Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.43K subscribers
21.2K photos
4.4K videos
464 files
9.35K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish sho‘basi tomonidan barcha umumta’lim maktablari rahbarlariga zoom dasturi orqali seminar trening o‘tkazildi.

Yig‘ilishda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar (yangi tahriri) va “Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti”ni baholash mezonlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Kelgusida maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonida “Zamonaviy maktab”larga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladigan baholash natijalari hisobga olinishi ta’kidlandi.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO OLIMPIADA G'OLIBI MUNOSIB KUTIB OLINDI
12.11.2023

📲@XorazmTELEKANAL✔️

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

XORAZM HAFTA ICHIDA | ROBO-CODING OLIMPIADASI OʻTKAZILDI
#xorazm_MTRK

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan olimpiada jarayonlari.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👁‍🗨 Dekabr uchun IQ TEST!

📆 15-dekabr kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida navbatdagi IQ TEST bo‘lib o‘tadi

➡️ Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⬇️ Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ Testda ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎁 G‘olib va ishtirokchilar kitoblarimiz uchun natijasiga mos ravishda chegirmalarni qo‘lga kiritishadi!

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

📰 Axborot hamkori INNOVATOR ilmiy ommabop jurnali

⚙️ Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso
O‘zbek imo-ishora tili bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-407-son qarori ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek imo-ishora tiliga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish, shuningdek xalqaro imo-ishora tilini o‘rgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Karlar va Ko‘zi ojizlar jamiyati rahbarlari, Innovatsion rivojlanish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Nizomiy nomidagi TDPU hamda Chirchiq davlat pedagogika universitetlaridan malakali mutaxassislar ishtirok etishdi.

⚡️Yakunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan qo‘shma qaror imzolanishiga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yil 7-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yangiariq tumani 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bolalarga sifatsiz keytering mahsulotlari berilayotganligi haqida xabar tarqatildi.

Mazkur holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Tadbirkor tomonidan bolajonlarga tarqatilgan mahsulotlar hududiy Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari tomonidan kunlik nazoratdan o‘tkazilib, joylarga yetkazishga ruxsat berilganligi, shuningdek, maktabda 5 nafar (maktab direktori, hamshira va ota-onalar vakillari) a’zodan iborat maxsus komissiya tomonidan shu kungi nonushta sifati tekshirilib qabul qilinganligi aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar o’z isbotitni topmaganligini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati
Forwarded from KHISO KHOREZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

2023-yil 14-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Mahallaga maktab kerak” sarlavhasi ostida maqola tarqatildi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni bildiramiz.

Xiva tumani, “Gandimiyon” mahallasiga tumandagi 32-son maktab 3,5 km oraliqda joylashganligi, maktab bugungi kunda 433 nafar o‘quvchi hisobiga 1,3 koeffitsentda faoliyat olib borayotgani, shuningdek, yondosh mahalla hisoblangan “Atajon To‘ra” mahallasida 6-son, 23-son maktablar ham mavjud bo‘lib, 2,5 km oraliqda joylashganligi sababli mazkur mahallaga yangi maktab qurishga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, 2024-yilda Xiva tumanidagi 23-son maktabga 300 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan qo‘shimcha bino qurish rejalashtirilgan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
📣 Diqqat, e’lon!

❗️HURMATLI KUZATUVCHILAR!

📒 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi qayta tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.

🔴 Endi yangiliklarimizni ushbu yangi sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin: 👉 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmdayam bolalarni urib tarbiya qilishar ekan” sarlavhasi ostida videolavha tarqatildi.

Videolavhada Urganch tumani 23-son maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchilarga qo‘pol muomalada bo‘layotgan holati keltirilgan.

Ushbu vaziyatni o‘rganish maqsadida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirilib, vakolatli tashkilot vakillari hamkorligida o‘rganilmoqda.

Ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari yakuniga yetgach batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt