Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.44K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.44K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Survey

Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarga munosabatini o'rganish yuzasidan onlayn so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Ushbu so'rovnomada ishtirok etib, vazirlik va tizim tashkilotlar faoliyatini baholang.

❗️ Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://t.iss.one/korrupsiyammtv

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🎁 Talablarga binoan "Bayram chegirmasi" (3-sentabrgacha)

📚 Jami 8 ta kitobimiz nashrdan chiqqan bo‘lib, ularning ro‘yxati:

1. Mantiqiy matematika testlari (1-qism);
2. Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda nashr etilgan
"Matematika" kitobimiz;
3.
"Matematikadan olimpiada testlari" (1-qism);
4.
Mantiqiy matematika testlari (2-qism);
5.
"Tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish" to‘plami (1, 2, 3-kitoblar)
6.
"Matematikadan olimpiada testlari-2: Ulug‘bek izdoshlari-2023" (2-qism);

ℹ️ Kitoblarimiz haqida batafsil video ma'lumot: ➡️ t.iss.one/khiso/4283

📚 Kitoblarimiz fan olimpiadalariga, prezident va ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

📹 Innovatsion kitobda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

🔖 O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

✍️ Buyurtma berish uchun: ➡️ @khiso_lc_admin

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#OAV_biz_haqimizda
#Maxsus_reportaj

Репортаж 24 | Мактабгача таълим ташкилотларида «Ақлвой – ошпаз» таомномаси асосида соғлом овқатлантириш тизими
________________________________

#Сми_о_нас
#Специальный_репортаж

Репортаж 24 | Современные стандарты питания в системе дошкольного образования

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yil 17-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xonqada maktablar direktorlaridan istirohat bog‘ini ta’mirlash uchun pul yig‘ilmoqda” sarlavhasi ostida murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktabi direktorlari nomidan yo‘llangan bo‘lib, ular tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi istirohat bog‘ini ta’mirlash uchun har xil qushlar, haykallarni olib kelishlari majburiyatini yuklayotganini keltirganlar.

Holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish o‘tkazildi.

Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalari rahbarlaridan tushuntirish olish yo‘li bilan holat o‘rganilganda xodimlarning ish haqidan noqonuniy ushlab qolish va qo‘rqitish yoki tahdid qilish orqali majburiy mehnatga jalb qilish holati o‘z tasdig‘ini topmadi.

Xonqa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktabi direktorlari istirohat bog‘ini qo‘l ishlari bilan bezatishni, xususan, texnologiya fani o‘qituvchilari ko‘magida turli xil haykallarni qo‘lda yasashni tavsiya qilganligi aniqlandi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент янгиланган Республика болалар кутубхонасида ёш китобхонлар билан суҳбатлашди

Президент пообщался с юными читателями в обновленной Республиканской детской библиотеке

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев янгиланган Республика болалар кутубхонасини бориб кўрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил обновленную Республиканскую детскую библиотеку.

#Mirziyoyev #tanishuv #marifat #kutubxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
E ‘ L O N

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-avgustdagi 472-son qaroriga asosan Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul keytering usulida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul keytering usulida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash istagini bildirgan (sanitariya qoidalariga muvofiq moddiy-texnika bazasi mavjud belgilangan talablarga mos, salohiyatli) tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari asosida navbatdagi elektron tanlov o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ushbu telefon raqamiga +99899 046 30 57 murojaat etishlari mumkin.

Xorazm viloyati hokimligi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Бироздан сўнг "Кўксарой" қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан давлат мукофотларини топшириш маросими бошланади.

Скоро в резиденции "Куксарой" с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется церемония вручения государственных наград по случаю тридцать второй годовщины независимости Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malakasi oshirilmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) loyihasi doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanidan o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlangan.

Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etiladi.

Seminar-trening mashgʻulotlari respulika bosqichida faol qatnashib kelgan malakali trenerlar tomonidan qiziqarli va zamonaviy metodlar asosida olib borilmoqda.

Bugun, seminar yakunida “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) loyihasining mutaxassislari Feruza Tursunova va Umida Djurayevalar ham ishtirok qildilar.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt