Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.32K subscribers
21K photos
4.34K videos
464 files
9.24K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Qadrli kuzatuvchilar!

Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati 1-may kuni yakunlanadi.

Avval xabar berganimizdek , turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 6384 nafar fuqaro ariza topshirgan.
__________
Уважаемые соотечественники!

Подача
заявок (документов) для сдачи экзаменов в экстернальном порядке завершается 1 мая т.г.

Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно).

На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 6384 граждан.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_6

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Ertaga — 23-apreldan boshlab O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan attestatsiya sinovlari boshlanadi hamda 25-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

❗️Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1567

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Утверждены методические рекомендации и материалы для итоговой государственной аттестации учащихся выпускных классов

Научно-практический центр педагогического мастерства и международного оценивания Министерства дошкольного и школьного образования разработал спецификации для итоговой аттестации и итоговых государственных аттестационных экзаменов (устных и письменных) по предметам для учащихся выпускных классов.

❗️В них содержатся необходимые методические рекомендации и материалы для итоговой государственной аттестации учащихся 9 и 11 классов общеобразовательных школ, а также специализированных школ и школ-интернатов для детей с особыми образовательными потребностями.

👉 Подробно: https://uzedu.uz/uz/announces/1567

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"YOSHLIK SPORT JAMOALARI" ning basketbol turidan umumtalim maktablarining 8-10-sinf o'quvchilari o'rtasida Xorazm viloyati final birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'smirlar o'rtasida
1-o'rinni Xiva shahar
2-o'rinni Xonqa tumani
3-o'rin Shovot tumani
3-o'rinni Hazorasp tumani

Qizlar o'rtasida
1-o'rinni Xonqa tumani
2-o'rinni Shovot tumani
3-o'rinni Yangiariq tumani
3-o'rinni Hazorasp tumani
egalladi.

🏆 Respublika final bosqichida Xiva shahar va Xonqa tumani jamoasi qatnashadi.
❗️JURNALIST, BLOGERLAR DIQQATIGA!

Аttestatsiya jarayonlari shaffofligini kuzatish maqsadida Оmmaviy axborot vositalari xodimlari uchun press tur o‘tkaziladi


Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida press tur o‘tkazilаdi.

Tadbir davomida Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlarining oʻtkazish jarayonlari kuzatiladi.

Press tur Urganch tumanidagi 36-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2024-yil 24-aprel kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jurnalist hamda OAV xodimlarini jarayonda ishtirok etishga taklif qiladi.

Murojaat uchun telefon: +99899 560 81 48

Manzil: Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i, Mevazor mahallasi, Quvonch ko‘chasi 51-uy

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Farzandingiz ijtimoiy tarmoqlarda qanday kontentga koʻproq qiziqayotganini nazorat qilasizmi?

Koʻngilsiz voqealarni oldini olish maqsadida bolalar tomosha qilayotgan videomateriallar mazmun-mohiyatiga eʼtiborli boʻling!

📲 Uyali aloqa vositalaridan toʻgʻri foydalanishlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq oʻrgating!

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_soati

Oʻtkazilgan navbatdagi “Vazir soati”da muhim masalalar muhokama etildi


Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohada olib borilayotgan qator vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan maktab taʼlimini rivojlantirish, oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimi va sifatini oshirish, malaka toifa sinovlarini oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

🔹Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi qator maktablarda oʻquvchilarni 27 ta turdagi kasb-hunarga oʻrgatish tizimi joriy etilganligi hamda bu tashabbus oʻz samarasini berayotganiga urgʻu berib oʻtdi. Vazirlik hamda hududiy masʼullarga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar darajasini yanada jadallashtirish vazifasi qoʻyildi.

🔹Jumladan, kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlarini ish beruvchi yirik korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish, hududiy masʼullar va maktab direktorlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil etish, 2024-2025-oʻquv yilidan oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishini joriy etish boʻyicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda joriy yilda oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur choralar haqida fikr yuritildi.

🔹Shuningdek, ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa sinovlarini namunali tashkil etish, jarayonlarni adolatli va shaffof oʻtkazish boʻyicha masʼullar oldida turgan muhim vazifalar aytib oʻtildi.

👉 Tadbir soʻnggida vazirlik masʼullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚦 yashil_chiroq_2024

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib etishga qaratilgan "Yashil chiroq-2024" musobaqasining Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
———
Мактаб ўқувчилари ўртасида йўл ҳаракати қоидаларини тарғиб этишга қаратилган "Яшил чироқ-2024" мусобақасининг Урганч шаҳар босқичи бўлиб ўтди

👉🏻 Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati