Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.37K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.31K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
TAYINLOV

Jumaniyozov Shokir Ro‘zmetovich Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Jumaniyozov Shokir Ro‘zmetovich tayinlandi.

Bugun tumanda bo'lib o'tgan yig'ilishda yangi rahbar soha jamoatchiligiga tanishtirildi.

Shokir Jumaniyozov bugungi kunga qadar Qo‘shko‘pir tumani 18-son maktab direktori lavozimida ishlagan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XAYRLI TASHABBUS – TELEFONSIZ MAKTAB

Kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan telefon nafaqat kattalar, balki, o‘quvchi yoshlarning ham ko‘p vaqtini olayotgani hech kimga sir emas.

Ayniqsa, dars paytida o‘quvchilarning ham, o‘qituvchilarning ham diqqatini chalg‘itib, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri telefonlardir.
       
Shu sabab, Gurlan tumanidagi 6-son Aniq fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashgan sinflar mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tashabbusni qo‘lga olib “Telefonsiz maktab” loyihasini amalga oshirayotgani tahsinga loyiqdir.
       
O‘ylaymizki, bu loyiha o‘quvchilarning yanada chuqur bilim olishiga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.
       
Mirzabek JAPAQOV, Gurlan tumani.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
Xorazm viloyati Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida STEAM yo‘nalishida tashkil etilgan "Barkamol avlod yulduzlari" ochiq tanlovining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal‘a tumanidagi 17-son va 55- son maktab o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Nuraddinova E‘zoza, To‘xtaboyev Bexruz, 2-o‘rinni Davletov Ibrohim, Bahodirov Lazizbek, 3-o‘rinni Yaqubboyeva Gulzebo, Primbetova Umida, Artiqboyev Asadbeklar qo‘lga kiritdi.

G‘olib tanlov ishtirokchilari 1-2-3-darajali diplom, medal va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan 2 nafar o'quvchi "Barkamol avlod yulduzlari" tanlovning final bosqichiga yollanmani qolga kiritdi.

Endigi navbat g'olib o'quvchilar mart oyida bo'lib o'tadigan tanlovning final bosqichida tengdoshlari bilan bahslashadilar.

Omad yor bo'lsin!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Эълон

Мактабларда шоир ва ёзувчилар билан ижодий учрашувлар ҳамда сайёр китоб савдо-марафонлари ташкил қилинади!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг  2017 йил 13 сентябрдаги “Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Хоразм вилояти Мактабгача ва мактаб таьлими бошқармаси ҳамда “Урганч китоб маркази” маънавий-маърифий савдо мажмуаси ҳамкорлигида, Ҳазорасп туманида “ЭНГ КИТОБХОН МАКТАБ” лойиҳаси ӯтказилади.

Лойиҳа доирасида Ҳазорасп туманидаги умумтаълим мактабларида ижодий учрашувлар,сайёр китоб савдо-марафонлари 1 февралдан-15 февралгача, ҳар куни 5 та мактабда соат 10:00 дан 16:00 гача ташкил қилинади.

Лойиҳа якунида умумий натижаларга кўра 5 та наминация бӯйича ғолиб бӯлган мактабларга, ташкилотчилар ва сектор раҳбарлари томонидан қимматбаҳо совғалар тантанали равишда топширилади.

Ҳазорасп туман ММТБ Ахборот хизмати.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
#Ijtimoiy_rolik

⚡️Xalq xizmatchisi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Xalq xizmatchisi" nomli ijtimoiy rolikni taqdim etadi.

Rolikda og‘ir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, og‘riqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.

Bugun davlat xizmatida qahramonimizga o‘xshagan kadrlar juda ko‘p. Har biringizni qadrlaymiz.Toki bugun davlat xizmatchisi bo‘lish qanchalik sharafli yo‘l ekanligini anglagan ekansiz, O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil boradi.

Yoshlarimizga, davlat xizmatchilarimiz va keng jamoatchilikka tomosha qilish tavsiya etiladi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI XONQA TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA

Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 31-yanvar kuni Xonqa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosida soat 11:00 da boshlanadi.

Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.

Manzil: Xonqa tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 29-uy

Murojaat uchun telefon:
+99862 22 8 11 70

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt