Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Seminar_trening

“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:

▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.

❗️ Treninglar davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
XORAZMLIK O‘QUVCHILAR BIR HAFTALIK TANISHUV SAYOHATIDA

Urganch shahridagi 19-sonli maktabning 7 nafar o‘quvchisi hamda 2 nafar o‘qituvchilari joriy yil 22-28-may kunlari Germaniya davlatining Berlin shahrida tashkil etilgan tanishuv safariga jo‘nab ketdilar.

Maktab o‘quvchilari Germaniyaning Gyote instituti hamda Germaniyaning Fuqarolik Ta’limi markazi (Bundeszentrale für politische Bildung) tomonidan o‘tkazilgan siyosiy musobaqada 2 ta bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar Germaniya davlati kansleri Olaf Shols bilan ham uchrashdilar.

Mazkur tanishuv safari Myunxendagi Gyote instituti hamda Germaniyaning Fuqarolik Ta’limi markazi (Bundeszentrale für politische Bildung) bilan birgalikda tashkillashtirilgan. Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligi bildiradi.

Safar davom qilmoqda.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#Seminar_trening

"Ta'limda boshqaruv" mavzusidagi seminar-treninglar doirasida loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi

Bugun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tayotgan seminar-treningda ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar qilindi.

✔️Taqdimot doirasida har bir guruh o'zlariga berilgan mavzu doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, muammo va yechimlar haqida so'z yuritishdi. Shuningdek, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini boyitish bo‘yicha muhim fikrlar o‘rtaga tashlandi.

❗️Vazir Hilola Umarova har bir taqdimotda ko‘tarilgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tar ekan, mas’ullarning tashabbuslari va takliflarini baholab bordi.

#Trening #Fotoreportaj

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram