Yoshlarni qo'llab-quvvatlash|Rasmiy kanal
114K subscribers
5.72K photos
1.82K videos
250 files
8.76K links
Talabalar, o'quvchilar, yoshlar, abituriyentlar va pedagoglar kanali

Guvohnoma № 069232
Litsenziya С-5669166

Murojaat uchun: @Yqqmurojaatbot
Sayt: www.Yqqedu.uz
Kanal: @yqqeduuz
Tijoriy hamkorlik uchun: @UNIHUB_Agentligi

Kanal imzosi: 📌
Download Telegram
Noutbuk, iPad va smartfonni qo‘ldan boy berang: “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida onlayn olimpiada e’lon qilindi!

Poytaxt hokimligi “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligiga bu yil juda boshqacha tayyorgarlik ko‘rgani yaqqol sezilib turibdi. Buni e’lon qilinayotgan bir-biridan qiziqarli loyihalardan ham bilsa bo‘ladi. Oylik doirasida ana shunday ajoyib loyihalardan yana biri — @poytaxtuzbot Telegram botida onlayn olimpiadaga start berildi.

Olimpiadadan maqsad — yoshlar orasida Toshkent shahrining tarixi, boy madaniy-merosi haqidagi bilimlarni oshirish hamda ularning mantiqiy tafakkurini kuchaytirishdan iborat. Gʻoliblarga noutbuk, iPad va smartfon bilan mukofotlanadi. Talabalar uchun zo‘r imkoniyat, qo‘ldan chiqarmaslik kerak!

Ishtirok eting va g‘oliblar safida bo‘ling: 👉 @poytaxtuzbot
Forwarded from GOLDEN BRAIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Metro va avtobusda yurish narxi 1-yanvardan Toshkentda 3000 so‘m etib belgilanadi.

2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilanmoqda:

▪️bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi;

▪️bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 4 000 (to‘rt ming) so‘m;

▪️qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.

Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
DAROMAD VA XARAJAT 3-CHORAK.pdf
261.7 KB
📌 2024-yilda 3-chorak holatiga(9 oylik) eng ko'p daromad korgan va xarajat qilgan oliy ta'lim muassasalari e'lon qilindi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ochiq ma'lumotlar sahifasida 2024-yil 3-chorakgacha(9 oylik) Davlat oliy ta'lim muassasalarining 2024-yil 1-oktabr holatiga ko'ra daromadlari va xarajatlari to'g'risida ma'lumot joylandi.

💸 Unga ko'ra eng ko'p daromad ko'rgan oliy ta'lim muassasalari beshtaligini quyidagi OTMlar egallagan:

1️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 623 mlrd. 373 mln. so'm
2️⃣ O‘zbekiston milliy universiteti 430 mlrd. 009 mln. so'm
3️⃣ Farg'ona davlat universiteti 332 mlrd. 442 mln. so'm
4️⃣ Urganch davlat universiteti 295 mlrd. 982 mln. so'm
5️⃣ Qoraqalpoq davlat universiteti 295 mlrd. 599 mln. so'm

2024-yil 3-chorak holatiga(9 oylik) sof daromad ko'rgan oliy ta'lim muassasalarining top 5taligi:

1️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ⬆️ 151 mlrd. 780 mln. so'm
2️⃣ Farg'ona davlat universiteti ⬆️ 77 mlrd. 587 mln. so'm
3️⃣ Samarqand davlat chet tillar instituti ⬆️ 75 mlrd. 938 mln. so'm
4️⃣ Chirchiq davlat pedagogika universiteti ⬆️ 51 mlrd. 616 mln. so'm
5️⃣ O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ⬆️ 48 mlrd. 655 mln.

2024-yil 3-chorak holatiga(9 oylik) xarajatlari daromadidan ko'p bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining top 5taligi:

1️⃣ Samarqand davlat universiteti ⬇️ -27 mlrd. 649 mln. so'm
2️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ⬇️ -27 mlrd. 453 mln. so'm
3️⃣ Jizzax davlat pedagogika universiteti⬇️ -26 mlrd. 756 mln. so'm
4️⃣ Buxoro davlat pedagogika instituti ⬇️ -22 mlrd. 930 mln. so'm
5️⃣ Qarshi davlat universiteti ⬇️ -19 mlrd. 917 mln. so'm

Umumiy hisobda 2024-yil 3-chorak holatiga(9 oylik) Davlat oliy ta'lim muassasalari 8 trln. 744 mlrd. 465 mln. so'm daromad ko'rib 7 trln. 607 mlrd. 396 mln. so'm xarajat qilgan.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yoshlar uchun taniqli tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi yoshlarga yana bir ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Oylik doirasida 29-noyabr kuni soat 15:00 da “Zakovat arena” binosida yoshlar tadbirkorligi yoʻnalishi boʻyicha boʻlib oʻtadi. Unda bir qancha taniqli tadbirkorlar ishtirok etishadi.

Biznesni o‘rganish uchun qanaqadir soxta motivatorlarning treninglariga emas, mana shunday haqiqiy tadbirkorlarning muloqotiga borib, ularning maslahat va tavsiyalarini olish kerak. Doim ham bepulga bu kabi imkoniyatlar boʻlavermaydi. Quyidagi bot orqali roʻyxatdan oʻting va muloqotda qatnashing!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @poytaxtuzbot
📌 Kredit modul tizimida "otrabotka" degan narsa yo'q deb ko'p uqtirishadi, bundan tashqari bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilishi belgilangan.

Bizga kelayotgan murojaatlarga ko'ra hali NBlari 25 foizga yetmagan talabalardan 12 varoqli daftarga "otrabotka" yozdirayotgan emish.

Diqqat savol: nimaga asoslanib "otrabotka" qilinyapti? Kredit-modul tizimida "otrabotka" degan narsa bormi?

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Hotamov

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishidagi ochiq muloqotda “Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Hotamov xususiy ta’limning O‘zbekistondagi o‘rni haqidagi savolga javob berdi.

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
😉😄🙃 😊😌🙂😌

⌨️Darslarimiz telegram platformasida bolib o'tadi jonli chat orqali.

📆Darslarimiz -5-dekabrdan boshlanadi

Darslar haftada 3kun 20.00dan 21.00gacha

💸Narxi 150.000

❗️Uyga topshiriqlar beriladi va qat'iy nazorat qilib tekshiriladi. Har dars lug'atlar berib boriladi va quiz test orqali tekshiriladi.

Namuna darsga qatnashish uchun bog'laning👇

📲Murojaat uchun
@Diamond_education_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentlik ota-onalar diqqatiga: poytaxtda iste’dodli bolajonlar uchun ajoyib tanlov e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida poytaxtning iste’dodli bolalari uchun “Orzu” bolalar ijodiyoti tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda 6–8, 9–11 va 12–14 yosh toifasidagi o‘quvchi-bolalar quyidagi 6 yo‘nalishning birida yakka yoki jamoaviy tarzda qatnashishi mumkin:
⁃ klassika;
⁃ vokal;
⁃ cholg‘u;
⁃ raqs;
⁃ tasviriy va amaliy san’at;
⁃ adabiyot.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talabgorlar 5-dekabrga qadar Telegramdagi @orzu_fest_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 98 369 44 54

Tanlov nizomi va batafsil ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Prezident ketganidan keyin daraxtlar ham ketyapti….

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💸 600 000 000 SO'MLIK GRANT! 💰

🎓 IT Time Akademiyasi 150 nafar talabaga GRAND asosida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi!

📍 Kimlar qatnasha oladi?
Toshkentda yashovchi yoki o'qiyotgan bo'lsangiz, aynan SIZ ham g'olib bo'lishingiz mumkin!

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va Grand asosida dasturlash kurslarida o'qing!

🔗 https://forms.gle/D54iAEWt2VtQGRAL6

👉 @it_time
📌 Bu hafta O'zbekistonliklarni ketma-ket 3 kunlik dam olish kunlari kutmoqda.

Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun 7-8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

Asos: Mehnat kodeksining 208-moddasi

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
📌 My.gov.uz mobil ilovasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan ta’lim xizmatlari soni 11 taga yetdi.

📱 Endilikda siz, my.gov.uz mobil ilovasi orqali vazirlikning quyidagi xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan);

🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (litsey va kasbiy ta’lim);

🔠 Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;

🔠 Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish;

🔠 Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;

🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish;

🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;

🔠 Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish;

🔠 Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida ma’lumot olish.

📲 Smartfonimiz har doim yonimizda bo‘lgani uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda my.gov.uz mobil ilovasi eng qulay tanlov hisoblanadi.

📱 Ilovani yuklab olish bu yerda: Google Play va AppStore.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 RASMAN: Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
🙃😄☺️☺️🙂😉 ☺️😄🙂🙂😌😉😉🥹

RUS TILI 99MING SO'MDAN

⌨️Darslarimiz telegram platformasida bolib o'tadi jonli chat orqali.

📆Darslarimiz -5-dekabrdan boshlanadi

Darslar haftada 3kun 20.00dan 21.00gacha

💸Narxi 150.000
99. 000 Ming so'm

❗️Uyga topshiriqlar beriladi va qat'iy nazorat qilib tekshiriladi. Har dars lug'atlar berib boriladi va quiz test orqali tekshiriladi.

Namuna darsga qatnashish uchun bog'laning👇

📲Murojaat uchun
@Diamond_education_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM