stol tennis Davlat soliq inspeksiyasi rahbari kuboglarida g’olib bo’lgan yoshlar munosib taqdirlandi.

Shuningdek, yoshlar daftari ro‘yxatida bo‘lgan 20 nafar yoshlarga oliy o‘quv yurtida o'qish to'lov-kontraktlari va 20 nafar yoshlarni safarbarlik chaqiruv rezervi to’lov badallari to‘lab berish uchun sertifikatlar topshirildi.

👉 https://t.iss.one/Zangiota_yoshlar
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (Ахборот хизмати)
#yoʻllanma
#yoshlar_oyligi

💫 Zangiota tumani hokimligi tomonidan tuman yoshlar yetakchilariga Samarqand shahriga yoʻllanma topshirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (Ахборот хизмати)
#Yoshlar_oyligi
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🔰Zangiota tumanida Yoshlar oyligi doirasida Toshkent viloyat hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Zuhra Mirgaziyeva ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o’tdi.

🔰Muloqat tarzida o‘tgan uchrashuvda, yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Shuningdek, ular tomonidan taklif etilgan g‘oya va tashshabbuslar qo’llab-quvvatlandi.

🔰Tadbir so'ngida bir qator yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🔰Zangiota tumanida Yoshlar oyligi doirasida Toshkent viloyat hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Zuhra Mirgaziyeva ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o’tdi.

🔰Muloqat tarzida o‘tgan uchrashuvda, yoshlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Shuningdek, ular tomonidan taklif etilgan g‘oya va tashshabbuslar qo’llab-quvvatlandi.

🔰Tadbir so'ngida bir qator yoshlarga sertifikatlar topshirildi.

https://t.iss.one/Zangiota_yoshlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#yoshlar_tadbirkorlik
#Zangiota_tumani
#yoshlar_daftari_imkoniyatlar_daftari

🇺🇿2024-yil - "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"

🕊Orzularga qanot boʻlib...

Bugun mamlakatimizning barcha jabhasida ijobiy oʻzgarishlar, betakror yutuqlar hamda muvaffaqiyatlar koʻzga yaqqol tashlanib bormoqda.

🟢Allaqachon ana shunday muvaffaqiyatlarning ijrochisiga aylangan mamlakat yoshlari bugungi kunga kelib oʻz tajribalarini, bilim va koʻnikmalarini atrofdagilarga, tengdoshlariga, ortlaridan yetishib kelayotgan yosh avlodga ulashmoqdalar.

🟢Borgan sari ana shunday harakatchan, bilimga chanqoq, o'z ustida tinmay izlanayotgan, qolaversa, mamlakat rahbarining ishonchiga labbay deb javob berayotgan yoshlar safining kengayayotgani fikrimizning dalilidir.

🟢Shu maʼnoda tumanimizdagi yosh tadbirkorlardan biri Barnoxon Uzoqova Oʻzbekiston telekanalining "Kelajakka yoʻl" koʻrsatuvida "Yoshlar daftari" orqali erishgan yutuqlari bilan oʻrtoqlashdi.
#jarayon
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🔰Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero, yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridir.

🔰Shu maʼnoda bugun tuman hokimligi Majlislar zalida Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosari Sirojiddin Nosirov hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida xorijda oʻqiyotgan, migratsiyada yurgan yoshlarning muammolarini o‘rgangan holda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha onlayn "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" oʻtkazildi.
#jarayon
#yoshlar_bilan_uchrashuv

Zangiota tumani, Quyoshli mahalla hududidagi Aloqa xarbiy inistitutida sektor rahbarlari ishtirokida xorijdagi yoshlar bilan onlayn "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" oʻtkazildi.

https://t.iss.one/Zangiota_yoshlar
#Zangiota_tumani
#Yoshlar_yetakchilari
#Bolalar_tashkiloti
#Saylov_2024

🗣🗣🗣
"MAKTAB SARDORLARI" SAYLOVI TASHKIL ETILDI
📅
Barchaga ma'lumki joriy yilning 12-noyabr kunidan 16-noyabrigacha "O'zbekiston bolalar tashkiloti" hamda "Yoshlar ishlari agentligi" qo'shma qaroriga asosan "Maktab sardorlari" saylovlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Zangiota tumani QURILISH MFY Yoshlar yetakchisi tomonidan bugun 36-maktabda Sardorlar saylovi o'tkazildi

Media va IT👩‍💻,
Sport va salomatlik⛹‍♂,
San'at va ma'daniyat🤹‍♀,
Imkon👨‍🦼‍➡️,
Yashil makon👩‍🌾 yo'nalishlarda sardorlar saylandi.🔥

🙂‍↔️1-Bosh sardor🫅 ochiq ovoz berish jarayoni bilan saylandi.

Saylovda g'olib bo'lgan nomzodlarga "O'zbekiston bolalar tashkiloti" tomonidan taqdim etilgan ishonch yorlig'lari topshirildi!
#Zangiota_tumani
#Yoshlar_yetakchilari
#Bolalar_tashkiloti
#Saylov_2024

🗣🗣🗣
"MAKTAB SARDORLARI" SAYLOVI TASHKIL ETILDI
📅
Barchaga ma'lumki joriy yilning 12-noyabr kunidan 16-noyabrigacha "O'zbekiston bolalar tashkiloti" hamda "Yoshlar ishlari agentligi" qo'shma qaroriga asosan "Maktab sardorlari" saylovlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Zangiota tumani Кенг кечик MFY Yoshlar yetakchisi va maktab Manaviyat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari birgalikda bugun 23-maktabda Sardorlar saylovi o'tkazildi

Media va IT👩‍💻
Sport va salomatlik⛹‍♂
San'at va ma'daniyat🤹‍♀
Imkon👨‍🦼‍➡️,  7
Yashil makon👩‍🌾6  yo'nalishlarda sardorlar saylandi.🔥

1-Bosh sardor ochiq ovoz berish jarayoni bilan saylandi.

Saylovda g'olib bo'lgan nomzodlarga "O'zbekiston bolalar tashkiloti" tomonidan taqdim etilgan ishonch yorlig'lari topshirildi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota_tumani
#Yoshlar_yetakchilari

Zangiota tumanida faoliyat olib borayotgan bir qator yoshlar yetakchilarning ota-onalari, Toshkent viloyat hokimining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

https://t.iss.one/Zangiota_yoshlarc