Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.34K subscribers
21.1K photos
4.37K videos
464 files
9.31K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
#taqdirlash 
#Lider_oʻqituvchilar_olimpiadasi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ega bo‘lishdi.

Xorazm viloyatidan Fan kengashiga a'zolikni qo‘lga kiritgan ustozlar:

▫️Sadullayev Shoxrux - Yangiariq tuman IM (informatika)
▫️Qutlimuratov Davul - Hazorasp tuman IM (biologiya)
▫️Bekchanova Muazzamxon - Xonqa tuman IM (biologiya)
▫️Egamberdiyev Atabek - Hazorasp tuman IM (fizika)

💥 Qolaversa, informatika fanidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Shoxrux Sadullayev Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi o‘tkazilganligi va har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafar o‘qituvchi, xususan viloyatimizdan

▫️Sadullayev Shoxrux - Yangiariq tuman IM(informatika)
▫️Qutlimuratov Davul - Hazorasp tuman IM (biologiya)
▫️Bekchanova Muazzamxon - Xonqa tuman IM (biologiya)
▫️Egamberdiyev Atabek - Hazorasp tuman IM (fizika)

ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Quvonarlisi, informatika fanidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Shoxrux Sadullayev Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.

Bugun o‘qituvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi.

Ustozlar boshqarma mas'ullari ishtirokida munosib kutib olindi.

Ishtirokchilar ularni erishgan natijasi bilan samimiy qutlab, faoliyatiga rivoj tiladilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
"9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida qator tadbirlar tashkil etiladi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida "9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va Maktabgacha ta’lim agentliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Vidoyekonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda:

“Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon sharaf”, Qurolli Kuchlar davlat muzeylari, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi hamda joylardagi muzey va Xotira maydonlariga barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘quvchilarning ekskursiyalarini tashkil etish;

mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholini tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda qahramonlik ko‘rsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xizmatchilar tahsil olgan maktablarda xotira tadbirlarini o‘tkazish;

o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini uyushtirish;

umumta’lim maktablarida faxriylar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi g‘alabasiga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasini aks ettirishga qaratilgan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslarini o‘tkazish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🇷🇺 Rus tili o’qituvchilari va rus tiliga qiziquvchilar eshitishi shart!

DI language markazida TRKI imtihonlari tashkillashtirilmoqda.

☝️ Imtihondan o’tib, TRKI sertifikatini qo’lga kiritsangiz:

- 50% ustama
- universitet imtihonlarida imtiyoz
- majburiy attestatsiyadan ozod bo’lish kabi imkoniyatlarga ega bo’lasiz.

Imtihon 11-may kuni DI language markazida bo’lib o’tadi.

Hoziroq ro’yxatdan o’ting.

Murojaat uchun
👩‍💻 Operator

📞 +998770111008
📍 Manzil lokatsiyasi

Instagram | Telegram
Qadrli kuzatuvchilar!

Eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun ariza berish (hujjat topshirish) muddati 1-may kuni yakunlanadi.

Avval xabar berganimizdek , turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan, ya’ni maktabni tamomlamagan fuqarolar eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni topshirish uchun ariza berish muddati my.gov.uz portali orqali 1-mayga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Shu kunga qadar eksternat tartibidagi imtihonlarda ishtirok etish uchun 6384 nafar fuqaro ariza topshirgan.
__________
Уважаемые соотечественники!

Подача
заявок (документов) для сдачи экзаменов в экстернальном порядке завершается 1 мая т.г.

Как сообщалось ранее, гражданам, не получившим своевременно общее среднее образование по разным причинам, предоставлена возможность подачи заявок через портал my.gov.uz до 1 мая (включительно).

На сегодняшний день для участия на экзаменах в порядке экстерната приняты заявки от 6384 граждан.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_6

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Ertaga — 23-apreldan boshlab O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan attestatsiya sinovlari boshlanadi hamda 25-aprelga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bitiruvchi sinf oʻquvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi (ogʻzaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.

❗️Unda umumtaʼlim maktablari va alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9- va 11-sinf oʻquvchilarini tegishli fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha zarur metodik tavsiya va materiallar oʻrin olgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1567

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM