ZANGIOTA YOSHLARI
864 subscribers
8.16K photos
973 videos
29 files
2.44K links
Yoshlar Ishlari Agentligi Zangiota tuman bo'limi
Murojaat uchun:

Murojaat bot: @Zangiotamurojaatbot
Download Telegram
#Chilla_iste’dodlar_mavsumi

KO‘L BO‘YI YOSHLAR BILAN GAVJUM, SARATONNING ERKA SHAMOLLARI OHISTA ESMOQDA

Nurafshon shahridagi "NURAFSHON BEZNES CITY" hududidagi ko‘l bo‘yida "Chilla – isteʼdodlar mavsumi” madaniy tadbirlariga start berildi.

Tadbirni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov ochib berdi, bisotidagi eng yaxshi tilaklarni yoshlarga tiladi.

Mazkur hududdagi koʻl boʻyida pavilyonlar tashkil etilgan boʻlib, 1-pavilyonda musiqa ijrochilari hamda raqs guruhlarining chiqishlari namoyish etilmoqda.

Toshkent viloyatida azaldan xalq ijrochiligi, anʼanaviy maqomchilik yaxshi rivojlangan. Sahnada ana shu oʻlmas durdonalardan tayyorlangan musiqiy kompozitsiya yuraklarni hayajonga soladi.

"Chilla – iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiri doirasida 2-pavilyonda zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Madaniy tadbirga yigʻilgan  yoshlarning kayfiyati koʻtarinki darajada.

Jumladan, 3-pavilyonga yigʻilgan oʻgʻil-qizlar davrasiga qo‘shilgan kishi koʻchma kinoteatrda filmlar namoyishga guvohi bo‘lmoqda.

4-pavilyon ham yoshlar bilan gavjum. Unda ishtirokchilar oshpazlik mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, mazkur tadbir orqali gastronomik turizmni targ‘ib qilish ham maqsad qilingan.

5-pavilyonda tashkil etilgan tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasida yosh iste’dodlilar qatnashmoqda.

Bu kabi tadbirlar yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kamolotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, kasbiy o‘sishiga ham xizmat qiladi.

Muazzam maydon uzra chinakam yuqori kayfiyat hukmron. Bu kayfiyat 6-pavilyonda tashkil etilgan konsert dasturida, gulxan atrofidagi gurunglarda yaqqol namoyon boʻlayapti.

Eslatib o‘tamiz, bugungi tadbirda Angren hamda Ohangaron shahridan kelgan yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbirlar 30-iyulga qadar davom etadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#bilasizmi

Xotin-qizlar qayerlarda bepul o‘qiydi?

1️⃣ Magistraturada:

‼️ Magistraturaga kontraktga o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning kontrak puli davlat tomonidan to‘lab beriladi.

2️⃣ Kollej, texnikumlarning ba'zi yo‘nalishlarida:

‼️ 2023-2024 o‘quv yilidan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida oqiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim olishi belgilangan.
Forwarded from Zarina Lukhmanova
School 21 da BEPUL ITni o‘rganing 💻

Toshkent shahridagi raqamli texnologiyalar maktabi School 21da IT sohasida noldan bepul ta’lim olish imkoni mavjud. Bu yerda siz Java, Python, Swift va boshqalar kabi 9 ta talab yuqori bo’lgan dasturlash tillarini o‘rganishingiz mumkin.

Maktab uzluksiz –haftasiga 7 kun va sutkasiga 24 soat ishlaydi. 18 yoshdan oshgan barcha xohlovchilar School 21 ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

O‘qishga keling va 22 avgustgacha 21-school.uz saytida ariza qoldiring.
Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📞 +998 93 0394447

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Parij-2024: O‘zbekistonlik 90 nafar sportchi 75 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi

👉@Sardor_Ikramovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#yoshlar_bilan_uchrashuv

🔰Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero, yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridir.

🔰Shu maʼnoda bugun tuman hokimligi Majlislar zalida Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, sektor rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosari Sirojiddin Nosirov hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida xorijda oʻqiyotgan, migratsiyada yurgan yoshlarning muammolarini o‘rgangan holda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha onlayn "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" oʻtkazildi.
“BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Mustaqilllikning 33 yilligi “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanadi.
Forwarded from Miraziz Mirsultonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM