Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.42K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from KHISO olimpiada
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

👋 Xorazmlik o‘quvchilar diqqatiga!

21-iyul kuni Prezident maktablariga tayyorlash bo‘yicha Xorazm viloyatining eng ilg‘or markazlaridan biri - Ustoz Uz o‘quv markazi bilan hamkorlikda asosiy bosqich imtihoni standartidagi oflayn maxsus test!

📈 Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
📊 Muammoni hal qilish (24 ta savol);
🇬🇧 Ingliz tili (40 ta savol)

📝 Test ishtirokchilari haqiqiy imtihondagidek maxsus javoblar varaqasidan foydalanishadi.

🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

📘 Har bir ishtirokchi "TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMONI HAL QILISH" innovatsion kitoblar to‘plamimizni super chegirma narxida xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

🏅 G‘oliblar medallar va grantlar bilan taqdirlanadi.

💰Qatnashish to‘lovli!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 95-606-77-99 yoki 99-458-77-69 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

👋 Xorazmlik o‘quvchilar diqqatiga!

21-iyul kuni Prezident maktablariga tayyorlash bo‘yicha Xorazm viloyatining eng ilg‘or markazlaridan biri - Ustoz Uz o‘quv markazi bilan hamkorlikda asosiy bosqich imtihoni standartidagi oflayn maxsus test!

📈 Tanqidiy fikrlash
(16 ta savol);
📊 Muammoni hal qilish (24 ta savol);
🇬🇧 Ingliz tili (40 ta savol)

📝 Test ishtirokchilari haqiqiy imtihondagidek maxsus javoblar varaqasidan foydalanishadi.

🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

📘 Har bir ishtirokchi "TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMONI HAL QILISH" innovatsion kitoblar to‘plamimizni super chegirma narxida xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.

🏅 G‘oliblar medallar va grantlar bilan taqdirlanadi.

💰Qatnashish to‘lovli!

Ro‘yxatdan o‘tish uchun 95-606-77-99 yoki 99-458-77-69 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
MAS'ULLAR O'QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA YANGI TAHRIRDAGI “ODOB-AXLOQ QOIDALARI"NI MUHOKAMA QILISHDI

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Tadbirni kirish so‘zi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Tarbiyaga barcha - o'qituvchi, ota-ona va jamiyat birdek mas'uldir. Bu borada sabablarni to‘g‘ri bahololmaganimiz, amalga oshirilayotgan ishlardan natija ololmaganimiz tufayli hozirgi nuqtaga kelib qoldik. Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida ma'naviyat va tarbiya masalasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning kelajakka qo‘ygan rejalarimiz, intilayotgan marralarimiz juda katta. Bu yo'lda esa ma'nan barkamol, vatanparvar yoshlarga ehtiyojimiz bor.

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova:

-
Bu seminar-treninglar yig'ilish emas, balki mulohazalar, takliflar uchun ochiq maydon tarzida o'tishini istardim. Biz ko'tarayotgan mavzu juda muhim, unda har biringizning taklifingiz soha rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun maktablar uchun “Odob-axloq qoidalari"ning yangi tahririni birgalikda ko‘rib chiqamiz. Men sizlar tomoningizdan bildiriladigan barcha takliflarga ochiqman. Zero, o‘quvchilarimizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yoshlar etib tarbiyalashda biz hammamiz bir jamoamiz, bitta kemadamiz.

✔️ Dilshod Kenjayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari:

- Bugungi ta'lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlar bilan sohaga oid muammolar va ularning yechimlarini ko'rib chiqish uchun yig'ilganmiz. Har bir taklif ustida alohida ishlaymiz. Bu esa yagona maqsad yo‘lida bitta jamoa bo‘lib ishlashga yordam beradi.

👉 Batafsil: https://www.uzedu.uz/y3/news/1151
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan “Qo‘shko‘pirda hokim tug‘ilgan kuniga maktab direktorlaridan 1 million so‘mdan yig‘ildi” sarlavhali maqola yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT


Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘shko‘pirda hokim tug‘ilgan kuniga maktab direktorlaridan 1 million so‘mdan yig‘ildi” sarlavhali maqola tarqatildi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi tuzilib o‘rganish ishlari olib  borilmoqda.

Jarayon yakuniga yetgach qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar,
✔️
Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish,
✔️
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari”ni muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram